Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.62K subscribers
11.7K photos
1.21K videos
96 files
3.59K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Tavallud

📅 Bugun – 26 aprel kuni O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.
Muhammad Yusufning dastlabki she’rlari «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida bosilgan (1976). Shundan boshlab respublika matbuotida uning she’r, ocherk va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlangan. Ilk she’rlar kitobi — «Tanish teraklar» (1985). «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz», «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1991), «Bevafo ko‘p ekan», «Yolg‘onchi yor» (1993), «Erka kiyik» (1995) va «Osmonimga olib ketaman» (1998), “Ulug‘imsan, Vatanim” (2004), “Saylanma” (2007), “Xalq bo‘l elim” (2009) she’riy kitoblari nashr etilgan. 1989 yilda «Uyqudagi qiz» nomli she’riy to‘plami uchun u respublika Yoshlar tashkilotining mukofotiga sazovor bo‘lgan.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
#Tavallud

📆 Bugun, ya'ni 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov
tavallud topgan sana.
#Tavallud

📅 Bugun – 26-aprel kuni O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf
tavallud topgan kun.

Bir kecha

Bir kecha bexosdan uygʻonib ketsam,
Yigʻlab oʻtiribdi yuragim yum-yum.
Choʻchib turdim: senga nima boʻldi, erkam,
Nimaga yigʻlaysan,
Men nima qildim?

Unday desam boʻlmas,
Bunday desam koʻnmas,
Chekdim. Chiqib sekin hovlini kezdim.
Hamma yulduz soʻndi. Bir yulduz soʻnmas —
Koʻzimga moʻltirab turar ilk sevgim.

Yulduzdan ham olis o, sen buyuk gʻam,
Bugun oʻzing yoʻqsan faqat yonimda.
Hijron kuyin chalib qon oʻrnida ham
Armon aylanadi joni tanimda.
Uylayman, oʻylayman, oʻylarim uzun,
Qoʻlim qisqa, sevgim, boʻylarim uzun,
Endi sen mening uchun eng uzun ertak,
Endi meni yomon qiynar bu yurak!..
Chekaman. Tutunga toʻladi xona,
Ilk sevgim moʻralar toʻrt burchagidan.
Men dalli, yuragim mendan devona —
Yotmayman, deb yigʻlar par toʻshagingda.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
#Tavallud_kuni

Mashhur oʻzbek ma’rifatparvari, shoiri va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkentda hunarmand oilasida tugʻilgan.

📌 Jadidchilik harakati rahbarlaridan biri boʻlgan Avloniy 1904-yilda Toshkentning Mirobod mahallasida jadid maktabini, 1909-yilda «Jamiyati xayriya» uyushmasini tashkil etadi.

🔹1905-1917-yillarda matbuotdagi qizgʻin faoliyati, koʻplab publitsistik maqolalari bilan tanildi. U Turkistonda birinchilardan boʻlib maktabga geografiya, kimyo, xandasa, fizika fanlari kiritilishiga ta’sir koʻrsatdi, ta’lim tizimining dunyoviy yoʻnalishini kuchaytirshiga alohida e’tibor berdi.

🔶 Uning «Birinchi muallim» («Muallimi avval», 1909), «Ikkinchi muallim» («Muallimi soniy», 1912) nomli darsliklari, «Turkiy guliston yoxud axloq» (1913), «Gulistoni maktab» (1917), «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» (1909-1916, 6 qism) kabi qoʻllanmalari maktablarda oʻqitilgan.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Tavallud

ABDULLA QAHHOR 116 YOSHDA

📅 Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentyabrda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1967). O‘rta Osiyo davlat unversitetining pedagogika fakultetini tamomlagan.


📚 Yozuvchi «Boshsiz odam» hikoyasini e’lon qilgach, umrining oxirigacha nasrda samarali ijod qilgan. Dastlabki hikoyalar to‘plami — «Olam yasharadi». Shundan so‘ng uning «Hikoyalar» to‘plamlari ketma-ket nashr etilgan. Bu davrda u «Sarob» romanini ham yozgan.

✍️ «Qo‘shchinor chiroqlari» (1951) romani, «Sinchalak» (1958), «O‘tmishdan ertaklar» (1965), «Muhabbat» (1968) qissalari o‘zbek nasrini boyitgan. A. S. Pushkin, L. Tolstoy, N. V. Gogol, Chexov asarlarini tarjima qilgan.

Abdulla Qahhor 1968-yil 25-mayda Moskva shahrida vafot etgan.

Hamza nomidagi Davlat mukofoti (1966) laureati. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tavallud

ABDULLA QAHHOR 116 YOSHDA

🎥Ushbu videorolikda Abdulla Qahhor uy-muzeyiga sayohat qilishingiz mumkin. Sayohatda yozuvchining hayoti va ijodiga oid qimmatli ma'lumotlarga ega bo'lasiz!

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram