Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.15K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Sarhisob_2021
#Yangi_yil_ertagi
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

❄️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida 2021- yil 26-dekabr kuni "Sarhisob-2021" loyihasi doirasidagi taqdirlash marosimi hamda "Yangi yil ertagi" deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🎇 Teatrlashtirilgan mazkur bayram tadbirida "O‘zga sayyoraliklar tashrifi", ertak qahramonlarining chiqishi, sinflar kesimida turli millatlar talqini, qiziqarli shartlar namoyish etildi.

☃️ Ayniqsa Qorbobo va Qorqizning chiqishi, o‘quvchilarga sovg‘alar ulashishi bayram shukuhini ko‘tarib, davradagilarga xushkayfiyat ulashdi.

🏆 Bayram yakunida "Sarhisob-2021" loyihasi doirasida yil davomida yutuqlarga erishgan, intellektual, salohiyatli, tashabbuskor ustozlar va o‘quvchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar.


🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram| web sayt| facebook| youtube
#Sarhisob
#Yangi_yil_bayrami

IJOD MAKTABIDA YANGI YIL TANTANALARI

❄️Ta’kidlash joiz, bolalikdan yangi yil bayrami mo‘jizalar, yangi quvonchlar, yangi orzular olib keluvchi bayram sifatida xotiramizda qolgan. Shu sababdanmi, bu ayyomni o‘zgacha tarzda orziqib kutamiz. Nega deganda, hali yangi yil bayrami kirib kelmasidan uning shukuhi uyimizda, mahallamizda, biz o‘qiydigan, ishlaydigan ta’lim maskanlarida kezib yuradi. Shu ma’noda, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham Yangi yil bayrami o‘zgacha tarzda nishonlandi.

🎊E’tiborli jihati, maktabning har bir sinf o‘quvchilari o‘zlarining badiiy, musiqiy chiqishlari bilan ishtirok etgani bayram tantanasiga o‘zgacha shukuh baxsh etdi.

🌲Yangi yil bu – qaysidir ma’noda sarhisob. Xo‘sh, bu yil ijod maktabi jamoasida, o‘qituvchiyu o‘quvchilar hayotida qanday o‘rin egalladi? Qaysidir o‘quvchi yirik tanlov va tadbirlarda faol ishtirok etgan bo‘lsa, yana boshqasi o‘z ijodiy qobiliyati bilan e’tirof etildi, kimdir ijodiy faoliyati bilan birga ixtisoslashgan yoki tayanch fanlar yuzasidan o‘tkazilgan musobaqalarda tengsiz deya topildi. Xullas, Yangi yil sarhisobi “Eng, eng, eng...” larsiz o‘tmaydi.

🪄Ushbu tadbirda Prezident ta’lim muassasalari agentligining viloyat hududiy bo‘limi boshlig‘i Ubaydulla Oripov ham ishtirok etdi.

🎤- O‘ylaymanki, 2022-yil Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining iste’dodli, serqirra o‘quvchilari hayotida o‘zgacha yil sifatida tarixga muhrlandi. Negaki, ko‘plab o‘quvchilar fanlar kesimida ko‘plab tanlovlar g‘olibi bo‘lishdi, chet tillarni mukammal o‘rganib xorijiy til sertifikatlari sohibiga aylanishdi. Albatta, kirib kelayotgan 2023-yil ham maktab faoliyatida yorqin iz qoldiradigan yil bo‘lishiga ishonaman, - deydi Ubaydulla Oripov.

Tadbir davomida "Yilning eng faol o'quvchisi", "Yilning mahoratli ijodkor o'quvchisi" , "2022-yilda Axborot -texnologiyalar bilimdoni", "Aniq fanlar bo'yicha yil bilimdoni", "Yilning musiqa bilimdoni", "Yilning eng namunali sinfi", "Yilning eng mahoratli tarjimoni" nominatsiyalari bo‘yicha nomzod o'quvchi-yoshlar orasidan g'oliblar aniqlandi, ular ijod maktabi rahbariyati tomonidan munosib ravishda rag'batlantirildi.

🎤- Yangi yil mo‘jizaviy tarzda o‘tmishni, hozirni va kelajakni, yorqin orzular, yangi maqsadlar va cheksiz baxt-quvonchni hamda ertangi yorug‘ kunga intilishni bir-biriga bog‘laydigan ayyomdir. Ushbu yorqin bayram har doim hayotbaxsh umidlar, yangi tashabbuslar ramzi bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Aytish kerakki, 2022-yil maktabimiz faoliyatida yorqin iz qoldirgan yillardan biriga aylandi, ko‘plab jabhalarda yutuqlarga erishdik, e’tirof etildik. Yangi yilda o‘z istiqbol rejalarimiz, ustuvor yo‘nalishlarni belgilagan holda, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlarida bor kuch va g‘ayratimizni sarf etamiz. Yangi – 2023 yilda oldimizga ulkan maqsad va marralarni qo‘yganmiz, ko‘plab yirik tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish niyatidamiz, - deydi ijod maktabi direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova.

🎄E’tiborli jihati, mazkur bayram tantanasida maktabning o‘qituvchiyu o‘quvchilari bilan bir qatorda ota-onalar hamda ijod maktabining sobiq bitiruvchilari - bugungi kunda yurtimizning nufuzli oliygohlarida tahsil olayotgan yoshlar ham ishtirok etishdi va tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishlay olishdi.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

Yangi yil ostonasida turarkan, har bir inson ortga bir nazar tashlaydi, amalga oshirilgan ishlarga to‘g‘ri baho berib, yutuqlardan ilhomlanadi, yangi maqsadlarni belgilaydi.

2022-yil barchamiz uchun omadli keldi: bu yil Prezident ta'lim muassasalari agentligi va tizimdagi maktablar faoliyatida katta ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirdik.

Avvalo, Agentligimiz safi kengaydi: Prezident farmoni bilan bu yil 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tizimimizda ish boshladi. Bu maktablarga eng iqtidorli yoshlar va fidoyi pedagoglarni imtihonlar asosida saralab oldik.

❗️Prezident maktablari Xalqaro maktablar kengashiga (CIS) a'zosi bo'ldi. Mazkur maktablarimiz Cambridge Assessment International Education tashkiloti akkredetatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi hamda xalqaro A/AS-level va SAT imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olindi.

✔️Agentlik tomonidan zamonaviy darsliklar ishlab chiqildi va tizimdagi maktablarga joriy etildi.

Shuningdek, yil davomida yurtimizdagi IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun "Raqamli avlod" IT oromgohlari tashkil etildi. Unda zaif eshituvchi o’quvchilar ham qamrab olindi.

Bu yil maktablarimizning barcha bitiruvchilari 100 foiz ko'rsatkich bilan OTM lar talabasi bo'lishdi.

Bir so'z bilan aytganda yil omadli keldi. Sinovlardan yorug' yuz bilan o'ta oldik. Bularning barchasi bizga bildirilgan ulkan ishonch natijasidir.

Bir narsani ishonch bilan aytishim mumkin: bundan keyin ham yurtimizning taraqqiyotiga va ta'lim tizimiga rivojiga bor kuch bilan bilimimiz bilan hissa qo'shishda davom etamiz.

Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Bu sharafli vazifani kelayotgan yilda siz aziz ustozlar bilan birgalikda uddalashimizga aminman!

Fursatdan foydalanib, barcha hamyurtlarimizni yangi 2023-yil bilan chin qalbdan tabriklayman!

Yangi yil yangi zafar va muvaffaqiyatlar yili bo'lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#Pedagogik_kengash
#Sarhisob

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 2022-2023-o'quv yilidagi so'nggi pedagogik kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig‘ilishda maktab rahbariyati, o'qituvchilar, to'garak rahbarlari, tarbiyachilar ishtirok etishdi.

☑️ Kun tartibidagi masalalar yuzasidan ijod maktabi direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova, o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Javohir Sharipov so'zga chiqdilar.

✔️Yig‘ilishda 2022-2023-o'quv yilida erishilgan yutuqlar, o'quv yili avvalida belgilangan maqsadli rejalarga erishish darajasi, bu boradagi muammo va kamchiliklar, maktabning pedagogik faoliyati, sinfdan-sinfga o'tish jarayoni tahlil qilindi, shuningdek, dars mashg'ulotlari va choraklik imtihonlarida past natija o'zlashtirgan o'quvchilar bilan ishlash strukturasi o'qituvchilarga taqdim etildi.

O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Javohir Sharipov choraklik yakunlari, ya'ni har bir chorakdagi CHSBlarga to'xtaldi. Monitor ekranida aks etgan har bir choraklikdagi natijalar, ballar, pasayish va o'sishlar qiyosiy tahlil qilindi.

🔶 Maktab direktori v.b. Yoqutoy Djamalova tomonidan har bir pedagog xodim va o'qituvchilarga yangi o'quv yili uchun o'z istiqbol rejasini tuzishi va uni taqdimot qilishi yuzasidan topshiriq berildi. Bunda "Hayot davomida o'qish" tamoyiliga rioya qilish zarurligi va bu zamon talabi ekani, har bir pedagog muntazam ravishda o'z ustida ishlashi, izlanishi lozimligi ta'kidlab o'tildi. Shuningdek, o'quvchilarni yozgi dam oldirish va sog'lomlashtirish bo'yicha "Oromgoh-2023" lohiyasi doirasida bajarilishi kerak bo'lgan ishlar belgilab berildi.

🔷O'z navbatida, o'qituchilarning takliflari tinglandi. Yo'l qo'yilgan kamchiliklar va muammolar yuzasidan tegishli tavsiya hamda ma'lumotlar berildi.

✳️ E'tiborlisi, ijod maktabida har chorak yakunida eng yaxshi ko'rsatkichlarga erishgan, faol o'qituvchilar maktab rahbariyati tomonidan e'tirof etilishi an'anaga aylangan. Shu ma'noda, bugungi yig'ilish so'nggida yosh avlodni bilimli, ma'naviy yetuk qilib ta'lim-tarbiya berishdagi samarali mehnati va o'quvchilarning o'z iqtidorini ro'yobga chiqarishga qo'shgan hissasi uchun Shavkat Boboyev hamda Otabek Ahmedovlar maktab rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alari va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Majlis tanqidiy-tahliliy, ochiq muloqot tarzida o'tdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Sarhisob
#Yangi_yil_bayrami

🎄IJOD MAKTABIDA YANGI YIL BAYRAMI NISHONLANDI!

🔰 Bu yil Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Yangi yil bayrami o‘zgacha shukuh va o'zgacha tarzda nishonlandi.

Faollar zalida "Aktyorlik" to'garagining iqtidorli o'quvchilari tomonidan tayyorlangan "Yangi yil sarguzashti" nomli spektakl va unga uzviy bog'liq ravishda yangil yil bayrami, ya'ni shou-tomoshasi bo'lib o'tdi.

Unda maktabning barcha o'qituvchi-yu o'quvchilari, ota-onalar, o'quvchilarning bobosi va buvilari, mehmonlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.


✔️ Ushbu bayram tantanasida maktabning har bir sinfi o'z dasturi bilan ishtirok etib, badiiy, ko'rgazmali va musiqiy chiqishlari bilan barchani lol qoldirdi. Ayniqsa, "Qor malikasi", "Sepkil shoh", "Zumrad", "Qorbobo va qorqiz" singari ko'plab ertak, film va asar qahramonlarining namoyishlari bayramga o'zgacha shukuh baxsh etdi.

❇️ Xususan, joriy o'quv yilida 7-sinfga qabul qilingan o'quvchilarning maktab faoliyati va undagi qizg'in jarayonlarga moslashib ketgani, to'garaklarda faol ishtirok etishi va bayram dasturiga ham o'z hissalarini qo'shganliklari quvonarli hol. Ayniqsa, bu borada ularning ko'plab is'tedod qirralarini kashf etdik.

🔽 Ijod maktabi direktori Yoqutoy Djamalova so'zga chiqib, yil so'nggida har bir inson sarhisob qilishi, bu yil qanday kechgani haqida o'ziga savol berishi tabiiy ekani, shu ma'noda, 2023-yil ijod maktabi hayotida ko'plab muvaffaqiyatlarga boy bo'lgani, ushbu yutuqlar zamirida esa jamoaning birligi, hamfikrligi, yakdilligi yotgani, agar jamoada ahillik bo'lsa, yanada ko'proq yutuqlarni qo'lga kiritish mumkinligi haqida so'z yuritdi.

🌲Yangi yil bu – qaysidir ma’noda sarhisob. Xo‘sh, bu yil ijod maktabi jamoasida, o‘qituvchi-yu o‘quvchilar hayotida qanday o‘rin egalladi? Qaysidir o‘quvchi yirik tanlov va tadbirlarda faol ishtirok etgan bo‘lsa, yana boshqasi o‘z ijodiy qobiliyati bilan e’tirof etildi, kimdir ijodiy faoliyati bilan birga ixtisoslashgan yoki tayanch fanlar yuzasidan o‘tkazilgan musobaqalarda tengsiz deya topildi. Xullas, Yangi yil sarhisobi “Eng, eng, eng...” larsiz o‘tmaydi.

🏆 Tadbir davomida jami 6 ta, ya'ni "Yilning eng faol kitobxoni", "Yilning eng faol ratsionalizatori" , "Yilning eng kreativ loyiha muallifi", "O'quvchilari yuqori ko'rsatkichlarga erishgan eng yaxshi o'qituvchi", "Eng yaxshi tadbir ishtirokchisi" kabi nominatsiyalar bo‘yicha g'oliblar aniqlanib, ular ijod maktabi rahbariyati tomonidan munosib ravishda rag'batlantirildi.

🎊 Bundan tashqari, barcha fan o'qituvchilari o'z fanlaridan eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan o'quvchilarni ham taqdirladilar.


🥇 E'tiborlisi, tadbirda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi mas'ul xodimlari ham ishtirol etib, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabini viloyatda "Yilning eng yaxshi jamoasi" deb e'tirof etib, maxsus statuetka bilan taqdirladi. Uni "Zakovat" intellektual o'yinining viloyatdagi vakili Furqat Eshmanov topshirdi.

🎼 Bir-biridan quvnoq va o'zgacha musiqiy chiqishlar bayram ko'rkiga ko'rk qo'shgan bo'lsa, Qorboboning o'quvchi-tomoshabinlarga sovg'a ulashishi ularning quvonchiga sabab bo'ldi.

🎺 Bayram tantanasidagi har bir jarayon eng sara musiqa va qo'shiqlar bilan bog'lanishi barchaga iliq taassurot hamda ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Sarhisob

HILOLA UMAROVA: “O'TGAN YIL DAVOMIDA ERISHGAN BARCHA YUTUQLARIMIZDA SOHA FIDOYILARINING O'RNI BEQIYOS”

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida vazirlikning joriy yil faoliyati sarhisobi hamda kelgusi yildagi istiqboldagi rejalarni amalga oshirishga doir kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

❗️Vazir Hilola Umarova rahbarligida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik hamda tizim tashkilotlari tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi va kelgusi faoliyat rejalari belgilab olindi.

Vazir vazirlik muassisligidagi nashrlarga noutbuk va fotoapparat jamlanmalarini topshirdi


🖥 Tadbir doirasida vazirlik muassisligidagi bosma nashrlar — “Ma’rifat” – “Учитель Узбекистана”, “Tong yulduzi”, “Класс!” gazetalari, “Xalq ta’limi”, "Til va adabiyot ta'limi" – " Преподавание языка и литературы " – "Language and literature teaching”, “Boshlang‘ich ta’lim”, “Gulxan”, “G‘uncha” jurnallari tahririyatlariga noutbuk va fotoapparat jamlanmalari taqdim etildi.

👏 Shuningdek, joriy yilda faol va samarali mehnat qilgan vazirlik hamda tizim xodimlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yil_yakunlari
#Sarhisob

🔰2023-yil Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi faoliyatida muvaffaqiyatlarga boy bo'ldi.


🏆 O'z navbatida, maktab rahbariyati tomonidan yil davomida faol ishtirok etganlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Ular bilan tanishing:

"Yilning eng faol kitobxon o'quvchisi" - Narzullayeva Gulhayo;
"Yilning eng faol ratsionalizator o'quvchisi" - Toshpo'latov Shohjahon;
"O'quvchilari yuqori ko'rsatkichlarga erishgan yilning eng yaxshi o'qituvchisi" - Shavkat Boboyev;
"Yilning eng yaxshi kreativ loyiha muallifi" - Ismatullayev Eldurbek;
"Yilning eng faol tadbir ishtirokchisi" - Yormatova Munavvar;
"Yilning eng yaxshi to'garak rahbari" - Aktam Boyto'rayev.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Sarhisob
#Yangi_yil_bayrami

🎄IJOD MAKTABIDA YANGI YIL BAYRAMI NISHONLANDI!

🔰 Bu yil Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Yangi yil bayrami o‘zgacha shukuh va o'zgacha tarzda nishonlandi.

Faollar zalida "Aktyorlik" , "Musiqa", "Ijodiy", Yosh tarjimon" va IT- axborot-informatsion texnologiyalari to'garalakriining iqtidorli o'quvchilari tomonidan tayyorlangan "Yangi yil sarguzashtlari" nomli spektakl va unga uzviy bog'liq ravishda yangil yil bayrami, ya'ni shou-tomoshasi bo'lib o'tdi.

Unda maktabning barcha o'qituvchi-yu o'quvchilari, ota-onalar, o'quvchilarning bobosi va buvilari, mehmonlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.


✔️ Ushbu bayram tantanasida maktabning har bir sinfi o'z dasturi bilan ishtirok etib, badiiy, ko'rgazmali va musiqiy chiqishlari bilan barchani lol qoldirdi. Ayniqsa, "Qor malikasi", "Uyda yolg'iz yoki yangi sarguzashti", "Qorbobo va qorqiz", "Shum bola" singari ko'plab ertak, film va asar qahramonlarining namoyishlari bayramga o'zgacha shukuh baxsh etdi.

❇️ Xususan, joriy o'quv yilida 7-sinfga qabul qilingan o'quvchilarning maktab faoliyati va undagi qizg'in jarayonlarga moslashib ketgani, to'garaklarda faol ishtirok etishi va bayram dasturiga ham o'z hissalarini qo'shganliklari quvonarli hol. Ayniqsa, bu borada ularning ko'plab is'tedod qirralarini kashf etdik.

🔽 Ijod maktabi direktori Yoqutoy Djamalova so'zga chiqib, yil so'nggida har bir inson sarhisob qilishi, bu yil qanday kechgani haqida o'ziga savol berishi tabiiy ekani, shu ma'noda, 2024-yil ijod maktabi hayotida ko'plab muvaffaqiyatlarga boy bo'lgani, ushbu yutuqlar zamirida esa jamoaning birligi, hamfikrligi, yakdilligi yotgani, agar jamoada ahillik bo'lsa, yanada ko'proq yutuqlarni qo'lga kiritish mumkinligi haqida so'z yuritdi.

🌲Yangi yil bu – qaysidir ma’noda sarhisob. Xo‘sh, bu yil ijod maktabi jamoasida, o‘qituvchi-yu o‘quvchilar hayotida qanday o‘rin egalladi? Qaysidir o‘quvchi olimpiada va tanlov g'olibi, qaysi biri tadbirlarda faol ishtirok etgan bo‘lsa, yana boshqasi o‘z ijodiy qobiliyati bilan e’tirof etildi, kimdir ijodiy faoliyati bilan tengsiz deya topildi. Xullas, Yangi yil sarhisobi “Eng, eng, eng...” larsiz o‘tmaydi.

🏆 Tadbir davomida jami 12 ta, ya'ni "Eng yaxshi badiiy chiqish", "Eng yaxshi tabriknoma", "Eng chiroyli bezatilgan sinf" , "Eng yaxshi badiiy sahna" kabi nominatsiyalar bo‘yicha g'oliblar aniqlanib, ular ijod maktabi rahbariyati va jamoasi tomonidan rag'batlantirildi.

🎊 Bundan tashqari, barcha fan o'qituvchilari o'z fanlaridan eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan o'quvchilarni ham taqdirladilar.


🎼 Bir-biridan quvnoq va o'zgacha musiqiy chiqishlar bayram ko'rkiga ko'rk qo'shgan bo'lsa, Qorboboning o'quvchi-tomoshabinlarga sovg'a ulashishi ularning quvonchiga sabab bo'ldi.

🎺 Bayram tantanasidagi har bir jarayon eng sara musiqa va qo'shiqlar bilan bog'lanishi, ayniqsa, bayram shousida ustozlarning musiqiy chiqishlari barchaga iliq taassurot hamda ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi. Tadbir so'ngida 2024-yilda erishilgan yutuqlar bo'yicha sarhisob videoroligi namoyish etildi.