Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.25K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Ijod_maktablari
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Agentligimiz tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchilari Gulsevar To‘rayeva 372.000 hamda Marjona Norqulova 286.000 AQSH dollari miqdorida bir nechta nufuzli xorijiy universitetlarning grantini qo‘lga kiritishdi.

💫 Bitiruvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sharqdan_nur

Ushbu videorolikda oʻz zamonasining barcha bilimlarini bir kitobga jamlagan olim – Yusuf Xos Hojib va uning mashhur asari "Qutadg'u bilig" asari haqida so'z yuritiladi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Diqqat_savollar

⁉️Diqqat, savollar
:

1) “Oʻttizga yetmayoq sochim qor yalab,
Koʻz yoshim soyiga toʻkildi gulim”. Bu satrlar Zulfiyaning qaysi she’ridan olingan?

2) Daniyel Defoning “Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari” romanidagi qahramon necha yil orolda yashagan?

3) “Erali va Sherali” dostonidagi Erali va Sherali kimning farzandlari boʻlgan?

4) Mirmuhsinning “Me’mor” romanida: Xalachda boʻron boʻlishidan oldin choʻlda qumlar suvga oʻxshab oqadi. Buni birinchi kim payqaydi?

Savollarga javoblarni @zukkokitobxonga telegram profiliga jo'natishingiz mumkin.

📌Eslatma: ushbu tanlovda faqat Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari qatnashishlari mumkin!
#imtihon_2023

📣 AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI “YANGI O‘ZBEKISTON” UNIVERSITETIGA KIRISH IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TADI

✔️ 5-avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2023/2024-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari o'tkaziladi.

Universitetga o‘qishga qabul qilinish uchun ingliz tilidan ham xalqaro til bilish sertifikatga ega bo‘lish talab etiladi. Buning sababi esa universitetda darslar to‘liq ingliz tilida olib boriladi.

📌 Har bir fan bo‘yicha kirish imtihoni test shaklida bo‘lib, 20 ta topshiriqdan iborat. Abituriyentlarga har bir to‘g‘ri javob uchun 5 baldan beriladi. Bunda bir fan kesimida eng ko‘pi bilan 100 ball to‘planishi mumkin.

Har bir fan bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarish uchun 70 daqiqa vaqt ajratiladi.

Ma’lumot uchun,

Universitet qabul nizomiga ko‘ra, o‘qishga hujjat topshirgan talabgorlar xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan taqdirda sertifikat baliga ko‘ra tegishli fandan maksimal miqdorgacha ball berilishi va talabgorning xohishiga ko‘ra imtihonlardan ozod etilishi mumkin.

Bu turdagi sertifikatlarga SAT, IB, GCSЕ, IGCSЕ, GCЕ O-Level, GCЕ A-Level va AS-Level dunyoning ko‘plab universitetlari tomonidan tan olinuvchi xalqaro sertifikatlar kiradi.

Shuningdek, xalqaro fan olimpiadalarida oltin, kumush va bronza medaliga ega abituriyentlar ham imtihonlardan ozod etiladi.

📍Ushbu qabul imtihoni yurtimizning jami 14 ta hududida tashkil etilmoqda. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlaridagi Prezident maktablarida, Toshkent shahrida esa Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosida o‘tkaziladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

📚Haqiqat — Xudodir: uni hamma biladi-yu, o‘zini hech kim ko‘rmagan.

✍️Asqad Muxtor

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Abdulla Oripovning, Erkin Vohidovning kurash tushmagan, kurash maydonida bo‘lmagan birorta asari yo‘q. Kurash inson uchun, insonning manfaati uchun...”

Ibrohim Gʻafurov

📺“Men bilgan haqiqatlar”

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#eslatma

🔔 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning yakuniy imtihon javoblari tez kunlarda eʼlon qilinadi.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida;

Ijod maktablarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida eʼlon qilinadi.

🗣Imtihon natijalari Agentligimiz rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

📚Aks-sado bilan bahslashma: baribir so‘nggi so‘zni u ­aytadi!

✍️Ramon Gomes de la Serna

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Zukko_kitobxon_viktorinasi

Viktorinaning 4-turida savollarga hammadan birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan ishtirokchilarni e'lon qilamiz:


1) “Oʻttizga yetmayoq sochim qor yalab,
Koʻz yoshim soyiga toʻkildi gulim”. Bu satrlar Zulfiyaning qaysi she’ridan olingan?

( To'g'ri javob: "Xotira siniqlari" - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Behruz Hayitov).

2)
Daniyel Defoning “Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari” romanidagi qahramon necha yil orolda yashagan?

( To'g'ri javob: 28 yil - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "A"-sinf o'quvchisi Hikmatbek Boyqobilov).

3)
“Erali va Sherali” dostonidagi Erali va Sherali kimning farzandlari boʻlgan?

( To'g'ri javob: Qoraxon poshsho - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "A"-sinf o'quvchisi Farid Shodimurodov).

4)
Mirmuhsinning “Me’mor” romanida: Xalachda boʻron boʻlishidan oldin choʻlda qumlar suvga oʻxshab oqadi. Buni birinchi kim payqaydi?

( To'g'ri javob: Ma'suma beka - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Hulkar To'rayeva)

⚡️Viktorina shartiga ko'ra, savollarga birinchi bo'lib berilgan har bir to'g'ri javob uchun 1 ball beriladi.

📌 Viktorina davom etadi.
#Diqqat_viktorina

⚡️Bugun soat: 17:00 da "Zukko kitobxon" viktorinasi bo'lib o'tadi.

📌Savollarga javoblarni @zukkokitobxonga telegram profiliga jo'natishingiz mumkin.

Tanlov sharti: Ijod maktabi kanalida savollar e'lon qilingach, unga birinchilardan bo'lib javob bergan ishtirokchilar g'olib deb topiladi va ularga ballar beriladi, ya'ni har bir to'g'ri javobga - 1 ball. Shu tarzda bir oy davomida eng ko'p to'g'ri javob yo'llagan ishtirokchi go'lib deb topiladi!

📚Yosh kitobxonlar, zukko kitobxon ekanligingizni isbotlash vaqti keldi.

❗️Eslatma: ushbu tanlovda faqat Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari qatnashishlari mumkin!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kitobsiz hayot juda zerikarli. Kitob hayotdan qiziq...”

O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim kitob haqida yurakdan gapirdi. Uning fikricha, kitob odamga juda ko‘p narsalarni o‘rgatadi.

📺“Olamning qalbi”

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Xushxabar

⚡️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchisi Gulsanam Jahongirovaning eng kichik hajmli janrda yozilgan hikoyasi, ya'ni "Drabbli" Keniya davlatining "The diaspora Times global" jurnalida e'lon qilindi.

🎊Ushbu yutuq bilan Gulsanamni tabriklaymiz!

Hikoyani quyida o'qishingiz mumkin:

"Tabriklaymiz, "Xayriya fondi" ochibsiz. Koʻplab koʻngli yarim, yetim bolalarga saxovat koʻrsatayotgan ekansiz, Alloh rozi boʻlsin. Yurtimizda sizga oʻxshagan jamiyatga nafi tegadigan ayollar koʻpaysin" - dedi muxbir. "Ming bor tashakkur!" - deya  kulib qoʻydi ayol.
Buni televizorda tomosha qilayotgan bolakayning koʻzlaridan duv-duv yosh dumaladi. Onasi mashhur ayol— nochorlarga yordam koʻrsatadigan hojatbaror boʻlibdi. Shu payt mehribonlik uyining chiroqlari oʻchdi. Bola uxlashga yotdi...

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Diqqat_savollar

⁉️Diqqat, savollar
:

1) Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramatik dostonida Sulton Boyaziddan qaysi chopar maktub keltiradi?

2) Hamid Olimjonning “Semurug‘, Bunyod va Parizod” ertagida Bunyod devni o‘ldirgani ketib qaytgunicha necha yil o‘tadi?

3) G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasidagi Shum bola Sariboydan jami qancha haq olgan?

4) Abdulla Qahhorning qaysi qissasi tugallanmagan?

Savollarga javoblarni @zukkokitobxonga telegram profiliga jo'natishingiz mumkin.

📌Eslatma: ushbu tanlovda faqat Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari qatnashishlari mumkin!
July-31-2023-Mt-Kenya-Times-ePAPER.pdf
4.6 MB
#Xushxabar

⚡️Boya xabar qilganimizdek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchisi Gulsanam Jahongirovaning eng kichik hajmli janrda yozilgan hikoyasi, ya'ni "Drabbli" Keniya davlatining "The diaspora Times global" jurnalida e'lon qilingandi.

Ushbu jurnalning PDF variantini e'tiboringizga havola etamiz.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
“Ilm-fan oromgohi” uchun qabul boshlandi!

“Ilm-fan oromgohi” loyihasining maqsadi
- yosh ayol-qizlarni ilmiy tadqiqot ishlarining natijadorligini oshirish, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, iqtidorli tadqiqotchi qizlarni izlab topish hamda rag‘batlantirish.

📍 Loyiha: Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani, “Semurg‘” oromgohida 18-22 avgust kunlari tashkil etiladi.

Ishtirok etish uchun quyidagi havolani to'ldiring: google havola

Deadline:
10.08.2023

🕊@ulugbek_sultonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"O'qimagan bolalar"

Muallif:
Shodmonqul Salom

Bastakor:
Muinzoda

Ijrochi:
Erkin Bozorov

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_hikmati

📚Bilaman, bu savdo ila hech qayerga sig'maysan, dunyo senga tor. Ammo chida, ko'nglim! Chidagil-ki, har bir qorong'u kechaning, albatta, bir tongi bor! 

✍️ Jaloliddin Rumiy

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Jonli_efir

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Ikkinchi ustozlar forumi” boshlandi.

❗️ Tadbir “Sifatli ta’lim – kuchli jamiyat” shiori ostida bo’lib o’tmoqda.


👉 Forumni jonli efirda kuzating.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Qozogʻistonda Alisher Navoiy haykali oʻrnatildi

Xabaringiz bor, 2022-yilning 22-dekabr kuni Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari ikki mamlakat delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibi bilan boʻlib oʻtgan muzokaralarda Qozogʻistonda Alisher Navoiy haykali oʻrnatilishi maʼlum qilingan edi.

Qayd etilishcha, muzokaralar chogʻida Ostona shahri markazida buyuk oʻzbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykalini oʻrnatish boʻyicha qaror qabul qilingan.

Shu munosabat bilan balandligi toʻrt metrdan ortiq boʻlgan mazkur haykal Oʻzbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Jasvant Annazarov tomonidan yaratildi va Ostona shahrida oʻrnatildi.

Eslatib oʻtamiz, bugunga qadar Alisher Navoiy haykali Tokio, Shanxay, Vashington, Moskva, Minsk, Boku, Mozori-Sharif, Oʻsh, Dushanbe, Seul kabi shaharlarida qad rostlagan.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ustozlar_forumi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ikkinchi ustozlar milliy forumi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
 
📍 Tadbirni kirish so’zi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odil Abdurahmonov ochib berdi:

- Bugungi kunda o'qituvchilarning nufuzini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. Shunga mos tarzda ta'lim sifatini oshirish, chet tillarini puxta o'rganish, moliyaviy savodxonlikni oshirishi hamda amaliyotga bog'lagan holda dars o'tish zamon talabiga aylanib bormoqda. Umid qilamanki, bugungi forum yangi o'quv yili oldidan oldimizda turgan dolzarb vazifalarni belgilab olish uchun o'ziga xos maydon vazifasini bajaradi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova:

- Maktabni o‘zgartirmasdan turib jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – bog‘cha va maktabdir. Ularni muqaddas dargoh qiladigan kuch esa pedagoglarimiz hisoblanadi. Bugungi kunda, tizimda faoliyat yuritayotgan 500 ming nafar o‘qituvchi va 150 ming nafar tarbiyachilarimiz kelajak taraqqiyoti poydevorini yaratadi. Ushbu forum ustozlarimizga tajriba almashish va yangi bilimlarni egallashlariga ko'mak berishiga ishonaman.

✔️Shuningdek, tadbir doirasida fidoyi ustozlardan 24 nafari “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

❗️ Ko’krak nishonlari O’zbekiston Qahramonlari Muhabbat Sharopova, Anor Mahmudova, O'zbekiston xalq o'qituvchilari Baxtiyor Abdiyev va Rahmatilla Karimov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan o’qutuvchi Mirfozil Mirzaahmedovlar tomonidan ustozlarga topshirildi.

✔️ Ma’lumot uchun, mazkur forumda butun Respublikamiz bo‘ylab jami 322 nafar pedagog xodim qatnashishmoqda.

⚡️ Kunning ikkinchi qismida esa ishtirokchilar uchun 14 ta sho’bada o'quv treninglari tashkil etiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM