Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.32K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Amaliy_mashgʻulot
#Qaror_ijrosi_amalda

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi va viloyat teleradiokompaniyasi bilan tuzilgan hamkorlik dasturi bo'yicha ijod maktabining 10-11-sinf o'quvchilari haftada 6 soat ham hazariy, ham amaliy mashg'ulotlarda qatnashmoqda.

🎙Teleradiokanalda rejissyor yordamchisi, ovoz yozish rejissyori assissenti, muharrir yordamchisi va reportyor kasblariga oʻrgatish boʻyicha amaliy darslar telejurnalist Ozoda Yaxshiboyeva tomonidan olib borilmoqda.

🎥 Bu galgi dars mavzusi - radiomateriallarning montaj jarayoni bilan tanishish. Shu maqsadda oʻquvchilar “Oltin voha” radiosida informatsion dastur hamda “Reportaj” deb nomlangan eshittirishning montaj jarayoni bilan tanishishdi. Koʻplab maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Shundan soʻng oʻquvchilar bilan radioda suhbat ham yozib olindi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Qaror_ijrosi_amalda

🔰 Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa sanʼat instituti, Qarshi davlat universiteti va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablari o‘rtasida qo‘shma qarorlar imzolandi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu qoʻshma qarorga asosan, ijod maktabida Qarshi davlat universitetining "Yangi oʻzbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi", "Oʻzbek tilshunosligi" hamda "Ingliz tili va adabiyoti"  kafedralari hamda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼat institutining Maqom xonandaligi, Maqom cholg'u ijrochiligi va Doston ijrochiligi kafedralari filiallari tashkil etildi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram