Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#imtihon_2023
#prezident_maktablari
#Ikkinchi_bosqich
#LIVE🔴

📣 Ayni vaqtda Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi manejida 2023/2024-o'quv yili uchun Qarshi shahridagi Prezident maktabining ikkinchi bosqich imtihonlari boshlandi.

📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

Shunindek, Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlarini Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari tomonidan nazorat qilinmoqda.

✔️ Shuningdek, Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ushbu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

Imtihonda ishtirok etayotgan barcha talabgorlarga omad tilaymiz!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#live

Ayni vaqtda Xalqaro press klubда Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari ishtirokida "2023/2024-o'quv yili: sharoit, imkoniyat va rejalar" mavzusida jonli muloqot tashkil etilmoqda!

🖥 Jonli efirni "O'zbekiston 24", "UzReport" va "Renessans" telekanallari orqali to'g'ridan to'g'ri tomosha qilishingiz mumkin.

👉 Jonli efir

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Tanlov
#Nomzodlarni_saralash
#LIVE🔴

🔰Kecha xabar berganimizdek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi vakant lavozimlariga ishlash istagida hujjat topshirgan nomzodlar uchun tanlovning suhbat (saralash bosqichi) jarayonlari bo'lib o'tmoqda. Ayni paytda ingliz tili, geografiya, tarix, tarbiya fanlaridan suhbat bo'lib o'tmoqda.

Suhbat ishchi guruhdan iborat hakamlar hay'ati orqali o'tkazildi. Unda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining ijod bo'limi mutaxassisi Zarina G'aniyeva ham ishtirok etmoqda.

🔶 E'tiborlisi, tanlov ochiqlik, shaffoflik, adolatlilik asosida bo'lmoqda, bugungi tanlovning mavzulari ham qur'a orqali tanlandi.

📌Eslatib o'tamiz, bugun 1-bosqichdan o'tgan nomzodlar tanlovning 2-bosqichi - pedagogik mahoratlari, ya'ni dars o'tish jarayonida o'z tajribalarini sinovdan o'tkazishadi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Zakovat
#Besh_tashabbus
#LIVE🔴

"ZAKOVAT" BELLASHUVI

🔰Ayni vaqtda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qashqadaryo viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari, shuningdek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi hamda Qarshi shahridagi Prezident maktabining o'quvchilaridan iborat "Zakovat" jamoalari o'rtasida musobaqa bo'lib o'tmoqda.

⚡️Hozirgacha 2-tur bahslari yakunlandi.

Bizni kuzatishda davom eting. Yakunda qaysi maktab jamoasi g'olib bo'lishidan xabardor bo'lasiz!

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Konsert
#Musiqa_tơgaragi
#LIVE 🔴

🔰Ayni vaqtda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Musiqa" to'garagining hisobot konserti bo'lib o'tmoqda.

✔️Konsertda Zavqiddin Boboxo'jayev rahbarligidagi "Musiqa" to'garagining a'zolari I-chorak davomida milliy va zamonaviy musiqa asboblarida o'rgangan, o'zlashtirgan kuy va qo'shiqlarni ijro etishmoqda.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#live

🔴Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “O‘quvchilar va yosh o‘qituvchilar forumi” hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokidagi “Vazir va yoshlar” uchrashuvi boshlandi.

❗️Unda maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ilm-fan, ta’lim, sport, madaniyat hamda sohaning eng yetuk yosh pedagoglari va o‘quvchilar ishtirok etishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ijodiy_olimpiada
#LIVE 🔴

🔰Ayni vaqtda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi kutubxonasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2024-yil 5-fevraldagi 12-AF sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 8-9-sinflar o'quvchilari o'rtasida "Ijodiy olimpiada" musobaqasining maktab bosqichi o'tkazilmoqda.

📚 Ushbu musobaqa o‘quvchilarning nazm, nasr, badiiy pubitsistika, adabiyotshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha iste’dod va qiziqishlarini yanada oshirish; o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish, notiqlik madaniyatini rivojlantirish, ona tilimiz, o‘zbek va jahon adabiyotiga muhabbatini oshirish; ijodkor o‘quvchilarni aniqlash, rag‘batlantirish va ularning ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga shart-sharoit yaratish maqsadida o'tkazilmoqda.


🏆 G'oliblarni yaqin soatlarda e'lon qilamiz!


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram|web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Live
#teatr_festivali

⚡️Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali boshlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube