Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.3K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Ehtirom
#She’riy_to’plam_turkman_tilida
#Hamkorlikdagi_tadbir
2021-yil 15-may kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O’zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning “Men nechun sevaman O’zbekistonni?” she’riy to’plamining turkman tilidagi tarjimasi kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi.
Tadbirda Respublika madaniyat markazi raisi o’rinbosari Guldana Abezdurdiyeva, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi yetakchi mutaxassisi Iroda Negmatullayeva, QarDU professori, senator A.Erkayev, professor Boynazar Yo'ldoshev, Abdulla Oripovning umr yo’ldoshi Xanifa Mustafayeva, shoirning qizi Shoira Oripova, viloyat Yozuvchilar uyushmasi raisi O’.Haydar, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi mutaxasisilari, professor, “Abdulla Oripov falsafasi” kitobi muallifi Ilhom G’aniyev, Respublika turkman milliy madaniyat markazi Qashqadaryo viloyat bo’limi rahbari Umrzoq Quvvatov hamda respublika ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va muxbirlar ishtirok etdilar. Tadbirni Qashqadaryo viloyati hokimi o’rinbosari Rustam Yo’ldoshev ochib berdi. Tadbirda tarjima kitob muallifi Jumadurdu Akiyev so’zga chiqib, ijod maktabi o'quvchilariga o'z tarjima kitobini taqdim etdi. Tadbirda QarDU da tahsil olayotgan turkman talabalari, ijod maktabi o’quvchilarining badiiy chiqishlari, kuy- qo’shiqlar barchaga xushkayfiyat baxsh etdi. Tadbir respublika, viloyat OAV lari tomonidan tasvirga olindi va keng yoritildi.