Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.63K subscribers
11.7K photos
1.21K videos
96 files
3.59K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Nazm

ABDULLA ORIPOV

***
Umr o'tib borar misoli ertak,
Ertaning ketidan kelib qolar shom.
Faqat g'aflat ichra yotmagin, yurak,
Qaytib kelmas sira bu yoshlik ayyom.

Payt kelar, va'daning qimmati qolmas,
Muhlat bermas u dam to'lgan paymona.
O'tgan bir oningni qaytara olmas
Na ko'zyosh, na afsus va na bahona...

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Xushxabar

🇹🇷🇺🇿Avval xabar berganimizdek, o'tgan o'quv yilidan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida turk tili darslari ham yo‘lga qo‘yilgandi. Turkiyalik o‘qituvchi Bağci Cüneyt ushbu tilni o‘rganishni istovchi o‘quvchilarga dars berib kelmoqda.

⚡️E'tiborlisi, turkiyalik o'qituvchidan turk tilini o'rganayotgan, shuningdek, "Ijodiy" va "Tarjimon" toʻgaraklari a'zosi, ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Gulsevar Umrzoqova Turkiyada oʻtkaziladigan kitob taqdimotiga taklif etildi!

Gulsevar o'z yozgan she'riy mashqlarini turk tiliga tarjima qilib, Turkiyadagi adabiy jurnallarga jo'natgan. Natijada, uning she'rlari Turkiyada chop etiladigan antalogiyada nashr etildi.

📚Ta'kidlash joiz, Gulsevar Umirzoqova «Orzuim kamalagi» nomli kitob muallifi. She’r va hikoyalari respublika gazetalari hamda turli bayozlarda nashr qilinib kelinmoqda.

🎊Ushbu yutuq bilan Gulsevarni tabriklaymiz!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazmiy_tarjima

Shamollar

Shamollar to’zg’itar hislarim,
Yurakda bisyor umid uyg’otar.
Nihoyat tun tugab men uchun,
Shodlikka yo’g’rilgan tong otar.

Shamollar, silaydi sochlarim,
Omonlik tilaydi boshimga.
-Tolangdan ko’p bo’lsin deb umring,
Omading yosh qo’shsin yoshinga.

Ey sabo, bo’l mening hamrohim,
O’ragin beg’ubor hislarga.
Mayliga guvoh bo’l men bilan,
Ortimdan qolguvchi izlarga.

* * *

RÜZGARLAR

Rüzgarlar kariştiriyor duygularimi,
Kalbimdeki umutlarim uyantirar.
Nihayet,benim için gece bitib,
Neşe dolu bır sabah doğacak.

Rüzgarlar oksuyor saçlarim,
Bana iyi şansları tilab.
Der:istediğinden çok yaşa,
Şansın omrüne yıllari katsın.

Ey saba,gelib bana eslık et,
Sarma beni beyaz duygularla.
Benimle tanik bo'l her zaman,
Geridema kalan izlere.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Gulsevar Umirzoqovaning turk tiliga o'girgan tarjimasi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Nazmiy_tarjima

ISHONCH

Ishonchim, sen meni tark etma,
Sinovlar qo’rquvga solmasin.
Maqsadlar yo’lida adashmay,
Yugurgan oyoqlar tolmasin.

Ishonchim, sen meni tark etma,
Tillar aytmasin nolishni.
Ey hayot, men uchun tuhfa et,
Maqsadning bag’rida qolishni.

* * *

Güvenim

Güvenim,sen beni birakma,
Cefalar korkuya salmasin.
Rüyaler yölunda yanilmay,
Bacaklar koşmaktan yorulmaz.

Güvenim,sen beni birakma,
Bu dilim etmesin ağıtni,
Ey hayat,ban için hediye et,
Hedefin bağrinda kalmakni.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Gulsevar Umirzoqovaning turk tiliga o'girgan tarjimasi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#prezident_maktablari

📢 PREZIDENT MAKTABLARIGA 1-BOSQICH KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARINI ANIQLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA

🔹Saralash imtihon natijalarini qidirish tartibi
:

Talabgor topshirgan hududi bo‘yicha belgilangan *.pdf faylni oching.
Nomzodning natijasini bilish uchun qidirish tugmasini bosib (Ctrl+F), sizga taqdim etilgan maxsus ID raqamini tering va Enter tugmasini bosing.
Saralash bosqich imtihonlariga o‘tgan nomzodlar – jadvalning yuqori qismida ko‘k rangda belgilangan bo‘ladi.
Saralash bosqich imtihonlariga o‘ta olmagan nomzodlar esa – oq rang bilan belgilangan bo‘ladi.

📌 Shuningdek, imtihon natijalarini quyidagi havola orqali ham bilib olishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2023/

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

📚Harakatsizlikda baxt yoʻq.

✍️Fyodor Dostoyevskiy

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
“Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘qishga hujjatlar qabuli yakunlanishiga ikki kun qoldi

Agentligimiz tizimidagi mazkur davlat universiteti Prezident maktablarining davomi sifatida Davlatimiz rahbarinining tegishli qaroriga binoan tashkil etilgan (PQ-5158).

Abituriyentlar Muhandislik, Raqamli texnologiyalar, Gumanitar va tabiiy fanlar hamda Menejment maktablarida o‘zlari qiziqqan yo‘nalishga o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin.

👉 Batafsil: newuzbekistanuniversity

Imtihon 5-avgust kuni yurtimizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni 28-iyul 17:00 ga qadar davom etadi.

Universitet talabalariga ko'plab grantlar ajratadi va eng asosiysi bitiruvchilar o'z kasbining yetuk mutaxassisi bo'lishadi.

Universitetda darslar xalqaro standartlar asosida ingliz tilida olib boriladi. Talabalarga o'z startap loyihalari ustida ishlash hamda xorijda amaliyot o'tash imkoniyatlari ham yaratib berilgan.

Bog‘lanish: +998712024111, @newuucontact_bot

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Audio
#OAV_biz_haqimizda
#2_qism

🎙Avval xabar berganimizdek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova “O‘zbekiston radiosi”ning “Ziyo maskanlari” eshittirishida intervyu bergandi. Ushbu
intervyuning 2-qismini e'tiboringizga havola etamiz.

⚡️Yoqutoy Djamalova o‘z intervyusida ijod maktabida "Yozgi oromgoh" loyihasi ham an'anaviy, ham onlayn tarzida davom etayotgani, to'garaklar ham xuddi shu yo'sinda faoliyat ko'rsatayotgani, ayniqsa, Omonova Madina, Omonov Azizbek kabi ko'plab iqtidorli o'quvchilarimiz yozgi ta'til davomida ham bir qator nufuzli tanlovlarda g'oliblar safida e'tirof etilayotgani haqida ta'kidlab o'tdi.

O'z navbatida, o'quvchilar bilan bir qatorda o'qituvchilar ham o'z malakasi va tajribasi ustida ishlayotgani, yanada yangi bilimlarni o'zlashtirayotgani haqida batafsil so‘z yuritildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#xatosiz_yozing
Final Results
18%
shirgurunch
82%
shirguruch
#xatosiz_yozing
Final Results
54%
shuur
46%
shu'ur
#xatosiz_yozing
Final Results
73%
Shahanshoh
27%
shohanshoh
#xatosiz_yozing
Final Results
51%
shoxariq
49%
shohariq
#Kun_hikmati

📚Jismimizni kasallikdan forig' qilishga bo'lgan e'tibordan ko'ra, mafkuramizni buzuq fikr va e'tiqodlardan tozalashga ko'proq e'tibor bermog'imiz lozim.

✍️Ralf Uoldo Emerson

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#imtihon_2023
#ijod_maktablari

🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

❗️Ijod maktablarining 3-bosqich imtihonlari 30-iyul kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

✔️ Ushbu bosqichda jami 50 ta test savollari beriladi. Testning fanga doir har bir savolini yechish uchun 2 daqiqa, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha savolga 1 daqiqa vaqt ajratiladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 85 daqiqa vaqt beriladi.

📶 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

🌐 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”iga o‘z ID raqamini kiritishi kerak.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#imtihon_2023

📣DIQQAT, E’LON 📣

📆 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 28-29-30-iyul kuni 3 smenada 8:00, 12:00 va 17:00da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali yuborildi.

📝 Imtihon bosqichlari quyidagicha:

Aniq fanlar yo‘nalishi uchun (5-sinflar):
– matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun (7-sinflar):
– tabiiy (science) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

🗣Ma’lumot uchun, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023

Farzandim Ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirgan. Agentlik rasmiy sahifalarida ertaga imtihon bo‘lishi haqidagi e'lonni o‘qidik. Imtihon ruxsatnomasini qachon yuklab olsak bo‘ladi?

Imtihon ruxsatnomasini telefoningizga sms-xabarnoma borgandan so‘ng ariza.piima.uz saytiga kirib, shaxsiy kabinetga o‘quvchining ID raqami hamda telefon raqamini kiritgan holda yuklab olishingiz mumkin.

🗣Eslatib o‘tamiz, sms-xabarnoma imtihon boshlanadigan sanadan uch kun oldin talabgor tomonidan kiritilgan birinchi telefon raqamiga yuborila boshlaydi va imtihon bo‘ladigan kungacha barcha talabgorlarga yetkaziladi.

📲Sms-xabarnomada kirish imtihoni o‘tkaziladigan bino nomi, sanasi, vaqti hamda o‘quvchining guruhi va joyi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_viktorina

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Davlatimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag'ishlab, "Besh muhim tashabbus"ning toʻrtinchi yoʻnalishi, ya’ni kitob mutolaasi va kitobxonlikni targʻib qilish, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai bo'lgan kitob hamda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish borasida "Zukko kitobxon" viktorinasiga start beradi.

📌Har haftaning uch kunida, ya'ni - dushanba, chorshanba va juma kunlari savollar e'lon qilinadi. Savollarga javoblarni @zukkokitobxonga telegram profiliga jo'natishingiz mumkin.

Tanlov sharti: Ijod maktabi kanalida savollar e'lon qilingach, unga birinchilardan bo'lib javob bergan ishtirokchilar g'olib deb topiladi va ularga ballar beriladi, ya'ni har bir to'g'ri javobga - 1 ball. Shu tarzda bir oy davomida eng ko'p to'g'ri javob yo'llagan ishtirokchi go'lib deb topiladi!

⚡️G'oliblar mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi va bilimlar kuni arafasida maktab ma'muriyati tomonidan taqdirlanadi.

📚Yosh kitobxonlar, zukko kitobxon ekanligingizni isbotlash vaqti keldi.

❗️Eslatma: ushbu tanlovda faqat Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari qatnashishlari mumkin!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi pinned «#Diqqat_viktorina 🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Davlatimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag'ishlab, "Besh muhim tashabbus"ning toʻrtinchi yoʻnalishi, ya’ni kitob mutolaasi va kitobxonlikni targʻib qilish, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning…»
#Kun_hikmati

📚 Yomon doʻst soyaga oʻxshaydi. Peshonangga kun tugʻsa, qochib qutula olmaysan, boshingda bulut toʻplansa, izlab topa olmaysan.

✍️Abay

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#imtihon_2023
#Qashqadaryo

📣DIQQAT, E’LON 📣

📆 Ayni vaqtda Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi manejida 2023/2024-o'quv yili uchun Qashqadaryo viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

📝 Imtihon bosqichlari
quyidagicha:

Aniq fanlar yo‘nalishi uchun (5-sinflar):
– matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun (7-sinflar):
– tabiiy (science) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

📌 Kirish imtihonlari 28-29-30-iyul kuni 3 smenada — 8:00, 12:00 va 17:00da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram