#Uch_avlod_uchrashuvi
#Sportimiz_yulduzlari
🔰Ta’kidlash joiz, bugun mamlakatimizda tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan «Uch avlod uchrashuvi» ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini o‘tkazish go‘zal an’anaga aylangan.
✔️Ayniqsa, “Taraqqiyot strategiyasi – inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat asosi” g‘oyasi negizida o‘quvchi-talabalarda islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at fidoyilarining ibratli hayoti va faoliyati misolida o‘quvchilarni yuksak ideallarga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati qo‘riqlash boshqarmasining nafaqadagi podpolkovnigi Uyg‘un Xo‘jaqulov, podpolkovnik Qurbon Haqqulov, podpolkovnik Ulug‘bek Qoraqulovlar bilan “Uch avlod uchrashuvi”, shuningdek, sportimizning yorqin vakillari, xususan, sambo bo‘yicha jahon chempionlari- Jahongir Mansurov, Anzur Qo‘ziyev, MMA jangi sport turi bo‘yicha Osiyo chempioni O‘g‘iloy Jumanova, MMA jangi sport turi bo‘yicha jahon chempioni Azamat Nuftillayev, qo‘l jangi bo‘yicha bosh murabbiy Botir Rahmonovlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🎤- Samimiy ruhda o‘tgan “Uch avlod uchrashuvi”da ijod maktabining o‘quvchi yoshlariga bugun mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani bot-bot ta’kidlandi, - deydi podpolkovnik Qurbon Haqqulov.
✔️Aytish joizki, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati qo‘riqlash boshqarmasining nafaqadagi podpolkovniklari hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.
🎤- Binobarin, buyuk ajdodlarga munosib avlod bo‘lish, yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yashash har birimizning, ayniqsa, yoshlarning muqaddas burchidir. Xususan, bir qator sport turlarida xalqaro va jahon miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirok etib, mamlakatimiz bayrog‘ini baland tutish – bugun yosh sportchilarimizning asosiy maqsadiga aylangan, - deydi qo‘l jangi bo‘yicha bosh murabbiy Botir Rahmonov.
✔️Tadbir davomida ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan badiiy kompozitsiya, o‘z ijodidan namunalar havola etildi.
✔️Mehmonlarda ijod maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar iliq taassurot qoldirdi. O‘z navbatida, mehmon sportchilarimiz o‘zlari ishtirok etadigan sport musobaqalari va mashg‘ulot zallariga o‘quvchilarni taklif etishdi.
✔️Davra suhbati o‘quvchilar bilan savol-javob va ochiq muloqot tarzida o‘tdi.
✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati
🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram