Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Òquv_seminar
#Ikkinchi_kun

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan òtkazilgan òquv-seminarning ikkinchi kunida Nukus Prezident maktabi , AL Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor òrinbosarlari taqdimotlari òtkazildi.

❇️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bòyicha direktor òrinbosari Jamolova Yoqutoy Kamolovna "Ijod maktabida amalga oshirilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligi" mavzusida taqdimot qildi

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#LIVE 🔴
#Test
#Ikkinchi_kun

Qarshi davlat universitetida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida Qashqadaryo viloyatida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog-kadrlarni saralab olish tanlovining ikkinchi – test bosqichi davom etmoqda.
💻 Bugun ona tili va adabiyoti fanidan test jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
📅 Eslatib o‘tamiz, test jarayonlari fanlar kesimida 18-iyunga qadar davom etadi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#oʻquvchi_almashish_dasturi
#ikkinchi_kun

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o‘zaro o‘quvchilarni almashishdi.

🗺Dastur doirasida Xiva, Namangan, Qarshi, Sirdaryo, Fargʻona va Jizzax shaharlarida boʻlib turgan oʻquvchilarimiz mashg‘ulotlardan soʻng ushbu hududlarning qadimiy va madaniy maskanlariga sayohat qilishdi.

#ijod_maktablari #oʻquvchi_almashish #Xiva #Namangan #Qarshi #Sirdaryo #Fargʻona #Jizzax

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#oʻquv_trening
#ikkinchi_kun

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida 3 kunlik Respublika o‘quv-treningi oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, oʻquv-treningning ikkinchi kunida ishtirokchilar malakali trenerlar koʻmagida ijod maktablari faoliyati natijadorligini baholash va ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, fan to‘garaklarini maqsadli tashkil etish, o‘quv dasturi bilan ishlash, texnologiyalar integratsiyasi, raqamli sinfxona kabi mavzularda bilimlarini oshirdi.

Shuningdek, ishtirokchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan "Zakovat" intellektual o‘yinlari o‘tkazildi. Sog’lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollikni oshirish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.

Agentlik tizimidagi ijod maktablarining o‘quv ishlari va ixtisoslik fanlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika, informatika va biologiya fanlari o‘qituvchilari ishtirokida boʻlib oʻtayotgan Respublika oʻquv-treningi ertaga, 23-avgust kuni yakunlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM