Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.7K subscribers
11.7K photos
1.21K videos
96 files
3.59K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Taassurot

🎤- Biz Yakkabog‘ tumanidagi 60-maktabdan keldik. Ko‘plab o‘quvchilarimizning istak-xohishlariga ko‘ra, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi bilan yaqindan tanishishni maqsad qilgandik, - deydi Yakkabog‘ tumanidagi 60-maktabning ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Nasiba Ibragimova. - Rostini aytsam, maktabga kelgach, maktab haqidagi tasavvurlarim butunlay o‘zgardi. O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ular uchun dars mashg‘ulotlaridan so‘ng yo‘lga qo‘yilgan turli to‘garaklar faoliyati menda katta taassurot qoldirdi. O‘quvchilarim ham shu fikrda. Yaqin kunlarda boshqa o‘quvchilar bilan yana kelish istagidamiz. Ular ham ijod maktabida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqchi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Taassurot

🎤- G‘uzor tumanidagi ko‘plab maktablar o‘quvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurishni, bu yerdagi dars jarayonlari, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida yaqindan tanishish istagini bildirishdi, - deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi G‘uzor tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi Bobomurod Ashurov. – Albatta, taassurotlarimiz o‘zgacha. Keyingi safar yana bir qator maktab o‘quvchilarini olib kelishni reja qildik.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Taassurot

🎤- Biz Samarqanddan keldik. Taassurotlarimiz olam-olam. Haqiqatan ham, bu ijod maktabida O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning nigohi qarab turgani va nafasi ufurib turganini dil-dildan his qildik, - deydi Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi 18-maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dilrabo To‘rayeva. – Shu bilan birga, yaqin kelajakda yana bir guruh ijodkor o‘quvchilarni maktabga olib kelishni, tajriba almashishni maqsad qildik. Fursatdan foydalanib, maktab rahbariyati va jamoasiga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Taassurot

🎤- Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi haqida eshitgandek. Bugun esa ushbu maktabda o‘quvchilari bilan birga bo‘lib turibmiz, - deydi Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi 132-maktabning ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Sherxon Samiyev. – Rostini aytsam, maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlarni ko‘rib, guvohi bo‘lib hayratlandim. Qaysidir ma’noda, ularga havas qildim. Boy taassurotlar bilan Samarqandga qaytadigan bo‘ldik.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram