Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.27K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
95 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_67_yoshda
🎤Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Ahmadjonov Javohir o'qidi

@abdullaoripov_ijodmaktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_67_yoshda
🎤Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi Tojiddinov Shermuhammad o'qidi

@abdullaoripov_ijodmaktabi
#Muhammad_Yusuf
#Besh_tashabbus

❇️ 26 aprel – shoir Muhammad Yusuf tavallud topgan kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga Qarshi tumanidagi 4-maktabning Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi, ijodkor-shoira, jurnalist M.Qurbonova rahbarligida maktab o‘quvchilari tashrif buyurishdi.
❇️ Tashrif doirasida ijod maktabi va 4-maktabning o‘quvchilari o‘rtasida Muhammad Yusuf she’rlaridan mushoira tashkil etildi.
❇️ O‘z navbatida, maktab direktori U.Oripov yoshlar bilan uchrashib, o‘z fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdi. Maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Y.Jamolova va ijodkor M.Qurbonovalar Muhammad Yusuf hayoti va ijodi borasida yoshlarga ma’lumot berishdi.
❇️ Tashrif doirasida mehmonlar maktabda o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi, maktabga qabul jarayonlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf
#Besh_tashabbus

Ma'lumki, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo‘limi tomonidan haftaning har juma kuni viloyatimizdagi barcha davlat va jamoat tashkilotlari, korxonalar hamda ta'lim muassasalarida "Ma'naviyat soati" o‘tkaziladi.
Navbatdagi "Ma'naviyat soati" O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida bo‘ldi. Mavzu yuzasidan ma'lumotlarni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Dildora Shodmonova taqdim etdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_69_yilligiga

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida dars mashg'ulotlaridan so'ng O'zbekiston xalq shoiri
Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligiga bag'ishlab "Ulug'imsan, Vatanim” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha bo'lib o`tdi.

📚Ushbu adabiy-badiiy kecha ijod maktabining 7-8-sinlari o'quvchilari, Ijodiy va "Musiqa" to'garagining a'zolari tomonidan tashkillashtirildi. Unda ijodkor-o'quvchilar Muhammad Yusuf she'riga nazira va she'riy mashqlarini obrazli o'qishgan bo'lsa, "Musiqa" to'garagi a'zolari shoir she'rlariga bastalangan qo'shiqlarni ijro etishdi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_hikmati
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

Bir qarasam har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Choʻlponlar-u, Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tugʻilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.

✍️
Muhammad Yusuf

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

DIQQAT TANLOV

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi tomonidan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatilarining 7-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov uch yo‘nalishda tashkil etiladi.
- “Vatanni Najmiddin Kubrodek seving” mavzusida shoir she’rlariga nazira bog'lash, 
- videorolik tayyorlash,
- shoir she’rlaridan tahliliy va publitsistik maqolalar, esse yozish.

Hakamlar tomonidan g‘olib deb topilgan eng sara ijodiy ishlar shoir tavalludining 70 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan viloyat tadbiri arafasida taqdirlanadi.

Ijodiy ishlar joriy yilning 15 aprel kuniga qadar 911699820, 934118631 telefon raqamlariga ochilgan telegram manziliga yuborishingiz so‘raladi.

👉@ima_myim
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

Tushimga kiradi Qodiriy bobom

Tushimga kiradi Qodiriy bobom,
Bemador, bemajol, behol, beorom.
Egniga eski bir to’n kiyib olgan,
(Shineldir balki u, kimdandir qolgan).

O’sha to’n egnida poxol ham borday,
Bobomning yuzlari oqargan qorday.
Yo’q, yuzi somonga o’xshaydi uning,
Charaqlab turguvchi ko’zi to’la mung…

Tushimga kiradi Qodiriy bobom:
Tur deydi, muncha ko’p uxlading, bolam.
Boq, bu dam aylanib jo’xorizoring,
O’rog’in qayraydi onaizoring.

