Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.25K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.62K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#7_aprel_Jahon_salomatlik_kuni

🏩 1948-yilg
7-aprel kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga asos solingan. Bu inson salomatligi bilan bogʻliq barcha masalalarni xalqaro darajada hal qilish yoʻlida qoʻyilgan muhim qadam edi.

🩺 Shu sababli har yili mazkur sana Butunjahon salomatlik kuni sifatida keng nishonlanadi. Hozir JSSTga 194 ta davlat aʼzo. Oʻzbekiston ham 1992-yil 25-maydan mazkur mamlakatlar safida. 1993-yildan tashkilotning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi faoliyat olib bormoqda.

🚑 Ana shu kabi fikrlar, foydali ma'lumotlar bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi hamshirasi Fazilat Rahmatova tomonidan maktab o'quvchilariga o'tilgan salomatlik darsida yangradi.

📚 O'quvchilar sog'lik - bebaho boylik ekani, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish muhimligi borasidagi bilimlarini yanada mustahkamlashdi.

📌Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram