Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.33K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Audio
#Sharh
#OAV_biz_haqimizda

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING OLIY MAJLISGA MUROJAATNOMASIGA MUNOSABAT

Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Dilshod Kenjayev "O‘zbekiston 24" radiosiga intervyu berdi.

❗️Jonli efirda yurtimizda va Agentlik tizimida amalga oshirilishi ko'zda tutilgan o'zgarish va islohotlar haqida maʼlumotlar berildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijod_maktablari
#Драма_тўгараги

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari tomonidan sahnalashtirilgan "Ruhlar isyoni" dostonidagi “Jaholat toʻgʻrisida rivoyat” sahna ko'rinishidan video-lavha.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
🏢Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida shoir va davlat arbobi Hamid Olimjon tavalludining 113 yilligi munosabati bilan “Barhayot jilolar” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi o'tkazildi, yakuniy natijalarga ko'ra:

She’riyat
🥇1-o'rin – Abdulla Qodiriy ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi Jamshid Xudoyberdiyev
🥈2-o'rin – Abdulla Oripov ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi Hikmatbek Boyqobilov
🥉3-o'rin – Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi 10-sinf o’quvchisi Zarifa Mardiyeva

Maqola
🥇1-o'rin – Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 9-A sinf o‘quvchisi Yulduz Suyunova
🥈2-o'rin – Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi 9-"B" sinf oʻquvchisi Rushana Olimova
🥉3-o'rin – Erkin Vohidov ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi Umidaxon Abduhamidova

Videoroliklar
🥇1-o'rin – Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi Visola Tursunova
🥈2-o'rin – Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi Zulhayo Mingboyeva
🥉3-o'rin – Abdulla Oripov ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi Javohir Abdurasulov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijodiy_tanlov
3-o'rin g'olibi

🏢Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida taniqli shoir va davlat arbobi Hamid Olimjon tavalludining 113 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan “Barhayot jilolar” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovining “Videorolik” yo‘nalishida 3-o‘rinni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Javohir Abdurasulov egalladi.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Premyera
#Tὁgarak_hisoboti

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida dars mashg'ulotlari va fan to'garaklaridan so'ng zamonaviy kasb-hunarlarga o'rgatuvchi, o'quvchining ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan to'garaklar faoliyat olib boradi. Rejissor Aktam Boyto'rayev rahbarligidagi "Aktyorlik mahorati" drama to'garagi ham ana shunday to'garaklardan biri sanaladi.

🎭Ushbu to'garakning choraklik hisoboti - spektakl namoyishi bo'lib o'tdi. Xususan, o'zbek xalq ertaklarining sara namunalariga kiruvchi - "Zumrad va Qimmat" ertagi asosida sahnalashtirilgan musiqiy sahna asari namoyish etildi.

✳️Rollarni ijod maktabining 7-8-sinf o'quvchilari ijro etishdi.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#ijodiy_tanlov
2-o'rin g'olibi

🏢Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida taniqli shoir va davlat arbobi Hamid Olimjon tavalludining 113 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan “Barhayot jilolar” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovining “She’riyat” yo‘nalishida 2-o‘rinni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi Hikmatbek Boyqobilov egalladi.

“Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham yanog‘ing uzra xol bo‘lsam”
Sening hajring bilan ohlar chekib axiyri “dol” bo‘lsam.

Yuzing oftob erur senga qaray olmoq mashaqqatdur,
Agar bir bora boqsam so‘ng tag‘in mayli ne hol bo‘lsam.

Jahon kezding g‘arib ko‘nglim etib bundan-da xorroq,
Agar dengizga otlansang, sening-chun ko‘hna sol bo‘lsam.

Demasman menga tinmasdan kalom aytgin, ayo dildor,
Bu ne baxtdur rizo bo’lgum nigohingda savol bo‘lsam.

Sening yo‘lingni poylarman tun-u kunlar chekib oh-zor,
Kelib bir bora amr etsang, egib boshim qarol bo‘lsam.

Vakilman ahli junun nomidan poyingda, ey yoro,
Etardim ming shukurlar gar ayoqingda zavol o‘lsam.
#Kino

🔰O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan o'tkazilgan "Mehr" operatsiyasi haqida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan "Spectre" studiyasida suratga olingan "Inson - zulmat ortidagi nur" hujjatli filmi va "Maktab - hayotim" badiiy filmi Kinematografiya agentligining viloyat hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchi-yoshlariga namoyish etildi.


🎯Bizni kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Yil_sarhisobi

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova boshchiligida 2022-yil davomida Agentlik va tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyati sarhisobiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda hududiy bo'limlar rahbarlari ZOOM platformasi orqali onlayn ishtirok etishdi.

Yig'ilish davomida 2022-yil davomida qo'lga kiritilgan yutuqlar hamda istiqboldagi rejalar haqida so'z yuritildi.

📍Unda shuningdek ixtisoslashtirilgan maktablarda o'tkazilgan choraklik summativ baholash natijalari, 1-2-choraklarda erishilgan natijalar haqida ma'lumot berildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Uch_avlod_uchrashuvi
#Sportimiz_yulduzlari

🔰Ta’kidlash joiz, bugun mamlakatimizda tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan «Uch avlod uchrashuvi» ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini o‘tkazish go‘zal an’anaga aylangan.

✔️Ayniqsa, “Taraqqiyot strategiyasi – inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat asosi” g‘oyasi negizida o‘quvchi-talabalarda islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at fidoyilarining ibratli hayoti va faoliyati misolida o‘quvchilarni yuksak ideallarga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati qo‘riqlash boshqarmasining nafaqadagi podpolkovnigi Uyg‘un Xo‘jaqulov, podpolkovnik Qurbon Haqqulov, podpolkovnik Ulug‘bek Qoraqulovlar bilan “Uch avlod uchrashuvi”, shuningdek, sportimizning yorqin vakillari, xususan, sambo bo‘yicha jahon chempionlari- Jahongir Mansurov, Anzur Qo‘ziyev, MMA jangi sport turi bo‘yicha Osiyo chempioni O‘g‘iloy Jumanova, MMA jangi sport turi bo‘yicha jahon chempioni Azamat Nuftillayev, qo‘l jangi bo‘yicha bosh murabbiy Botir Rahmonovlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🎤- Samimiy ruhda o‘tgan “Uch avlod uchrashuvi”da ijod maktabining o‘quvchi yoshlariga bugun mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani bot-bot ta’kidlandi, - deydi podpolkovnik Qurbon Haqqulov.

✔️Aytish joizki, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati qo‘riqlash boshqarmasining nafaqadagi podpolkovniklari hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.

🎤- Binobarin, buyuk ajdodlarga munosib avlod bo‘lish, yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yashash har birimizning, ayniqsa, yoshlarning muqaddas burchidir. Xususan, bir qator sport turlarida xalqaro va jahon miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirok etib, mamlakatimiz bayrog‘ini baland tutish – bugun yosh sportchilarimizning asosiy maqsadiga aylangan, - deydi qo‘l jangi bo‘yicha bosh murabbiy Botir Rahmonov.

✔️Tadbir davomida ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan badiiy kompozitsiya, o‘z ijodidan namunalar havola etildi.

✔️Mehmonlarda ijod maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar iliq taassurot qoldirdi. O‘z navbatida, mehmon sportchilarimiz o‘zlari ishtirok etadigan sport musobaqalari va mashg‘ulot zallariga o‘quvchilarni taklif etishdi.

✔️Davra suhbati o‘quvchilar bilan savol-javob va ochiq muloqot tarzida o‘tdi.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
📸Tadbirdan fotoreportaj (1-qism)