U o’rib bo’lguncha rizqu zaringni,
O’ynatib tur chiqib, ukalaringni.
Va mening salomim ayt, der ularga —
Bobosin sog’ingan musichalarga…

Tushimga kiradi Abdullo bobom.
Oh oltin bobom-a, voh tillo bobom.
Qaro yer qa’rida qon yig’lab qolgan
Akmal Ikrom bobom, Fayzullo bobom!

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

O‘ZBEK


O‘zbekka o‘xshatish topmoq muammo,
O‘xshasa o‘ziga o‘xshaydi  o‘zbek.
Qiyosi yo‘q uning mehri bir daryo,
Dunyoda bolam deb yashaydi o‘zbek.
                             Muhammad Yusuf

Kuylagi yirtilsa yamab avaylab,
Yangi kiyim olib kiymas ataylab.
Bozordan eng shohi libosni tanlab,
Ol, kiygil, bolam, deb yashaydi o‘zbek.

Tunlari og‘riqdan qiynalganda ham,
G‘iybatlardan qalbi tirnalganda ham,
Hatto biror dardga chalinganda ham,
Allohga shukur deb yashaydi o‘zbek.

Qo‘lidan tushmaydi aslo ketmoni,
Dalada rizq terib o‘tar har oni,
Mo‘l hosil bersa gar bug‘doyi, doni,
Eng baxtli insondek quvnaydi o‘zbek.

Egnidan qo‘ymaydi eski choponin,
Sanab bo‘lmas qilgan mehnatin sonin,
Har doim sog‘ bo‘lsa shu issiq joni,
Kunni kunga ulab yashaydi o‘zbek.

Quyoshdan ertaroq turar ertalab,
Bolasin bag‘riga bosar erkalab,
Faqat mehrtalab, faqat kuytalab,
Allohga iltijo qiladi o‘zbek.

Orzu qilsa, qilar faqat Makkani,
Tavof qilsam deydi ulug‘ Ka’bani,
Tilidan qo‘ymaydi aslo tavbani,
“Qur’on”lar, “Hadis”lar yodlaydi o‘zbek.

Yov kelsa yurtiga, jon fido qilar,
Vatanni sevmoqni imtihon bilar,
O‘lsa ham birgina shu yurtda o‘lar,
Vatanim, yurtim deb yashaydi o‘zbek.

Dasturxoni to‘kis tursa to‘y qilib,
Farzandi baxtidan ko‘zlari kulib,
Yashasin doimo shodlikka to‘lib,
Har doim bolam deb yashaydi o‘zbek.

O‘xshashin topdingmi satrlar terib,
O‘xshasa o‘ziga o‘xshaydi o‘zbek.
Bir olam o‘zgacha ilhomlar berib,
Ol, yozgin, bolam deb yashaydi o‘zbek.

Esonova Zemfira
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

Ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Cho'liyev E'zozbek tomonidan tayyorlangan videorolik.

O'zbekiston xalq shoiri
Muhammad Yusufning "Do'ppi"she'ri.
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

NAZIRA(
Muhammad Yusufning "Baxtli bo'lamiz"she'riga)

Maylida kimgadir yoqsa yoqmasa,
Ularga qo'shilib yig'lasharmidik.
Biz baxtli bo'lamiz Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa uchrasharmidik.

Baxt tonggi ufurgan o'sha kechada,
Izlab topganimsan mening yagonam.
Loladek qizargan bul yanoqlarga,
Umrim suratlarin chizdim hoyna hoy.

Buloqlar aytishdi mayin kulishing,
Davo bo'lgan emish xasta chinorga.
Ko'rsam suyunaman o'sha chinordek,
Nasib qilarmikan bu ko'zlar menga.

Faqat sen yig'lama,charaqlab kulgin,
Quvonching borliqqa baxt hadya qilsin.
Gar sog'inch vidosi ezsada meni,
Qalbimning bahori sen bilan qolsin.

Sezyapman,olisdan kulyapti shafaq,
Bu taqdir bo'lmasa ko'risharmidik?
Biz baxtli bo'lamiz Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa uchrasharmidik.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Umrzoqova Gulsevar.
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

IYMON QO‘SHIG‘I



"Umrning har kuni bayrammas, to'ymas,
O'char oqshomi bor oldinda chiroq.
Ko'ylagingga qarab jannatga qo'ymas,
Ajrim bo'lar bir kun savob-u gunoh.
Cho'yan doshqozonga shayton o't qalar,
Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar".

         Muhammad Yusuf

Dunyoda yashading, ayshingni surding,
Barcha lazzatlarni totib ham ko‘rding.
Nogoh sur chalindi - hayoting bitdi,
So‘ngra Mahshar tomon ko‘zyosh-la yurding.
Endi na ko‘zyosh-u armon qutqarar,
"Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar".

Misqoldek bir soya izlaysan bugun,
Savobdan soyabon istaysan bugun.
Onang o‘tirardi kutgancha seni,
Bir torgina ayvon istaysan bugun.
Lek na soyabon-u ayvon qutqarar,
"Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar".

Uyingda osilgan yap-yangi Qur'on,
Joynamoz turibdi: sajda ko‘rmagan.
Jilovni topshirding nafsinga butkul,
Yelkangda o‘tirar bahaybat shayton.
Endi na dunyo-yu zamon qutqarar,
"Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar".

Gadoni tepding-u yalinding boyga,
O‘ynamoq ham bo‘lding o‘lim-la poyga.
Bugun na mol-dunyo, tillolaring bor,
Kelib qolding boylik o‘lchanmas joyga.
Endi na iltijo, afg‘on qutqarar,
"Qutqarsa bir kuni iymon qutqarar".

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi Hikmatbek Boyqobilov
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi
#Yosh_tarjimon_tògaragi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchilari, "Yosh tarjimon" to'garagining a'zosi Najimova Nozima va Eshmurodova Sevinch O'zbekiston Xalq shoiri  Muhammad Yusufning "Iqror" she'rini o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qildi

IQROR

O, ota makonim,
Onajon oʻlkam,
Oʻzbekiston, jonim toʻshay soyangga.
Senday mehribon yoʻq,
Seningdek koʻrkam.
Rimni alishmasman bedapoyangga.

Bir goʻsha suv boʻlsa, bir goʻsha qirlar,
Qancha yurtni koʻrdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Togʻlaring ortimdan ergashib yurar.

Koʻrdim suluvlarning eng faranglarin,
Yo xudbinman men yo bir sodda kasman men —
Parijning eng goʻzal restoranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman men.

Na gapga koʻnayin,
Na til bilayin,
Koʻzdan uyqu qochdi, dildan halovat —
Uch kunda sogʻinsam nima qilayin,
Chala qolar boʻldi hamma sayohat.

Bildimki, baridan ulugʻim oʻzing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tugʻilgan qoʻzing,
Arab ohusidan azizroq menga.

Sen bilan oʻtgan har kun bayram — bazm,
Sensiz bir on qolsam vahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman taʼzim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.

CONFESSION

Oh, my father’s birthplace,
My lovely motherland.
Let me lay my soul on your shade,
Uzbekistan, you’re the kindest,
You’re so great.
For Rome – your clover-field -
I cannot trade.

There is water, there is a corner of hills,
How many countries have I seen, how many destinies.
I lean on it wherever I go, keeping my head up,
Your mountains follow me.


I met the most adorable white hands.
It seems I am trusting or self-lover
-Since for me the best Paris restaurants
Before your tandoor are out of favor.

I’m stubborn, I can’t speak a foreign language,
I don’t sleep and comfort leaves my mind
-What to do in three days if I miss you?
Will remain unfinished all ride.

I perceive that you are my most sublime,
I accept this soil the closest stop.
A lamb that’s born in Bakhmal in springtime
To me is better than the Arabian antelope.

Each day I spend with you is a big fete,
Without you I’m scared, I’m full of worry.
I welcome those who know you and respect.
For those who don’t know you I feel sorry.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

🔰Quyida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi Dilshod Mamatov tomonidan O'zbekiston xalq shoiri
Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlab tayyorlangan videorolik bilan tanishishingiz mumkin.

📚D.Mamatov videorolikda shoir
Muhammad Yusufning "Iftixor"she'rini ifodali tarzda oʻqigan.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram