Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.56K subscribers
11.7K photos
1.21K videos
96 files
3.59K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
📸Test jarayonlaridan fotoreportaj
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#Test_bosqichi

📆Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi manejida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga 2023/2024-o'quv yili uchun kirish imtihonlarining 3-bosqichi, ya'ni test bosqichi bo'lib o'tdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yakun

✔️ Test imtihonida talabgorlar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
#imtihon_2023
#ijod_maktablari

⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARINING 3-BOSQICH IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TDI

Quyidagi havolalar orqali ijod maktablarining imtihon jarayonlari haqidagi foto va video materiallar bilan tanishishingiz mumkin.

📝 IJOD MAKTABLARI:

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
Ogahiy nomidagi ijod maktabi
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

📚Qadimlarda kam soʻylashardi, oʻz soʻzlarining ortidan yetolmay qolishdan qoʻrqishardi.

✍️Konfutsiy

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazm

***

Bu joylarga nega keldim men,
Qiziqmasam unut chiroyga.
Nechun kelib boshim egdim men
Hasratlarim ko'milgan joyga.

Аxtaraman titrab damodam
U alamli kunimdan nishon.
Nahot ortda qolgan g'amin ham
Unutgisi kelmaydi inson.

✍️Abdulla Oripov

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Zukko_kitobxon_viktorinasi

Viktorinaning 1-turida savollarga birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan ishtirokchilarni e'lon qilamiz:


1) Sadriddin Ayniyning “So’dxo’rni o’limi” asarida “Ayiqni yo’qlasang tayoqni qo’linga ol!” degan jumla qaysi qahramonga tegishli?

( To'g'ri javob: Arbob Ro'zi - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Madina Omonova).

2)
“Men sizni sevaman. Siz mening hayotim, iqbolim, borlig’imsiz”.
A.Chexovning qaysi hikoyasi ushbu misralar bilan boshlanadi?

( To'g'ri javob: "Chorbog'da" - ushbu savolga hech bir ishtirokchi to'g'ri javob bera olmadi).

3)
“Uning o’z bisotida bir shapaloqqina sholipoyasi bor, u ham marhum qaynotasidan tekkan”. Cho’lponning “Kecha va kunduz” romanidan olingan mazkur jumla qaysi qahramon haqida?

( To'g'ri javob: Xolmat - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "A"-sinf o'quvchisi Dilshod Mamatov).

4)
Xans Kristian Andersenning “Qor malikasi” ertagida Kay qaysi soʻzni muz parchalaridan yozsa, unga butun olam baxsh etishi kerak edi?

( To'g'ri javob: mangulik - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Sevinch Nuriddinova).

⚡️Viktorina shartiga ko'ra, savollarga birinchi bo'lib berilgan har bir to'g'ri javob uchun 1 ball beriladi.

📌 Viktorina davom etadi.
#imtihon_2023
#prezident_maktablari
#Ikkinchi_bosqich
#LIVE🔴

📣 Ayni vaqtda Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi manejida 2023/2024-o'quv yili uchun Qarshi shahridagi Prezident maktabining ikkinchi bosqich imtihonlari boshlandi.

📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

Shunindek, Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlarini Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari tomonidan nazorat qilinmoqda.

✔️ Shuningdek, Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ushbu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

Imtihonda ishtirok etayotgan barcha talabgorlarga omad tilaymiz!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram