Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.26K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Forwarded from NAVOIYSHUNOSLIK (Odiljon Avaznazarov)
#Navoiy_axloqi

Navoiyning nomi abadiyatga muhrlanishida uning kamtarinlik, xokisorlik va taqvodorlik kabi insoniy fazilatlari ham katta rol o‘ynagan. Bejizga uning muhriga “Dunyoda g‘aribdek yoki bir yo‘lovchidek bo‘lgin! Faqir Alisher”, deya yozilmagan. U butun umri davomida “Faqirligim faxrimdir” hadisiga amal qilgan.

Mirxondning “Ravzatu-s-safo” asarida keltirilishicha, Navoiy muhrdorlik ishiga kirishgach, ilk bor farmonga muhr bosish marosimida shunday hol ro‘y beradi: Barchaning xayolida Navoiy barcha amirlardan yuqoriga muhr bosadi degan o‘y aylanardi. Biroq u shunday bir joyga muhr bosadiki, biror kishi undan quyiroqqa muhr bosa olmasdi. Bu holatni Mirxond shunday tasvirlaydi: “ul janobning qo‘liga ma’lum soatda muhr bossin uchun nishon berganlarida nafsi siniq bo‘lganidan va bag‘oyat ulug‘ tavozuliligidan nishonning shunday joyiga muhr bosdikim, undan tubanroqqa muhr bosishga joy qolmadi”.

Bu voqea barchaning Navoiyga nisbatan ixlosini bir necha baravarga oshiradi, hatto Navoiy muhr bosgan yer keyinchalik mansabdorlar orasida talash bo‘ladi, ularning har biri o‘sha yerga muhr bosish ishtiyoqida bo‘ladilar.

Axloq – inson javhari. Bu javharning eng katta raqibi, yemiruvchisi nafsdir. Yuqoridagi voqelik va quyidagi misralar ulug‘ mutafakkir nafsning qanday kuch ekanini yaxshi bilganini ko‘rsatadi:

Debsabu sayha chekib andoqki pil,
Changaki nafs ollida xoru zalil.

https://t.iss.one/Navoiyshunoslik_Alisher_Navoiy