Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Kitobxonlik_haftaligi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari uchun "Kitobxonlik haftaligi" tadbirlari doirasida "Hikmatni kitobdan izlang" mavzusida kitobxonlik aksiyasi o'tkazildi. "Ziyo" MChJ xodimlari tomonidan kitoblar yarmarkasi tashkil etildi. O'quvchilar, tarbiyachi-ustozlar hamda ota-onalar yangi nash etilgan o'zbek va jahon adabiyoti durdona asarlari bilan tanishdilar. Ota-onalar o'z farzandlariga kitob tuhfa etdilar
✍️Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati
#Besh_tashabbus_ijrosi
#Kitobxonlik

📖Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi kutubxonachisi Qayumova Habiba maktab o'quvchilariga kutubxonaga keltirilgan yangi kitoblarni taqdimot qildi.

📚Bu kitoblar jahon va o'zbek adabiyotining noyob asarlaridan tashkil topgan.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
#Kuzgi_tatil
#Kitobxonlik_tanlovlari

“ENG KITOBXON O‘QUVCHI” ADABIY TANLOVI!

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan kuzgi ta’til davrida 5 ta muhim tashabbus doirasida “Ta'tilda - kitob bilan” shiori ostida “Eng kitobxon o‘quvchi” adabiy tanlovi o‘tkaziladi.

📚“Eng kitobxon o‘quvchi” adabiy tanlovi 2022-yil 5-noyabrdan 9-noyabrgacha (shu kuni ham) Respublika bolalar kutubxonasining facebookdagi 👉 rasmiy sahifasida (https://www.facebook.com/respublika.bolalar.kutubxonasi) bo‘lib o‘tadi.

🏆Aziz o‘quvchilar! Kuzgi ta’tilda Sizni qiziqarli festivallar va tanlovlar, professional bosqichlar, boy ekskursiyalar, ko‘plab syurprizlar va sovg‘alar kutmoqda!

🔷Siz istagan eng zo‘r va noyob takliflar bilan ilhomlantirish bizning ustuvor vazifamizdir.

🔗Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati
#Kitobxonlik_haftaligi
#Kitob_taqdimoti

🔰Ta'kidlash joiz, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025-yillarda
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga ko'ra, har yili aprel oyining birinchi haftaligi "Kitobxonlik haftaligi" etib belgilangan.

📚Ushbu haftalik doirasida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Qashqadaryo viloyat hokimligi, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, ijod maktabi va O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi bilan hamkorlikda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira, ijod maktabining "Ijodiy to'garak" rahbari Nilufar Umarovaning "Havorang nasimlar" va yozuvchi, Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi Azizbek Norovning "Azal va abad yo'li" kitoblari taqdimoti bo'lib o'tdi.

❇️ Tadbirda umumta'lim maktabi o'qituvchilari va o'quvchilari, Qarshi davlat universiteti professor-o'qituvchilari va talabalari, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, harbiy qism xodimlari, vohalik yozuvchi-shoirlar, Qarshi shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi boshlig'i Nargiza Xonqulova, "Yurt tarovati" gazetasi bosh muharriri Nasiba Ibragimova, yosh ijodkorlar, ijod maktabining iqtidorli o'quvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni ijod maktabining direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova kirish so'zi bilan ochib berdi va olib bordi.

✔️Tadbirda Qarshi davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Nafas Shodmonov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bo'limi boshlig'i, shoira Farog'at Xudoyqulova, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari G'ulom Abdiyev, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Bo'ritosh Nosirova, Qarshi shahar hokimining maslahatchisi Orasta Tosheva, Qarshi davlat universiteti dotsenti Shohida Karomova, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi bosh mutaxassisi, jurnalist va ijodkor Bekzod O'ktam, viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasi matbuot kotibi, jurnalist Nuriddin Egamov so'zga chiqib, taqdimoti o'tkazilayotgan ikkala kitob va ikkala ijodkor, ularning ijodiy faoliyati haqida o'z fikr-mulohazalari bildirib o'tdilar.

💥Ijod maktabining ijodkor-o'quvchilari Nilufar Umarovaning she'rlaridan badiiy kompozitsiya namoyish etishdi, Azizbek Norovning hikoyalari haqida o'z qarashlari bildirishdi.

🎸Ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Javohir Abdurasulov Nilufar Umarovaning "Yomg'ir" she'riga kuy bastalab, gitarada qo'shiq ijro etgani va ayni vaqtda xorijda yashab ijod qilayotgan yozuvchi Sherzod Komil Xalilning "Azal va abad yo'li" asari haqida video murojaati kitob taqdimotiga o'zgacha ruh va kayfiyat bag'ishladi.

💠Tadbir so'nggida viloyat hokimining maslahatchisi Ziyoda Aminova so'z yuritib ikki ijodkorga viloyat hokimligining esdalik sovg'asi va kitoblar to'plamini taqdim etdi. Kitob mualliflari Nilufar Umarova va Azizbek Norov so'z olib, o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashishdi.

Kitob taqdimoti samimiy va adabiy gurunglarga boy tarzda o'tgani bilan yodda qoladigan bo'ldi.

🖥Eslatib o'tamiz, taqdimot ZOOM dasturi orqali to'g'ridan-to'g'ri translyatsiya qilindi.

📌Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobxonlik

📚Kitob – insonning eng yaqin doʻsti, maslahatchisi va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai boʻlgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, moʻtabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, oʻqishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan.

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham o'quvchilar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, mutolaa madaniyatini yanada oshirish maqsadida "Hafta kitobxoni", "Eng faol kitobxon sinf", "Yilning eng faol kitobxoni" kabi tanlovlar muntazam ravishda o'tkazib borilmoqda.

✍️ Ijod maktabining o'quvchilari hafta davomida mutolaa qilgan asarlari, xususan, Mich Elbomning "Morrining seshanba darslari", Chingiz Aytmatovning "Kassandra tamg'asi", Muhammad Yusufning "Saylanma"si kabi asarlar haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kitobxonlik_tanlovi

“ENG ISTE’DODLI KITOBXON” ADABIY TANLOVI!

⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yozgi ta’til davrini foydali o‘tkazish maqsadida “Ta'tilda - kitob bilan” shiori ostida “Eng iste’dodli kitobxon” adabiy tanlovi o‘tkaziladi.

📚 “Eng iste’dodli kitobxon” adabiy tanlovi joriy yilning 5-iyul kunidan 28-iyul kuniga qadar Respublika bolalar kutubxonasining facebookdagi sahifasida bo‘lib o‘tadi.

📃 Tanlov nizomi bilan tanishing!

Tanlovda qatnashish uchun Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasiga ulanish lozim;

🎁 Ushbu tanlovda faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!

📝 Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobxonlik

📚Bolalikda oy yorug‘ida kitob o‘qirdim...

✍️ Erkin Malik

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobxonlik

✔️ Ijtimoiy videorolik

📖 Kitob - mazmunli hayotga eltuvchi yo‘ldir...

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobxonlik

“Kitob sovgʻa qilish bu savob ish. Siz shunchaki buyum bermaysiz, bilim sovgʻa qilasiz, maʼrifat sovgʻa qilasiz, taassurotlar sovgʻa qilasiz...”

⚡️Shahnoza Soatova

📺 “Olamning qalbi”

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kitobxonlik
#Besh_tashabbus
#Таълим__муассасаси_маҳалла_ҳамкорлиги

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Qarshi shahridagi "Tabassum" MFY va ijod maktabi hamkorligi doirasida
kitobxonlik madaniyati, kitobxonlik va kitob mutolaasini targ'ib qilish maqsadida onlayn tarzda "Yosh kitobxon" tanlovi o'tkazildi.

📚Unda ijod maktabi o'quvchilari, shuningdek, "Geolog", "Bo'ston", "Qilichbek qo'rg'oncha", "Mag'zon" va "Qarliqxona" MFYlarining yoshlar yetakchilar ham ishtirok etishdi.

⚡️E'tiborlisi, ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Abror Ahmedov va 8-sinf o'quvchisi Sevinch Nuriddinovalar berilgan savollar bo'yicha eng yuqori ball to'plab, g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Таълим__муассасаси_маҳалла_ҳамкорлиги
#Besh_tashabbus
#Kitobxonlik

🔰Ta'kidlash joiz, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi va Qarshi shahridagi "Tabassum" MFY bilan mustahkam hamkorlik yo'lga qo'yilgan. Ushbu hamkorlik doirasida tez-tez ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, tanlovlar o'tkazib kelinmoqda.

📚Kitobxonlik madaniyati, kitobxonlik va kitob mutolaasini targ'ib qilish maqsadida ijod maktabi va Qarshi shahridagi ko'plab maktablar o'quvchilari, shuningdek, "Geolog", "Bo'ston", "Qilichbek qo'rg'oncha", "Mag'zon" va "Qarliqxona" MFYlarining yoshlar yetakchilar o'rtasida mahalla yoshlari o'rtasida besh bosqichli "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Yosh kitobxon" tanlovining sektor bosqichi bo'lib o'tdi.

⚡️ Bugun ushbu tanlovning 10-14 yoshdagi g'olib va sovrindorlari taqdirlandi. E'tiborlisi, ijod maktabining o'quvchilari faxrli o'rinlarni egallab, Qarshi shahar yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i J.Po'latov tomonidan diplom, o'zbek hamda jahon adabiyotining nodir kitoblaridan iborat kitoblar jamlanmasi va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

⤵️ Ular bilan tanishing:
🥇1-o'rin - 8-sinf o'quvchisi Laziza Ziyodullayeva;
🥈2-o'rin - 8-sinf o'quvchisi Sevinch Nuriddinova;
🥉3-o'rin - 8-sinf o'quvchisi Gulhayo Narzullayeva.

🎊G'olib o'quvchilarimizni tabriklaymiz!

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobxonlik
#Mutolaa_vaqti

📚Kitob – insonning eng yaqin doʻsti, maslahatchisi va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai boʻlgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, moʻtabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, oʻqishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan.

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham o'quvchilar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, mutolaa madaniyatini yanada oshirish maqsadida "Hafta kitobxoni", "Eng faol kitobxon sinf", "Yilning eng faol kitobxoni" kabi tanlovlar muntazam ravishda o'tkazib borilmoqda.

✍️ Quyidagi videorolikda ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Gulsevar Umirzoqova O'zbekiston Qahramoni, xalq yozuvchisi Said Ahmadning "Jimjitlik" romani haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirgan.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobxonlik
#Mutolaa_vaqti

📚Kitob – insonning eng yaqin doʻsti, maslahatchisi va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai boʻlgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, moʻtabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, oʻqishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan.

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham o'quvchilar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, mutolaa madaniyatini yanada oshirish maqsadida "Hafta kitobxoni", "Eng faol kitobxon sinf", "Yilning eng faol kitobxoni" kabi tanlovlar muntazam ravishda o'tkazib borilmoqda.

✍️ Quyidagi videorolikda ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Ferede Rahmanova turk yozuvchisi Gulent Gardiyanogluning "Kadin" asari haqida turk tilida o'z fikr-mulohazalarini bildirgan.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram