Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Dastur_ijrosi_amalda

⚡️Bugun Agentlikning almashish dasturi doirasida Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani bo'yicha oliy toifali o'qituvchisi Shohsanam Qarshiyeva Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinfiga "Rasm asosida matn yaratish. Shaxs otlari va shaxs nomlari" mavzusidaт dars o'tdi.

🖥 Dars zamonaviy turdagi axborot texnologiyalari vositasida o'tkazildi.

Shohsanam Qarshiyeva dars davomida "O'yla, izla, top", "Savodxonlik vaqti" ta'limiy o'yinlaridan foydalandi. Shuningdek, noan'anaviy tarzda o'tkazilgan darsda 21-oktyabr - O'zbek tili bayrami munosabati bilan tabriknoma yo'llash, tabrik xati tayyorlash kabi topshiriqlar ham bajarildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Zakovat
#Besh_tashabbus

🔰Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda tizimli ma'naviy tarbiyani yo'lga qo'yishga qaratilgan "Ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturi" hamda "Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo'yicha yoshlar dasturi" da belgilangan rejaga mufoviq Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida haftaning ma'lum kunida loyiha koordinatori Ravshan Xolov boshchiligida “Zakovat” intellektual o'yinlari o‘tkazilib kelinmoqda.

🥇Qiziqarli savollar asosida tashkil etilgan ushbu intellektual o'yinda "Evrika" jamoasi 16 ball to'plab, 1-o‘rinni egallagan bo'lsa, "Power of ledi" jamoasi 15 ball bilan 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Jami 14 ball to‘plagan "Teorema" jamoasi esa 3-o‘rinni band etdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#kitob_mutolaasi

⚡️ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” loyihasi davom etadi

Oʻzbekning 100 ziyolisidan “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiyasini berib bormoqda.

O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim Gʻafurov tavsiyasi
Аkademik Naim Karimov tavsiyasi
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarov tavsiyasi
O‘zbekiston xalq hofizi Sherali Joʻrayev tavsiyasi
O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva tavsiyasi
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanova tavsiyasi
Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tavsiyasi
Jurnalist Xayrulla Hamidov tavsiyasi
Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev tavsiyasi
Kinorejissor Shokir Xoliqov tavsiyasi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Ona Vatanga muhabbat va sadoqat – ona tiliga muhabbat va sadoqatdan boshlanadi.

Shavkat Mirziyoyev,
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Yosh_tarjimon_tόgaragi_faoliyatidan

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchilari, "Yosh tarjimon" to'garagining a'zolari Asila Safaraliyeva va Shahzoda Murodovalar O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning "Ona tilim" she'rini ingliz tiliga tarjima qildi.

ONA TILIM

Ming yillarkim bulbul kalomi,
O'zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho'rlik to'tining holi,
O'zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she'rga solaman.
Sen yo'qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to'ti bo'lib qolaman!

✍️ ABDULLA ORIPOV

MY MOTHER TONGUE

For a thousand years, the nightingale's melody,
It never changes, always pure.
But the poor parrot’s state
Is forever imitated by others.

My mother tongue you are alive forever,
I'll sing the nightingale's song
If you were died
I would be as parrot.

Translated by Safaraliyeva Asila,
Murodova Shahzoda

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
****

Бир қутлуғ насиба – буғдой сўзларим,
Кўксингни кўтаргай туғдай сўзларим.
Она тилин писанд этмаганларнинг,
Қалбига санчилсин тиғдай сўзларим.

Ғайрат Мажид

•┈┈• ❀ 🇺🇿📚🇺🇿 ❀ •┈┈•
Kanalimizga a'zo bo‘ling va do‘stlaringizga ulashing. ⬇️⬇️⬇️
t.iss.one/gayratmajidijodiykanali
•┈┈• ❀ 🇺🇿📚🇺🇿 ❀ •┈┈•
#Tanlovga

Qadring baland bo'lsin, ona tilim!

Hech ko'chaga chiqmagan
Nuroniy chol bor edi.
Rosa ko'p she'r o'qigan
O'zi ham yozar edi.
Bir kun aylanib yurib
Bolalarni ko'rdi u
Biroz so'zin eshitib
Rosa o'yga toldi-ku.
So'zga qo'shar ruschani,
Ingiliz,koreyschani
Buzib aytar gaplarni.
Qisqartirar so'zlarni,
Chol bundan ho'p ranjidi.
Quyi soldi boshini,
Uyi tomon yo'l oldi.
Chimirib ko'z,qoshini,
Yaqinlashib joyiga
Oldi qo'liga qalam
Uning yuragin ezar
O'sha bugungi alam
Ona tilim , qadringga
Yetgan bor,yetmagan bor.
Sening ulug' nomingni
Sharaf-la oqlagan bor!

Ramazonova Dilnura
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Tanlovga

Ona tilim
Necha zamin tegrasida azob chekding, oh urding,
Nokaslar tovonida tuproqdayin topdalding.
Bobolarim etagin tutib xuddi boladek,
Õz baxting,xalqing uchun gõyo qayta tuğilding.

Seni shonli tarixin sõzlash har kas osonmas,
Ona tilim chõldagi tikonli bir xazonmas.
Yuksaladi toğdayin, jilvasi kõzni olar,
Qalbimdagi bitiklar bir sen uchun bitilar.

Yengding qancha sinovni ,barisi qoldi ortda
Endi shohsan mustaqil,porla yetti iqlimda.
Parvoz ayla,yoy quloch kõzlarda marjon lim-lim,
Meni bugun-u,ertam õzingsan Ona tilim!

✍️Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi
Narsillayeva Maftuna