Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.28K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
103 files
4.09K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Taassurot

🎤- Biz Samarqanddan keldik. Taassurotlarimiz olam-olam. Haqiqatan ham, bu ijod maktabida O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning nigohi qarab turgani va nafasi ufurib turganini dil-dildan his qildik, - deydi Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi 18-maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dilrabo To‘rayeva. – Shu bilan birga, yaqin kelajakda yana bir guruh ijodkor o‘quvchilarni maktabga olib kelishni, tajriba almashishni maqsad qildik. Fursatdan foydalanib, maktab rahbariyati va jamoasiga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
2
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Taassurot

🎤- Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi haqida eshitgandek. Bugun esa ushbu maktabda o‘quvchilari bilan birga bo‘lib turibmiz, - deydi Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi 132-maktabning ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Sherxon Samiyev. – Rostini aytsam, maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlarni ko‘rib, guvohi bo‘lib hayratlandim. Qaysidir ma’noda, ularga havas qildim. Boy taassurotlar bilan Samarqandga qaytadigan bo‘ldik.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
🔥2👍1
#Óquvchilarimiz_fayzli_kun_dasturida

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Muqaddas Abdujabborova va maktabning 10-sinf o‘quvchilari – Shodiya Yusupova, Afsona Oromova hamda Sevinch Abdiyevalar “Qashqadaryo TV”ning “Fayzli kun” musiqiy dam olish dasturida qatnashishdi.
🌀 Dastur davomida o‘quvchilar o‘z ijodlaridan namunalar o‘qishdi, erishgan yutuqlari, maqsad va kelajakdagi rejalari haqida o‘rtoqlashishdi.
🌀Shuningdek, suhbat davomida ular Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov ijod maktabi faoliyati, dars jarayonlari, to‘garaklar mashg‘ulotlari, o‘quvchilar qo‘lga kiritgan yutuqlar haqida so‘zlab berishdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
👏4👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Тафсилот" - Абдулла Орипов номли ижод мактабидан тайёрланган.

Каналга уланинг
👉
https://t.iss.one/qashqadaryo_trk
👍5
#Vatanga_sadoqat_oliy_maqsadim

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 521-safarbarlik chaqiruv rezervi batalyoni hamda Janubi-g‘arbiy harbiy okrugi Qarshi garnizonining Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestr jamoasi tomonidan “Vatanga sadoqat – oliy maqsadim” shiori ostida davra suhbati hamda konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
🟢 Tadbir davomida kapitan Bektemir Sirliyev maktabning o‘quvchilarga harbiy xizmat, vatanparvarlik, Vatan mudofaasi har bir o‘g‘lonning burchi mavzularida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
🟢 Tadbirning ikkinchi qismida harbiy orkestr jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar o‘quvchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.
🟢 O‘z navbatida, ijod maktabi o‘quvchilari Vatan mavzusi madh etilgan she’rlardan iborat badiiy kompozitsiyani namoyish etishdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
👍6
#Tanlov_natijalari

💥Prezident ta’lim muassasalari agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari o‘rtasida òtkazilgan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” hamda “Mening Prezidentim -  mening faxrim” mavzularida ijodiy ishlar tanlovining she'riyat yo‘nalishida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sa'dullaev Bobomurod 2-òrinni qòlga kiritdi.

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
👍11
#Qisqa_hikoyalar

Ernest Xeminguey har qanday insonni ta’sirlantiradigan, o‘zi atigi olti so‘zdan iborat hikoya yoza olishdan bahs boylashgan. Unga g‘alaba olib kelgan hikoya:
«Bolalar poyafzali sotiladi. Kiyilmagan...» («For sale: baby shoes, never used»).

* * *
An’anaviy hikoyachilikning tugun, kulminatsiya va yechim kabi tarkiblaridan iborat bo‘lgan eng qisqa hikoyalar tanlovida O'Genri g‘olib bo‘lgan:
«Chekib olgan haydovchi qancha yoqilg‘i qolganini ko‘rish uchun benzobak tomon egildi. Marhumning yoshi yigirma uchda edi.»

* * *
Frederik Braun eng qisqa qo‘rqinchli hikoyani yozgan:
«Yerdagi oxirgi odam xonada o‘tirardi. Birdan eshik taqillab qoldi...»

***
Afrikalik bolakay tomonidan yozilgan ushbu hikoya «2005 yilning eng yaxshi hikoyasi» tanlovida g‘olib bo‘lgan ekan:
«Tug‘ilganimda, men qora edim;
Qora bo‘lib ulg‘aydim;
Men quyoshda uzoq tursam, yana qorayaman;
Hattoki o‘lganimda ham qoraligimcha qolaman.
Siz, oqlar esa:
Tug‘ilganingizda — qizg‘ish bo‘lasiz;
Ulg‘ayganingizda — oqarasiz;
Oftobda toblanganingizda — qizarasiz;
Sovqotganingizda — ko‘karasiz;
Qo‘rqqaningizda — sarg‘ayasiz;
O‘zingizni yomon his qilganingizda — yashil tusga kirasiz;
O‘lganingizda esa bo‘zarasiz.
Va siz meni rangli (qora tanli) deysiz».

***
Endryu E. Xant. Shukrona (hikoya)
Yaqindagina xayriya fondi tomonidan berilgan jun adyol uning yelkalarini yaxshilab yopar, bugun axlat chelagidan topgan poyafzali oyoqlarini umuman qismasdi.
Sovuq tunning izg‘irinidan so‘ng ko‘cha chiroqlarining tafti uning qalbiga ajib iliqlik olib kirardi...
Parkdagi burushiq o‘rindiqlar uning toliqqan beliga judayam tanish tuyalardi.
"Xudoyim, senga shukrlar bo‘lsin, — o‘yladi u, — hayot qanday go‘zal-a!"

***
Alan Y. Mayer. Omadsizlik (hikoya)
Tanamdagi shiddatli og‘riqdan uyg‘onib ketdim. Ko‘zimni ochishim bilan karavotim oldida turgan hamshirani ko‘rdim.
— Mister Fudjima, — dedi u, — omadingiz bor ekan, siz ikki kun avval Xirasimadagi bombardimondan omon qoldingiz. Hozir siz gospitaldasiz, ortiq xavf ostida emassiz.
Madorsizlikdan bazo‘r so‘radim:
— Qaerdaman?
— Nagasakida, — javob berdi u.

***
Jeyn Orvis. Oyna (hikoya)
Ritani shafqatsizlarcha o‘ldirib ketishgandan buyon Karter oyna yonida o‘tiradi.
Televizor ham, kitob o‘qish-u xat yozish ham yo‘q. Uning hayoti — parda ortida ko‘ringan neki bo‘lsa — o‘sha.
Unga baribir, ovqatni kim olib keladi, hisobni kim to‘laydi... U xonani tark etmaydi.
Uning hayoti — yugurayotgan jismoniy tarbiyachilar, yil fasllari almashuvi, g‘izillab o‘tayotgan avtomobillar, Ritaning ko‘lankasi.
Namat bilan o‘ralgan ushbu palatada oynalar yo‘qligini Karter tushunmasdi.

***
Robert Tompkins. Haqiqatni qidirib (hikoya)
Nihoyat, bu xilvat, ovloq qishloqda uning qidiruvlari yakunlandi. Chirib, to‘kilay deb qolgan xarob kulbada miltillab turgan olov yonida Haqiqat o‘tirardi.
U umrida hech qachon bundayin qari va badbashara ayolni ko‘rmagan edi.
— Siz — Haqiqatmisiz?
Qartaygan, burushiq alvasti tantanavor bosh silkidi.
— Ayting-chi, men insoniyatga siz haqingizda bildirishim kerakmi? Ularga qanday xabarni yetkazay?
Kampir olovga tupurdi-da, javob berdi:
— Ularga meni yosh va sohibjamol deb ayt!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
#Zakovat
#Besh_tashabbus

🔰O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-96-son qarorining 4-bandi hamda Prezident ta'lim muassasalari agentligining 2022-yil 30-martdagi 03-02/4-413-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida haftaning har seshanba kuni “Zakovat” intellektual o'yinlari o‘tkazilib kelinmoqda.
“Zakovat” o‘yinlarining bu galgi turida ijod maktabining deyarli barcha òquvchilari ishtirok etdilar.
🥇Qiziqarli savollar asosida tashkil etilgan ushbu o'yinda 7-A sinfining “Teorema” jamoasi 14 ballni to‘plagan holda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 8-B sinfining “Ideal” jamoasi 13 ball bilan 2-o‘rinni egalladi. 8 A-sinfining “Evrika” jamoasi 11 ball to’plagan holda 3-o‘rinni band etdi.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
👍5