Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.62K subscribers
11.7K photos
1.21K videos
96 files
3.59K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
📷 Tanlov jarayoni va taqdirlash marosimidan fotoreportaj
#Quvnoqlar_va_zukkolar
#Besh_tashabbus

Ma’lumki, dars mashg‘ulotlaridan so‘ng o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlaridan mazmunli foydalanish, vazifalar yuklamalaridan so‘ng ularning ma’naviy va madaniy hordiq chiqarishlarini ta’minlash juda muhim sanaladi.
🎭 Shu ma’noda, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining faollar zalida “Quvnoqlar va zukkolar” o‘yinlari doirasida ijod maktabining 7- va 8-sinf hamda maktab yotoqxonasi o‘quvchilaridan tarkib topgan “Komfort” jamoasining chiqishi bo‘lib o‘tdi.
👏 Ishtirokchilarning turli mavzulardagi badiiy chiqishlari yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
#Saralangan_satrlar

Yolgʻonchiga berilgan jazo unga boshqalar ishonmay qoʻygani emas, u boshqalarga ortiq ishona olmasligidir.

©Bernard Shou

Yaqinlaringizga ham jo‘nating:
@abdullaoripov_ijodmaktabi
#Tabriklaymiz
#Shaxmat
#Besh_tashabbus

🔰 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi Madina Omonova sportning shaxmat turi bo‘yicha “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” Respublika ochiq turnirining Kasbi tuman bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
⚡️U musobaqa davomida barcha raqiblaridan ustun kelidi va 1-o‘rinni egalladi.
⚡️Shu tariqa, Madina “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” Respublika ochiq turnirining viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
#Ochiq_eshiklar_kuni

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Ochiq eshiklar kuni” davom etmoqda.
🟢 Bu safar maktabga Qarshi shahridagi 5-, 19- va 24-maktablar, Qarshi tumanidagi 6-, 27- va 68-maktablar, Qamashi tumanidagi 13-maktab, Chiroqchi 101-maktab, shuningdek, Samarqand viloyati Urgut tumanidagi 18- va 132-maktablarning ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari boshchiligida o‘quvchilar kelishdi.
🟢 O‘quvchilar Abdulla Oripov muzeyi, media savodxonlik, aktyorlik mahorati, dizayn kabi to‘garak xonalarida bo‘lishdi. Maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi, shuningdek, maktabga qabul va imtihon jarayonlari haqida ham ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
🟢 Sayohat so‘nggida ularning ko‘pchiligi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o‘qish istagini bildirishdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram