Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.32K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Ehtirom
#She’riy_to’plam_turkman_tilida
#Hamkorlikdagi_tadbir
2021-yil 15-may kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O’zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning “Men nechun sevaman O’zbekistonni?” she’riy to’plamining turkman tilidagi tarjimasi kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi.
Tadbirda Respublika madaniyat markazi raisi o’rinbosari Guldana Abezdurdiyeva, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi yetakchi mutaxassisi Iroda Negmatullayeva, QarDU professori, senator A.Erkayev, professor Boynazar Yo'ldoshev, Abdulla Oripovning umr yo’ldoshi Xanifa Mustafayeva, shoirning qizi Shoira Oripova, viloyat Yozuvchilar uyushmasi raisi O’.Haydar, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi mutaxasisilari, professor, “Abdulla Oripov falsafasi” kitobi muallifi Ilhom G’aniyev, Respublika turkman milliy madaniyat markazi Qashqadaryo viloyat bo’limi rahbari Umrzoq Quvvatov hamda respublika ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va muxbirlar ishtirok etdilar. Tadbirni Qashqadaryo viloyati hokimi o’rinbosari Rustam Yo’ldoshev ochib berdi. Tadbirda tarjima kitob muallifi Jumadurdu Akiyev so’zga chiqib, ijod maktabi o'quvchilariga o'z tarjima kitobini taqdim etdi. Tadbirda QarDU da tahsil olayotgan turkman talabalari, ijod maktabi o’quvchilarining badiiy chiqishlari, kuy- qo’shiqlar barchaga xushkayfiyat baxsh etdi. Tadbir respublika, viloyat OAV lari tomonidan tasvirga olindi va keng yoritildi.
📣📣📣 Hurmatli ota-onalar va o’quvchilar!

✔️Siz o’z kelajagingizni yorqin ko’rishni xohlaysizmi?
✔️ Siz farzandingiz iqtidori va kelajagiga befarq emasmisiz?
✔️ Sizda ta’lim va ijodga ishtiyoq mavjudmi?
✔️ Xorijda o’qishni davom ettirmoqchimisiz?
✔️Eng zamonaviy bilimlarni egallab, dunyo bilan sirlashmoqchimisiz?
✔️ Farzandingizda ijodning barcha qirralarini ko’rmoqchimisiz?
⚡️Unda farzandingizda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o’quvchisi bo’lishi imkoniyati mavjud
📌Maktab afzalliklari:
Bizda sinflardagi o’quvchilar soni 20 nafardan oshmaydi;
Ixtisoslik fanlardan o’quvchilarni guruhlarga bo’linib o’qitiladi;
Darslar yuqori malakali, oliy toifali fan o’qituvchilari tomonidan zamonaviy pedtexnologiyalar asosida olib boriladi;
Ingliz tili, ona tili, matematika, tarix, informatika, biologiya, fizika, kimyo fanlari chuqurlashtirilgan dasturlar va ilg’or pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy bilimlar asosida o’qitiladi;
O‘quvchilarga ona tili darslarida Milliy sertifikat standartlari talablariga mos ta’lim beriladi;
Maktabda ingliz tili darslari Cambridge va Oxford darsliklari asosida CEFR va IELTS standartlariga yo’naltiriladi;
Darslardan so’ng barcha fan to’garaklari muntazam o’tkaziladi;
O’quv xonalari zamonaviy kompyuter texnologiyalari hamda laboratoriya bilan jihozlangan;
Filolog, yurist, jurnalist, diplomat, dasturchi-muhandis, IT, tarjimon, iqtisodchi mutaxasisliklari bo‘yicha chuqurlashtirilgan dasturlar asosida bilim beriladi va kasbga yo‘naltiriladi;
❗️Qo’shimcha imtiyozlar
☑️ O‘quvchilar yotoqxona va o’quv darsliklari bilan ta’minlanadi;
☑️ O‘quvchilarga besh mahal issiq ovqat beriladi;

⚡️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 2021-2022 o’quv yilida 7- 8- sinflarga qabul e’lon qiladi.

📲 Hujjatlar masofiy(onlayn) tarzda 5-iyundan 25-iyungacha qabul qilinadi.
💻 imtihon jarayonlari 1-iyuldan 20-iyulga qadar o‘tkaziladi.

🔰Hujjatlarni qabul qilish onlayn shaklda, Agentlikning rasmiy veb-sayti portal.piima.uz orqali tashkil etiladi.
Nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlarning elektron shakli onlayn qabul qilish tizimiga kiritiladi:
qabul komissiyasi raisi nomiga tegishli tartibda rasmiylashtiriladigan ariza;
tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
3 x 4 hajmdagi 1 dona fotosurat;
baholar tabeli (o‘quvchi o‘qiyotgan maktab direktorining imzo va muhri bilan tasdiqlangan holda).
nomzod yoki uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining tizim orqali oferta bilan tanishganligi to‘g‘risidagi tasdig‘i
🙋Imtihonlar ikki bosqichda o'tkaziladi:
👉Ijodiy imtihon (yozma,og‘zaki);
👉Test sinovi (ona tili va adabiyot, ingliz tili)
☎️Murojaat uchun:
📲@abdullaoripovijodmaktabialoqabot
Tel:(+998-75)221-75-26, +998995611282, +998912166846☑️
👉 telegram👈
Prezident maktablariga onlayn ariza topshirish bo‘yicha savollaringiz bormi?

📌 Unda bosqichma-bosqich yo‘l ko‘rsatuvchi video-qo‘llanma siz uchun!

Video-qo‘llanma: 👉https://t.iss.one/piimauz

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_muzeylar_kuni

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari 18-may- "Xalqaro muzeylar kuni" munosabati bilan Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat qildilar. Muzeyda turli davrlarda yaratilgan noyob ashyolar, tarixiy manbalar, shuningdek, madaniy obida va qimmatli yodgorliklar haqida ma'lumotlar oldilar. O'quvchilar sayohat davomida bu yerga tashrif buyurgan ommaviy-axborot vositalari- jurnalistlar va televideniye xodimlariga o'z taassurotlari haqida intervyu berdilar.

@abdullaoripovmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Hurmatli ota-onalar va o’quvchilar!
⚡️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 2021-2022 o’quv yiliga 7- 8- sinflarga qabul e’lon qiladi.
📲 Hujjatlar masofiy(onlayn) tarzda 5-iyundan 25-iyungacha qabul qilinadi.
👩💻 imtihon jarayonlari 1-iyuldan 20-iyulga qadar o‘tkaziladi.
🔰Hujjatlarni qabul qilish onlayn shaklda, Agentlikning rasmiy veb-sayti 👉portal.piima.uz👈 orqali tashkil etiladi.
Nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlarning elektron shakli onlayn qabul qilish tizimiga kiritiladi:
✍️qabul komissiyasi raisi nomiga tegishli tartibda rasmiylashtiriladigan ariza;
🧰tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
📷3 x 4 hajmdagi 1 dona fotosurat;
📕baholar tabeli (o‘quvchi o‘qiyotgan maktab direktorining imzo va muhri bilan tasdiqlangan holda).
nomzod yoki uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining tizim orqali oferta bilan tanishganligi to‘g‘risidagi tasdig‘i
.☎️Murojat uchun:Tel:(+998-75)221-75-26, +998995611282, +998912166846