Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.24K subscribers
11.9K photos
1.23K videos
96 files
3.62K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
📸Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi manejida 2023/2024-o'quv yili uchun Qarshi shahridagi Prezident maktabining ikkinchi bosqich imtihonlaridan fotoreportaj (1-qism).
📸Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi manejida 2023/2024-o'quv yili uchun Qarshi shahridagi Prezident maktabining ikkinchi bosqich imtihonlaridan fotoreportaj (2-qism).
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi manejida 2023/2024-o'quv yili uchun Qarshi shahridagi Prezident maktabining ikkinchi bosqich imtihonlaridan videolavha.
#Diqqat_viktorina

⚡️Bugun soat: 17:00 da "Zukko kitobxon" viktorinasi bo'lib o'tadi.

📌Savollarga javoblarni @zukkokitobxonga telegram profiliga jo'natishingiz mumkin.

Tanlov sharti: Ijod maktabi kanalida savollar e'lon qilingach, unga birinchilardan bo'lib javob bergan ishtirokchilar g'olib deb topiladi va ularga ballar beriladi, ya'ni har bir to'g'ri javobga - 1 ball. Shu tarzda bir oy davomida eng ko'p to'g'ri javob yo'llagan ishtirokchi go'lib deb topiladi!

📚Yosh kitobxonlar, zukko kitobxon ekanligingizni isbotlash vaqti keldi.

❗️Eslatma: ushbu tanlovda faqat Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari qatnashishlari mumkin!
#Diqqat_savollar

⁉️Diqqat, savollar
:

1) "Agar oʻzingiz bolaga aylanmasangiz, uning qalbiga yoʻl topa olmaysiz”. Ushbu soʻzlar qaysi yozuvchining asaridan olingan?

2) Jek Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyasida suvdan oyogʻini chiqarib olgan sherigiga hatto qayrilib ham qaramay, oʻz yoʻlida davom etgan personaj kim?

3) Choʻlponning “Kecha va kunduz” romanida Akbarali mingboshi kimning xiylasidan halokat topadi?

4) Robindranant Tagorning “Nur va soyalar” hikoyasidagi haqiqatparast, isyonkor yigit obrazini ayting?

Savollarga javoblarni @zukkokitobxonga telegram profiliga jo'natishingiz mumkin.

📌Eslatma: ushbu tanlovda faqat Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari qatnashishlari mumkin!
#Kun_hikmati

📚Yoshlik fikr va oʻyda xolisdir, shu sababli haqiqatni chuqurroq anglaydi va his etadi.

✍️Henrix Heyne

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi quyidagi vakant lavozimga ishga tanlov e'lon qiladi:

🔷Ixtisoslashtirilgan fanlar bo'yicha direktor o'rinbosari.

Imkoniyatlar:
- Doimiy malakaviy o’sish;
- Iqtidorli o’quvchilar;
- Xalqaro va respublika konferensiya hamda treninglar;
- Boshqa ko’plab imkoniyatlar.

🔷Talabgorlar haqidagi ma'lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi: 👇
[email protected]

🏛ABDULLA ORIPOV NOMIDAGI IJOD MAKTABI MA'MURIYATI
#xatosiz_yozing
Anonymous Quiz
79%
kostyum
21%
kostum
#Tarjimonlik_tόgaragi_faoliyatidan

📚Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida yozgi ta'til mavsumida to'garaklar ham an'anaviy, ham onlayn shaklda o'z faoliyatini davom ettirmoqda. Xususan, Abdulla Aralov rahbarligida "Tarjimonlik" to'garagi a'zolari jahon va o'zbek adabiyoti ijodkorlarining asarlarini tarjima qilish bilan birga, o'zlarining ijod namunalarini ham xojiriy tillarga mohirlik bilan o'girishmoqda.

⚡️Ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi Farangiz Hayitova ushbu to'garakning faol a'zolaridan sanaladi. U yaqinda "So'roq" nomli she'rini ingliz tiliga tarjima qilib, dunyodagi 11-17 yoshdagi shoirlar uchun eng katta sheʼriyat tanlovi bo'lgan "The Foyle Young Poets of the Year Award" tanloviga ishtirok etish uchun jo'natdi.  

📌 Ushbu tanlovda ishtirokchilar ingliz tilidagi oʻz sheʼrlari bilan ishtirok etishadi, tanlov gʻoliblari qimmatbaho sovgʻalar bilan birgalikda Angliyaning London shahrida boʻlib oʻtadigan taqdirlash marosimiga taklif qilinadi.

Soʻroq

Bugun ham koʻnglimni gʻashlik qopladi,
Yana oʻtolmadim soʻnggi manzildan
Ishtiyoq, harakat jam boʻlgan yerda
Sen yoʻqsan omadim, qochdingmi mendan?

Har qadam tashlasam uzoqlashganday,
Qora nuqta misol gʻoyib boʻlyapsan
Yoki adashdingmi oʻzga olamda
Xabar ber omadim, qayerlardasan?

Balki, daydi shamol koʻzing changlagan
Yoki quyosh nuri toliqtirdimi?
Ehtimol, qoʻrqqansan tun zaxmatidan
Omadim, rejangda ayt men ham bormi?

Yomgʻir kabi kelib baʼzi paytlarda
Sharros quyasan-u, toʻxtab qolasan
Eh saxiy omadim, menga kelganda
Nega bir tomchingdan mahrum qilasan?

Yoʻq, sabr-bardoshning chegarasi bor
Kel, shu tundan chiqib to tong otguncha
Mayli, men izlayman yiqilsam turib,
Lek kuta olaman umrim yetguncha!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram