Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.32K subscribers
11.8K photos
1.22K videos
96 files
3.6K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Axborot_texnologiyalari_tanlovi
#Besh_tashabbus_mening_sevimli_mashğulotim

🔰⚡️⚡️⚡️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining “Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash” to‘garagi rahbari Bahodir Berdiyev tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab Besh tashabbus - mening sevimli mashg‘ulotim” shiori ostida “Ovozga ko‘chgan hikmatlar” mavzusida tanlov o‘tkaziladi.
🎤Tanlov shartiga ko‘ra, hikmatli, ibratli voqealarga asoslangan kichik hajmdagi hikoyalar va rivoyatlar audio formatda (MP3 shaklda) qabul qilinadi.
🎧Tanlovda maktabning barcha sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
💻Asarlar joriy yilning 25-iyulidan 25-avgustigacha qabul qilinadi.
🥇G‘oliblar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
📀Natijalar mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinadi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Hikoyat
<unknown>
#Axborot_texnologiyalari_tanlovi
#Besh_tashabbus_mening_sevimli_mashğulotim

🔰Ma'lumki, “Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash” to‘garagi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab Besh tashabbus - mening sevimli mashg‘ulotim” shiori ostida “Ovozga ko‘chgan hikmatlar” mavzusida tanlov e'lon qilingandi.
🎤Tanlovga ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlarini jo‘natishmoqda.
🎧 Quyida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o‘quvchisi Laylo Boymurodovaning audio formatdagi ibratli hikoyasini tinglashni tavsiya etamiz.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#Ijodiy_tanlov
#Besh_tashabbus_mening_sevimli_mashğulotim

🔰⚡️⚡️⚡️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining “Mitti yulduz jilolari” ijodiy to‘garagi rahbari Azizbek Norov tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab Besh tashabbus - mening sevimli mashg‘ulotim” shiori ostida “Umuminsoniy muammolar - badiiy talqinda” mavzusida nasriy asarlar tanlovi o‘tkaziladi.
📝 Ishtirokchilar quyidagi mavzular bo‘yicha nasriy hikoya va badiiy matn yozishlari mumkin:
"Suv - hayot manbai";
"Tinchlik - bebaho ne'mat";
"Iqlim o‘zgarishlari - global muammo";
"Energiya tejamkorligi - davr talabi".

✏️Asarlar joriy yilning 27-iyulidan 27-avgustigacha qabul qilinadi.
🥇G‘oliblar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
📚Natijalar Мustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinadi.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Yozgi_oromgoh
#Besh_tashabbus_mening_sevimli_mashğulotim

🔰Ma'lumki, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Yozgi oromgoh – besh tashabbus biz bilan” shiori ostida "Yozgi oromgoh" faoliyat olib bormoqda.
🎻Xususan, "Yozgi oromgoh" doirasida "Musiqa" to‘garagining mashg‘ulotlari ham bo‘lib o‘tmoqda. Unda to‘garak rahbari Z.Boboxo‘jayev an'anaviy darslar bilan birga tumanda yashovchi o‘quvchilarga musiqa asboblaridan foydalanish bo‘yicha onlayn dars mashg‘ulotlarini ham olib bormoqda.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Audio
#Axborot_texnologiyalari_tanlovi
#Besh_tashabbus_mening_sevimli_mashğulotim

🎧 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o‘quvchisi Farangiz Hayitovaning “Ovozga ko‘chgan hikmatlar” tanloviga yuborgan audio formatdagi ibratli hikoyasini tinglashni tavsiya etamiz.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Audio
#Axborot_texnologiyalari_tanlovi
#Besh_tashabbus_mening_sevimli_mashğulotim

🎧 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o‘quvchisi Shahnoza Badalovaning “Ovozga ko‘chgan hikmatlar” tanloviga yuborgan audio formatdagi ibratli hikoyasini tinglashni tavsiya etamiz.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Zukko_kitobxon
#Besh_tashabbus_mening_sevimli_mashğulotim

🔰⚡️⚡️⚡️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining kutubxona xodimi Habiba Qayumova tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab Besh tashabbus - mening sevimli mashg‘ulotim” shiori ostida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkaziladi.
📖 Tanlov shartiga ko‘ra, ishtirokchilar quyidagi asarlarni mutolaa qilishlari va shu asarlar yuzasidan beriladigan savollarga javob berishlari zarur:
7-9-sinflar uchun.
1. "Go‘ro‘g‘lining o‘limi" (doston).
2. "Oygul bilan Baxtiyor" (Hamid Olimjon).
3. "Alvido bolalik" (Tohir Malik).
4. "Birinchi muallim" (Chingiz Aytmatov).
5. "O‘n beshli yoshli kapitan" (Jyul Vern).
6. "Men, buvim, Iliko va Illarion" (Nodar Dumbadze).
10-11-sinflar uchun.
1. "Rustamxon" (doston).
2. "Yillar armoni" (Abdulla Oripov).
3. "Turkiy Guliston yohud axloq" (Abdulla Avloniy).
4. "Alisher Navoiy" (Isajon Sulton).
5. "Amfibiya odam" (Aleksandr Belyayev).
📓Tanlov joriy yilning 1-avgustidan 28-avgustigacha o‘tkazilada.
🥇G‘oliblar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
📚Natijalar Мustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinadi.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Yozgi_oromgoh
#Besh_tashabbus_mening_sevimli_mashğulotim

🔰Ma'lumki, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Yozgi oromgoh – besh tashabbus biz bilan” shiori ostida "Yozgi oromgoh" faoliyat olib bormoqda.
🏓 Xususan, "Yozgi oromgoh" doirasida "Sport" to‘garagining mashg‘ulotlari ham bo‘lib o‘tmoqda. Unda to‘garak rahbari M.Shaymardanova o‘quvchilar o‘rtasida stol tennisi, shaxmat-shashka kabi sport turlaridan musobaqalar o‘tkazmoqda. Bu kabi musobaqalarda maktab o‘qituvchilari ham faol ishtirok etishmoqda.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Audio
#Ijodiy_tanlov
#Besh_tashabbus_mening_sevimli_mashğulotim

🔰⚡️⚡️⚡️Yodingizda bo‘lsa, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining “Mitti yulduz jilolari” ijodiy to‘garagi rahbari Azizbek Norov tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab Besh tashabbus - mening sevimli mashg‘ulotim” shiori ostida “Umuminsoniy muammolar - badiiy talqinda” mavzusida nasriy asarlar tanlovi e'lon qilingandi.
📚Ta'kidlash joizki, taniqli yozuvchi Javlon Jovliyev g‘olibga o‘zining "Qo‘rqma" asarini dastxati bilan jo‘natmoqda. Quyida J.Jovliyevning tanlov ishtirokchilariga yo‘llagan dil istaklarini tinglashingiz mumkin.
📝 Tanlovda faol ishtirok eting!

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Tengdosh_tengdoshga
#Besh_tashabbus_mening_sevimli_mashğulotim

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o‘quvchisi Madina Omonova yozgi ta'tilini mazmunli o‘tkazmoqda. Xususan, u yoz davomida bir qator ko‘rik-tanlovlarda qatnashib, sovrindorlar qatoridan joy egalladi.
🎙Yaqinda M.Omonova yana bir loyihaga qo‘l urdi. U "Telegram" ijtimoiy tarmog‘ida "Yoz ilhomlari" radioeshittirish loyihasini yo‘lga qo‘ydi.
🎚Madina bu loyihada "Tengdosh tengdoshga" tamoyili orqali o‘z tengdoshlari bilan ijod, orzu-maqsadlar, yangi g‘oya va loyihalar haqida o‘zgacha intervyu va kreativ suhbatlar tashkil etib bormoqda.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Audio
#Axborot_texnologiyalari_tanlovi
#Besh_tashabbus_mening_sevimli_mashğulotim

🎧 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o‘quvchisi Umirzoqova Gulsevarning “Ovozga ko‘chgan hikmatlar” tanloviga yuborgan audio formatdagi ibratli hikoyasini tinglashni tavsiya etamiz.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram