Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

IKKI VAZIR UCHRASHUVI: BAA BILAN PEDAGOGLAR MALAKASINI OSHIRISH VA O’QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISH SOHALARIDA HAMKORLIK QILINADI

Ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida tashrif bilan bo’lib turgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova BAA Ta’lim vaziri, Doktor Ahmad Belhul Al Falasi bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston va BAA ta'lim sohalarida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar va islohotlar haqida so‘z bordi.

❗️Uchrashuv doirasida tomonlar:

▶️ BAA va O‘zbekiston ta’lim tizimlarini o‘rganish va hamkorlikda qo’shma loyihalar tashkil etish,
▶️ O‘zbekistonda
xorijiy til sifatida arab tili o‘qitiladigan maktablar uchun o‘quv-metodik majmualarni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish,
▶️ pedagoglarning malakasini oshirish, ular faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha tajriba almashish hamda
▶️ maktab o‘quvchilarini kasbga yo'naltirish kabi
masalalar muhokama qilindi.

✔️ Uchrashuv so‘ngida tomonlar barcha yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik o‘rnatish borasida kelishib olishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Koreya

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligining Sejong shahri boshqarmasi vakillari va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Dilshod Kenjayev va vazirlik mas'ullari ishtirok etishdi.

📍 Uchrashuv davomida tomonlar:

✔️ koreys tili o‘qituvchilar malakasini oshirish,
✔️ koreys tili ikkinchi xorijiy til sifatida joriy qilinishi rejalashtirilgan maktablar uchun koreys tili o‘quv dasturini ishlab chiqish hamda darsliklar bilan ta’minlash,
✔️ o'quvchilar va o'qituvchilar almashinuv dasturi,
✔️ kasbiy ta’lim yo‘nalishida o‘quvchilarning Koreyada almashinuv dasturlarida ishtirok etishi,
✔️ maktab boshqaruvi bo‘yicha kadrlar salohiyatini oshirish,
✔️ maktabdan tashqari ta’lim yo‘nalishida turli loyihalarni amalga oshirish kabi sohalarda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishdi.

❗️ Uchrashuv doirasida Koreya ta’lim markazi direktori Pang Chu Man, direktor o'rinbosari Jang Hyeongki va markaz vakili Jung Jaewonga samarali hamkorlik uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tashakkurnomasi topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM