#Diqqat_tanlov
#Men_Ózbekman
🔰Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi barcha ta’lim muassasalari o‘quvchilari va “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari o‘rtasida “Men O‘zbekman” nomli ijtimoiy roliklar tanlovi o’tkaziladi.
✔️Tanlov quyidagi 3 ta nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
✅ “Eng yaxshi informatsion rolik”
- yurtimizning boy tarixi va madaniyatidan so‘zlovchi turli qadamjolar, tarixiy inshoot va obidalar, hududlar nomi, ularning kelib chiqish tarixidan darak beruvchi ob’ektlar haqida ma’lumot beruvchi roliklar yaratish.
✅ “Eng yaxshi ijtimoiy rolik”
- yurtimizda yoshlar uchun turli sohalarda yaratilayotgan shart-sharoitlar, keksalarni qadrlash, oilalar farovonligi va baxtli bolalikni madh etish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, shuningdek, yurt tinchligi, osuda hayotimizni qadriga yetish, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, sog‘lom ma’naviy muhitni yaratish kabi g‘oyalarni o‘z ichiga oladi.
✅ “Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan rolik”
(ijtimoiy tarmoqlar orqali eng ko‘p layk to‘plagan media mahsulotlar)
Davlat ramzlari ifodalangan, yurtimizning go‘zal manzaralari va madaniyat o‘choqlarida tasvirga olingan “Men O‘zbekiston farzandiman” kabi ezgu g‘oyani o‘zida jamlagan heshteykni Facebook va telegramm sahifalariga joylashtirish. Eng ko‘p layk to‘plagan media mahsulotlar saralab olinadi.
✔️ Tanlovni uch bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich – ta’lim muassasasi miqyosida (1-avgustdan-15-avgustga qadar);
2-bosqich – viloyat bo‘yicha (hududiy)
3-bosqich – respublika (Agentlik) miqyosida.
✔️Tanlov shartlari:
1. Taqdim etiladigan videoroliklar soni 2 tagacha, xajmi 200 megabaytgacha bo‘lishi mumkin.
2. Videoroliklarga qo‘yiladigan talablar:
davomiyligi – 3 daqiqagacha;
formati MPEG-4;
lavha formati 720 r (1280x720) yoki 480 r (854x480);
xajmi 40 megabaytgacha bo‘lishi kerak.
3. Videorolik tasvirida muallifning bevosita ishtiroki shart emas.
4. Videorolikni suratga olish va montaj jarayonida maxsus dastur va uskunalardan foydalanish ishtirokchi (ijodiy ish muallifi)ning ixtiyoriga havola etiladi.
5. Videorolik janri (reportaj, videoklip, animatsion syujet va boshqalar)ni ishtirokchining o‘zi belgilaydi.
6. Videorolikda yoritilayotgan mavzu nomi ko‘rsatiladi. Muallif, ta’lim muassasasi nomi, sinfi yoki o‘qish kursi ko‘rsatilishi qat’iyan ta’qiqlanadi.
🥇🏆Tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
✔️ Hurmatli Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari! Ijodiy ishlaringizni quyidagi guruhga jo‘natishingiz mumkin: https://t.iss.one/abdullaoripovyoshijodkorlar
✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati
🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram