Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.31K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Seminar_trening
#Ijod_maktablari

🔴IJOD MAKTABIDA ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O'QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH YUZASIDAN SEMINAR BO'LIB O'TMOQDA

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida "Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida ona tili va adabiyot fanini o'qitish metodikasini takomillashtirish" mavzusida amaliy seminar bo'lib o'tmoqda.

Yig'ilishni Agentlik direktorining birinchi o'rinbosari Dilshod Kenjayev kirish so'zi bilan ochib berdi va ishtirokchilarga darsliklar va bugungi seminarning ahamiyati haqida so'zlab berdi.

🔰 Ushbu seminarda Agentlik tizimidagi ijod maktablarining ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari fanni o'qitish metodikasini yanada takomillashtirish yuzasidan amaliy bilimlarini oshirmoqda.

❗️Shuningdek, seminar-trening doirasida 8- va 11-sinf yangi adabiyot darsligi taqdimoti ham tashkil etildi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening

Qarshi shahridagi Prezident maktabida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi va viloyatimizda yangidan faoliyat boshlagan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari, o‘qituvchilari uchun "Loyiha ishi" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu seminar-treningga hududlardagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridan pedagog o‘qituvchilar jalb qilindi. Bugun tarix, ona tili va adabiyoti, matematika,fizika, kimyo va biologiya fanlaridan seminar treninglar bo'lib o'tmoqda.

Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Seminar_trening

🔴Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘qituvchilari uchun o‘quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash bo‘yicha seminar-treningga start berildi.

❗️Mazkur o'quv seminari matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan o'tkazilmoqda.

Seminar xalqaro olimpiadalarda o‘rin olgan shuningdek, bugungi kunda murabbiy sifatida bir qancha o‘quvchilarni xalqaro olimpiadalarga olib chiqib, yuqori natijalarga erishgan Agentlik tizimidagi tajribali ustozlar tomonidan olib borilmoqda.

📆Ma'lumot uchun, treninglar ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan va 2 kun davom etadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌“Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha
ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi... O
ʻqituvchilarning maqomini, ularning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarur, deb hisoblayman”.

✍️ Shavkat Mirziyoyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti.

#Seminar_trening

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Prezident ta'lim muassasalari agentligining Xalqaro Baholash bo'limi bosh mutaxassisi Xushnamo Burxonxo'jayeva tomonidan "Amaldagi o'quv rejani Xalqaro IB standartlariga moslashtirish" mavzusida o'quv-trening o'tkazildi.

🔹Unda ijod maktabi direktori v.b. Y.Djamalova, o'quv-tarbiyaviy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari D.Farmonov, maktab maslahatchisi, IB Xalqaro dasturining maktab koordinatori I.Negmatov hamda barcha fan o'qituvchilari ishtirok etishdi.

🔹Ona tili va matematika fanlarining III-chorak boblari misolida o'quv rejasini IB dasturi talablariga binoan qayta ishlab boyitdilar. Bahs-munozaralarga boy jarayonda o'qituvchilar o'zlariga kerakli ma'lumotlarni olishdi.

🔹O'quv-trening davomida o'qituvchilar zarur ko'nikmalarga ega bo'lishdi va o'quv jarayoniga tatbiq etish uchun o'z vazifalarini belgilab oldilar.

✍️
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube|
#Seminar_trening

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “Liderlar haftaligi” seminar-treninglariga start berildi.

Unda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablarning 130 nafar rahbar kadrlari ishtirok etmoqda.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so'zi bilan ochib berdi:

- Ta'limdagi o'zgarishlar ko'pchilikning mehnati, harakati natijasida amalga oshiriladi. Hozirda boshlangan islohotlarni amalga oshirishda sizning alohida o'rningiz bor, chunki Siz ta’lim sohasining liderlaridirsiz!

Bugungi seminarlar esa sizdagi liderlik ko’nikmalarini yanada rivojlantirishiga ishonaman.

Mazkur seminardan ko‘zlangan maqsad umumta'lim maktablari direktorlari uchun uzoq muddatli strategiya va ustuvor vazifalarni belgilash, jamoada sog‘lom muhit yaratish, samarali ta'lim tamoyillari hamda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hisoblanadi.
____
❗️E'tiborlisi, bu rahbar kadrlarda liderlik ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan birinchi o‘quv-seminari hisoblanadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон
#Seminar_trening

📣 RESPUBLIKADAGI BARCHA MATEMATIKA VA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILADI!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda!

❗️Mazkur treninglar 3 bosqichli bo‘lib, 1-bosqich onlayn tarzda tashkil etildi va unda 28 nafar pedagog ishtirok etdi.

Seminarlarning 2-bosqichida 2800 nafar hamda 3-bosqichida 35 422 nafar o'qituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:

🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
🔹ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bolishish,
🔹oquvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash konikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.

📍Mazkur treninglar Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tadi.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Seminar_trening

⚡️Xiva shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda faoliyat yuritayotgan maktab maslahatchilarining malakasini oshirish bo'yicha amaliy seminar-treningga start berildi.

🔰 Tadbir ishtirokchilari bir-birlari bilan tajriba almashgan holda yanada ko'proq ma'lumot hamda tajribaga ega bo'lishmoqda.

🗓 Trening jarayonlari 27-28-mart kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

✔️E'tiborlisi, ushbu seminar-treningda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ingliz tili fani o'qituvchisi Izzat Negmatov ham ishtirok etmoqda.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Seminar_trening

Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan "Zamonaviy va loyihaga asoslangan taʼlim" mavzusida seminar-trening òz ishini boshladi.

Seminar-treningni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi mutaxassisi Zarina G'aniyeva olib bormoqda.

⚡️Unda ijod maktabining ona tili va adabiyot, tarix, tarbiya fani o'qituvchilari ishtirok etmoqda.

🔰Seminar-trening ertaga ham o'z ishini davom ettiradi.

📌Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida joriy yilning 13-14-aprel kunlari ona tili va adabiyot, tarix, tarbiya fani o‘qituvchilari uchun "Zamonaviy va loyihaga asoslangan taʼlim" mavzusida Agentlik mutaxassisi Zarina G'aniyeva tomonidan amaliy seminar oʻtkazildi.

📌📌Treningda qoʻllanilgan amaliy mashgʻulotlar o'qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirishga, dars metodlariga yangi innovatsiyalarni qo'llashga, ularning tanqidiy va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirishga xizmat qildi.

📌Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Seminar_trening

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.

Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar, viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etishmoqda.

❗️Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova so’zga chiqib, bu kabi treninglarning ahamiyati hamda ta’limda boshqaruvning to’g’ri yo’lga qo’yilganligi naqadar muhimligi haqida so’z yuritdi.

⚡️ Shundan so’ng, seminar-treninglarning amaliy qismiga start berilib, vazir “motivatsion kouching”larni boshlab berdi.

Unda hududiy rahbarlarning ish faoliyatini yo’lga qo’yish, samarali boshqaruv tizimini shakllantirish kabi mavzularda so’z bordi.

📌 Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar uchun sho’balarga bo’lingan holda seminar-treninglar bo’lib o’tadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Seminar_trening

"Ta'limda boshqaruv" mavzusidagi seminar-treninglar doirasida loyihalar taqdimoti bo'lib o'tdi

Bugun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo'lib o'tayotgan seminar-treningda ishtirokchilar tomonidan mavzuga oid taqdimotlar qilindi.

✔️Taqdimot doirasida har bir guruh o'zlariga berilgan mavzu doirasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, muammo va yechimlar haqida so'z yuritishdi. Shuningdek, hududlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda ta’lim sifatini oshirish va o‘quv dasturlarini boyitish bo‘yicha muhim fikrlar o‘rtaga tashlandi.

❗️Vazir Hilola Umarova har bir taqdimotda ko‘tarilgan masalalarga alohida to‘xtalib o‘tar ekan, mas’ullarning tashabbuslari va takliflarini baholab bordi.

#Trening #Fotoreportaj

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Seminar_trening
#2_kun

🔴 “Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglar davom etmoqda.

✔️ Treninglar doirasida ishtirokchilar uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o’rinbosarlari tomonidan yo’nalishlar kesimida sho’balarda davra suhbatlari tashkil etildi.

❗️Muhokamalar davomida hududlarda mavjud muammolar eshitilib, yechimlari to’g’risida so’z yuritildi.

📍Shundan so’ng, Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, tizimdagi qonun buzilishi holatlarini oldini olish bo’yicha tavsiyalar mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

✔️ Unda Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori Sarvar Erkinovning ma’ruzasi eshitildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Seminar_trening

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan tuman (shahar) bo‘limlarining tarbiya ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha mutaxassislari hamda tuman (shahar) sho'ba mudirlari uchun "Umumta'lim maktablarining ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlarini nazorat qilish mexanizmi" nomli o‘quv-amaliy seminari o'tkazildi.

Ushbu seminardan ko'zlangan asosiy maqsad Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar, xususan, ijod maktabi umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlarini nazorat qilish mexanizmini ishlab chiqish va joriy qilish, boshqarma tizimidagi ta'lim muassasalarining yangi o'quv yiliga tayyorgarlik dasturi edi.

✳️ Tadbirni boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov va boshqarma boshlig'i o'rinbosari Davron Tojiyev kirish so'zi bilan ochib berib, tizimdagi ustuvor vazifa va chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tishdi. Mas'ullarga tegishli topshiriqlar berilib, joylardagi ishlarni jadallashtirish muhimligi alohida ta'kidlandi.

🎤 Seminarda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova "Maktablarda tizimli ma'naviy tarbiyani yo'lga qo'yishga qaratilgan ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturi" mavzusida ma'ruza qilgan bo'lsa, Qarshi shahridagi Prezident maktabining direktor o'rinbosari Bekzod Mamatqulov va maktabi psixologi Husnora Nurmatovalar "Maktab imidji va unga ta'sir qiladigan omillar" mavzusida taqdimot qilishdi.

▶️ Shuningdek, boshqarmaning sho'ba rahbari Jamoliddin Eshquvvatov va bosh mutaxassisi Feruza Mustafayevalar ham tegishli mavzular yuzasidan so'zga chiqdilar.

♻️ Seminar davomida ishtirokchilar sessiyalarga bo'lingan holda jamoaviy tarzda ishtirok etishdi. O‘quvlar tajribali mutaxassislar tomonidan olib borildi.

❗️Seminar ishi viloyatdagi barcha tuman maktablarida hududlar kesimida davom etadi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Seminar_trening

🔰Joriy yilning 15-16-avgust kunlari Qarshi shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qashqadaryo viloyatidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar uchun o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tdi.

📚Fanlar kesimida tashkil etilgan o'quv seminarida pedagogik xodimlarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanishini ta’minlashga oid masalalar ko'rib chiqildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#seminar_trening

⚡️Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Agentligimiz tizimidagi 9 ta ijod maktablarida faoliyat yuritayotgan rahbar va pedagog xodimlar uchun o‘quv-trening tashkil etildi.

Seminarning asosiy maqsadi, pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, yangi o‘quv yilida o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanishini ta’minlashdan iboratdir.

O‘quv-treningda Ijod maktabi o‘quvchilari uchun nashr etilgan yangi darslik mohiyati, mezonlarga asoslangan baholash, milliy sertifikatga o‘quvchilarni tayyorlash, til ko‘nikmalarini rivojlantirish, loyiha ishlari orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish – amaliyotdan nazariyaga kabi mavzular yuzasidan mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar qilindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#11_oktabr_Xalqaro_qizlar_kuni
#Seminar_trening

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining Respublikada qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash ishlarini takomillashtirish va tizimli yo'lga qo'yish bo'yicha chora-tadbirlar rejasini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Ijod maktabida o'quvchi qizlarning sifatli ta'lim olishi, o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlarda bilim va kasb-hunar egallashlari va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

📚E'tiborlisi, ijod maktabida "Qizlarjon" klubi tashkil etilib, klub yetakchisi etib 10-sinf o'quvchisi Shohista Sherboyeva saylandi.

✔️Bugun, ya'ni 11-oktabr - Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan ushbu klub doirasida ilk seminar-trening bo'lib o'tdi. Treningni klub faoli Shohista Sherboyeva olib bordi.

❇️ Mashg'ulotda qizlarning liderlik qobiliyatini rivojlantirish, ularning fikrlash doirasini yanada kengaytirish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash salohiyatini oshirish masalalarida so'z yuritildi.

🎊Aziz o‘quvchi-qizlar!

Maktab jamoasi nomidan barchangizni ushbu muhim sana — Xalqaro qizlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz! O'qish va ishlaringizga omad yor bo'lsin!

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram