Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.25K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.62K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
📸O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Nilufar Umarovaning "Havorang nasimlar" va yozuvchi Azizbek Norovning "Azal va abad yo'li" kitoblari taqdimotidan fotoreportaj (2-qism).
📸O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Nilufar Umarovaning "Havorang nasimlar" va yozuvchi Azizbek Norovning "Azal va abad yo'li" kitoblari taqdimotidan fotoreportaj (3-qism).
#9_aprel_Amir_Temur_tavallud_kuni
#Апрель_буюк_алломалар_меросини_ўрганиш_ойлиги

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 9-aprel - buyuk sarkarda va davlat arbobi, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligiga bag'ishlab "Amir Temur va temuriylar davri madaniyati" mavzusida ochiq ma'naviyat soati bo'lib o'tdi.

Ochiq dars davomida Bog'dagul Jamolova rahbarligidagi 8 "B"-sinf o'quvchilari "Temur tuzuklari" dan yod aytishdi. O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning "Sohibqiron" dramasidan sahna ko'rinish ijro etdilar.

📚"Amir Temur faoliyati va ilm-fan homiysi" mavzusida videorolik namoyish etildi, o'quvchilar interaktiv o'yinlar orqali Amir Temur va temuriylar madaniyati bo'yicha o'z bilimlarini mustahkamladilar.

♻️ Dars adabiyot, tarix, tarbiya, musiqa, informatika fanlari bilan o'zaro integratsiyalashgan holda olib borildi.

📌Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#7_aprel_Jahon_salomatlik_kuni

🏩 1948-yilg 7-aprel kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga asos solingan. Bu inson salomatligi bilan bogʻliq barcha masalalarni xalqaro darajada hal qilish yoʻlida qoʻyilgan muhim qadam edi.

🩺 Shu sababli har yili mazkur sana Butunjahon salomatlik kuni sifatida keng nishonlanadi. Hozir JSSTga 194 ta davlat aʼzo. Oʻzbekiston ham 1992-yil 25-maydan mazkur mamlakatlar safida. 1993-yildan tashkilotning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi faoliyat olib bormoqda.

🚑 Ana shu kabi fikrlar, foydali ma'lumotlar bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi hamshirasi Fazilat Rahmatova tomonidan maktab o'quvchilariga o'tilgan salomatlik darsida yangradi.

📚 O'quvchilar sog'lik - bebaho boylik ekani, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish muhimligi borasidagi bilimlarini yanada mustahkamlashdi.

📌Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram