Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.31K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#tanlov
#ikkinchi_bosqich

⚡️Agentligimiz tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi vakant fan o‘qituvchilari o‘rniga ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar uchun tanlovning ikkinchi bosqich test jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

🗺Maʼlumot uchun: Test sinovlari Respublikamizning 13 ta hududidagi Prezident maktablarida hamda Toshkent shahri uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#uchinchi_bosqich

⚡️Agentligimiz tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi vakant fan o‘qituvchilari o‘rniga test bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar uchun suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

DIQQAT E'LON!

🟢YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining rahbar lavozimlaridagi bo‘sh o‘rinlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

⚡️Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 23-yanvar – 1-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

➡️ Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

✔️ Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

📆 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali 23-yanvardan boshlab topshirishingiz mumkin.

📞 Call-markaz:
(71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov_natijalari

🔰Avval xabar berganimizdek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Yanvar - axborot texnologiyalari oyligi" doirasida "Yangi O'zbekiston - Uchinchi Renessans" g'oyasi asosida yoshlarda Vatan va millat taqdiriga mas'ullik hissini oshirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida o'quvchilar o'rtasida "Uchinchi Renessans - yoshlar nigohida" mavzusida loyihalar tanlovi o'tkazildi.

📲 Unda 1-o‘rinni 8-sinf o‘quvchisi Elmurodov Mirali (mobil ilova), 2-o‘rinni Eshnazarov Sherbek (mobil ilova) va 3-o‘rinni Rustamov Jasurbek (videorolik yo‘nalishida) egalladilar.

🏆 G'oliblarga diplom va estalik sovg'alari dushanba kuni ertalabki saflanishda topshiriladi.

🎊
Tanlov g'oliblarini tabriklaymiz!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Tanlov_natijalari

🔰Avval xabar berganimizdek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Yanvar - axborot texnologiyalari oyligi" doirasida o'quvchilar ongida mustaqillikka sadoqat, zamonaviy tafakkur tarzi va yangiliklarga intilish tuyg'ularini kuchaytirish maqsadida "Jadidchilik - yangi uyg'onish asosi" mavzusida milliy mustaqillik hamda ma'rifatparvarlik g'oyalarini ilgari surgan jadidlar merosini keng o'rganish yo'lida "Yangi avlod jadidlari" elektron platformasi mobil ilovasini yaratish bo'yicha tanlov o'tkazildi.

📲 Tanlov natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni 10-sinf o‘quvchisi Sa’dullayev Sarvar, 2-o‘rinni 8-sinf o‘quvchisi Ismatullayev Eldur, 3-o‘rinni 7-sinf o‘quvchisi Oybekova Shirin egalladi.

🏆 G'oliblarga diplom va estalik sovg'alari dushanba kuni ertalabki saflanishda topshiriladi.

🎊
Tanlov g'oliblarini tabriklaymiz!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Tanlov_ĝoliblari

Kutubxonaga hurmat – kitobdan boshlanadi

Kutubxona – bu goyalar maskani. Unga hammani taklif qilish mumkin.
A.Gersen.

Xonada sukunat hokimlik qilmoqda. Burni singan va sochlari to'zgigan bola labi shilingan, qovoqlari ko'kargan bola bilan maktab direktori qarshisida bosh egib otiribdi. Sukunatni yaqin besh daqiqada ovozi o'chgan bir ayol buzdi:
-Odil Yoqubovich, bu bolaga zudlik bilan chora ko'rilmasa maktab obro'yiga putur yetadi!
-Axir, Shohruxning o'zi boshladi-ku urushni, - deya oraga kirdi burni singan Olimjon.
-Kattalarning gapiga aralashma, tarbiyasiz, tirrancha! – zarda bilan gapirdi haligi ayol.
Yon tomondagi kursida uyqusizlikdan ko'zlari shishgan ayol mung'ayib o'tiribdi. Bu ayol Sojida opa bo'lib shu maktabning kutubxonachisi. Olimjon - Sojida opaning kenja o'g'li. To'rt og'ilni boqish rahmatli eri o'tganidan song yolg'iz o'ziga qoldi. Oylik maoshi urvoq ham bo'lmay qoldi. Boshqa bir korxonada farrosh bo'lib ishlashga majbur boldi. Har kuni tong saharda borib korxonani tozalaydi. So'ng uyga kelib o'g'illariga nonushta taxlab soat sakkizda maktabga ketadi. Maktabda ish vaqti tugagach , o'g'li Olimjonning darsdan chiqishini kutadi. Ungacha har xil kitoblarni o'qib turadi. Olimjon darsdan chiqqach, birgalashib korxonaga borishadi. Olimjon oyisiga suv tashib beradi. Yakshanba kunlari Sojida opa tikuvchilik qiladi. Xudoga shukrkim, o'g'illari aqlli, ikkita tong'ich o'g'li universitetda o'qiydi, ikkita kenjasi maktabda. Eng aqllisi – Olimjon. Lekin nima bo'ldi-yu, bugun direktor yonida Sojida opaning yuzini yer qildi. Aslida, voqea bunday bo'lgandi.
Maktabda 9-sinflar ortasida eng kitobxon va a’lochi oquvchi – bu Olimjon. Kopchilikning unga havasi kelganidek , hasad qilganlar ham kam emasdi. Har narsani pul bilan o'lchaydigan Shohrux va uning onasi Barno opa o'g'lini Olimjondan ustun qo'yadi. Bir kuni maktabda “Yosh kitobxon” tanlovining maktab bosqichi bo'ldi. Unda Olimjon g'olib bo'lganini eshitgan Barno opa o'g'li Shohruxga o'shqirdi:
- Bu xabar bilan otangning ko'ziga qanday qaramoqchisan!?
Shohrux indamay xonasiga kirib ketdi. Endi Shohrux qachon kelgusi tanlovda birinchi orinni olmagunicha jazoda boladi. Bu jazo nafaqat Shohruxga, balki, Olimjonga ham qiyin bo'ldi. Chunki shundan so'ng Shohruxni Olimjonga nisbatan nafrati oshdi. Bir kuni tanaffus vaqtida Shohrux bir to'p bolalar bilan kelib Olimjonni masxara qildi. Onasi farrosh bo'lib ishlashini yuziga solib, nafsoniyatiga tegdi. Olimjon har qancha aqlli bolmasin, har qanday gapga chidamasin, ammo onasini haqoratlashlariga qarab tura olmadi va Shohruxga bir musht tushirdi. Shoxruxga esa aynan shu kerak edi. Va shunday bo'lib orada katta janjal chiqib, direktor yonida otirishibdi. Shu yerda ham Shoxruxning onasi Barno opa hech kimga gap bermay shangillayapti. Hayriyatki, direktor Odil Yoqubovich Olimjonning xulqini inobatga olib, Barno opaning yonida uni “kechirdi”. Aslida-ku, direktor bo'lgan voqeani to'lig'icha biladi, ammo Barno opaning chakagini yopish uchun yuzaki bolsa ham aybni Olimjonga tonkash kerakligini anglab yetgandi. Bu adolatsizlikdan so'ng Olimjon kitobga ro'ju qo'ydi. Avvalgidanda shiddat bilan o'qirdi. Kutubxonadagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning “Bugun kitob o'qigan bitta bola ertaga televizor ko'rgan o'nta bolani boshqaradi.” degan gaplari Olimjonga dalda bolar va u shu gaplarni ozining hayotiga dasturilamal qilib oldi. Maktabda yana bir “Yosh akademik” tanlovi e'lon qilindi. Bu tanlovda Shohrux g'olib bo'lishiga ishonardi. Lekin tayyorgarliksiz, o'z ustida qo'shimcha ishlamasdan g'olib bo'lish qiyin. Yana Olimjondan-da bilimli bolish kerak. Tanlov ham otdi. Unda yana Olimjon g'olib bo'ldi. Eng achinarlisi, Shohrux hattoki ikkinchi yoki uchinchi o'rinlarni ham egallay olmadi. Buni eshitgan Barno opaning fig'oni falakka chiqdi. To'gri, Barno opa boy-badavlat va har bir narsani pul bilan o'lchasa ham yakka-yu yolg'iz ogli Shohruxning oqishiga befarq emasdi. Barno opa Shohruxni qattiq urushdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov_ĝoliblari

Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 32 yilligiga bag'ishlab, ijod maktabida ijodiy ishlar tanlovi e'lon qilingan edi.

⚡️Videorolik tayyorlash yo'nalishi bo'yicha ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Mamatov Dilshod g"olib bo'ldi.

💥Tabriklaymiz! Kelgusi o'qish va ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

G'oliblar diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.
#Tanlov_ĝoliblari

Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 32  yilligiga bag'ishlab, ijod maktabida ijodiy ishlar tanlovi e'lon qilingan edi.

⚡️Tasviriy san'at yo'nalishi bo'yicha ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Xoliqnazarova Ra'no g'olib bo'ldi.

💥Tabriklaymiz! Kelgusi o'qish va ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

G'oliblar estalik sovg'a va diplom bilan taqdirlanadilar.
#Tanlov_ĝoliblari

Ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Meylimurodova Asila O'zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilinganligining 32 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan tanlovning nazm yo'nalishida g'olib bo'ldi.

GERBIM - IFTIXORIM
O'zbekiston bir dona,
Aytaman yona-yona.
Kuylayman men baralla
Gerbim iftixorimdir.
Gerbim mening faxrimdir,
Paxta-yu bug'doylari
Va mashhur daryolari
Zaminga nurin sochgan,
Beminnat oftoblari.
Bunday go'zallik qayda,
O'zbekiston degan joyda
Yuraklarning to'rida,
Mehr uyg'ongan onda.
Humo qushi yagona,
Olamda u durdona.
Qanotini keng yozib,
Doim turar mardona.
O'zbekiston bayrog'i,
Va gerbi iftixori.
Davlatimiz ramzlari,
Istiqlolning timsoli.
O'zbekiston bir dona,
Aytaman yona-yona.
Kuylayman men baralla,
Gerbim iftixorimdir.
Gerbim - mening faxrimdir,
Gerbim iftixorimdir.

💥Tabriklaymiz, o'qish va ishlariga omad tilaymiz!

G'oliblar diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar!
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

📣📣📣📣📣

❗️O‘Z SOHASIDA YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN PEDAGOG KADRLAR DIQQATIGA!

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga pedagog kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 5–15-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Hurmatli rahbar va pedagog kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂Talab etiladigan hujjatlar:
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
• bakalavr/magistraturani tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
• malaka toifa sertifikati;
• til bilish va mutaxassislik fani boʻyicha sertifikati.

Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoada ishlay olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
xorijiy tillarni bilgan nomzodlarga ustunlik beriladi.

👨‍🏫 Talabgor o‘qituvchilar eng kamida 2-malaka toifasiga ega bo‘lishlari shart, til bilish va mutaxassislik fani bo‘yicha sertifikat tanlovda ustuvorlik beradi.

📆Hujjatlarni 5–15-avgust (shu kuni ham) kunlari job.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM