Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.25K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.62K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Zukko_kitobxon

📣 Diqqat, tanlov!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining kitobxon, kitobsevar o‘quvchilari uchun "Zukko kitobxon" tanloviga start berildi.

📚 Aziz o‘quvchilar! "Zukko kitobxon" tanlovi har haftada bir marotaba o‘tkazib boriladi.

👩‍🏫👨‍🏫 Mazkur tanlovda ishtirok etib, o‘z bilim xazinasini, ma'naviy olamini boyitishni, yurtimizdagi faol kitobxonlar singari respublika tanlovlarida faol ishtirok etib, qimmatbaho sovrinlarni qo‘lga kiritish istagida bo‘lgan barcha kitobxon o‘quvchilarimizni chorlab qolamiz.

❗️"Zukko kitobxon" tanlovining ishtirokchisiga aylanish uchun ijod maktabining Ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchisi Dilrabo Uralova tomonidan berib boriladigan badiiy asarlarni o‘qib, o‘rganib borishingiz hamda mazkur asarlar bo‘yicha haftada bir marta test savollari asosida o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etishingiz kerak bo‘ladi.

📔 Tanlovning birinchi bosqichida jahon adabiyotining durdona asarlaridan biri bo‘lgan Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" asari taqdim etiladi.

🎇 "Asrga tatigulik kun" asari hamda buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi bo‘yicha o‘tkaziladigan test savollari 2022-yilning 10-fevral kuni "Ijodkor yoshlar" telegram guruhida taqdim etiladi.

🏆 Test savollarida yuqori natijani qo‘lga kiritgan uch nafar o‘quvchi 1-2-3-darajali diplomlarni qo‘lga kiritadi.
Eng quvonarlisi shundaki, o‘quv yili yakunida tanlov natijalariga ko‘ra, eng ko‘p diplomlarni qo‘lga kiritgan uch nafar o‘quvchi maktab direktori tomonidan qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadilar.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting.
@abdullaoripov_ijodmaktabi
#Zukko_kitobxon
#Besh_tashabbus_mening_sevimli_mashğulotim

🔰⚡️⚡️⚡️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining kutubxona xodimi Habiba Qayumova tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab “Besh tashabbus - mening sevimli mashg‘ulotim” shiori ostida Zukko kitobxon tanlovi o‘tkaziladi.
📖 Tanlov shartiga ko‘ra, ishtirokchilar quyidagi asarlarni mutolaa qilishlari va shu asarlar yuzasidan beriladigan savollarga javob berishlari zarur:
7-9-sinflar uchun.
1. "Go‘ro‘g‘lining o‘limi" (doston).
2. "Oygul bilan Baxtiyor" (Hamid Olimjon).
3. "Alvido bolalik" (Tohir Malik).
4. "Birinchi muallim" (Chingiz Aytmatov).
5. "O‘n beshli yoshli kapitan" (Jyul Vern).
6. "Men, buvim, Iliko va Illarion" (Nodar Dumbadze).
10-11-sinflar uchun.
1. "Rustamxon" (doston).
2. "Yillar armoni" (Abdulla Oripov).
3. "Turkiy Guliston yohud axloq" (Abdulla Avloniy).
4. "Alisher Navoiy" (Isajon Sulton).
5. "Amfibiya odam" (Aleksandr Belyayev).
📓Tanlov joriy yilning 1-avgustidan 28-avgustigacha o‘tkazilada.
🥇G‘oliblar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
📚Natijalar Мustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinadi.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Zukko_kitobxon_viktorinasi

Viktorinaning 1-turida savollarga birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan ishtirokchilarni e'lon qilamiz:


1) Sadriddin Ayniyning “So’dxo’rni o’limi” asarida “Ayiqni yo’qlasang tayoqni qo’linga ol!” degan jumla qaysi qahramonga tegishli?

( To'g'ri javob: Arbob Ro'zi - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Madina Omonova).

2)
“Men sizni sevaman. Siz mening hayotim, iqbolim, borlig’imsiz”.
A.Chexovning qaysi hikoyasi ushbu misralar bilan boshlanadi?

( To'g'ri javob: "Chorbog'da" - ushbu savolga hech bir ishtirokchi to'g'ri javob bera olmadi).

3)
“Uning o’z bisotida bir shapaloqqina sholipoyasi bor, u ham marhum qaynotasidan tekkan”. Cho’lponning “Kecha va kunduz” romanidan olingan mazkur jumla qaysi qahramon haqida?

( To'g'ri javob: Xolmat - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "A"-sinf o'quvchisi Dilshod Mamatov).

4)
Xans Kristian Andersenning “Qor malikasi” ertagida Kay qaysi soʻzni muz parchalaridan yozsa, unga butun olam baxsh etishi kerak edi?

( To'g'ri javob: mangulik - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Sevinch Nuriddinova).

⚡️Viktorina shartiga ko'ra, savollarga birinchi bo'lib berilgan har bir to'g'ri javob uchun 1 ball beriladi.

📌 Viktorina davom etadi.
#Zukko_kitobxon_viktorinasi

Viktorinaning 2-turida savollarga hammadan birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan ishtirokchilarni e'lon qilamiz:


1) "Agar oʻzingiz bolaga aylanmasangiz, uning qalbiga yoʻl topa olmaysiz”. Ushbu soʻzlar qaysi yozuvchining asaridan olingan?

( To'g'ri javob: Gyotening "Yosh Verterning iztiroblari" - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Madina Omonova).

2)
Jek Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyasida suvdan oyogʻini chiqarib olgan sherigiga hatto qayrilib ham qaramay, oʻz yoʻlida davom etgan personaj kim?

( To'g'ri javob: Bell - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Madina Omonova).

3)
Choʻlponning “Kecha va kunduz” romanida Akbarali mingboshi kimning xiylasidan halokat topadi?

( To'g'ri javob: Poshshoxon - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Sabrina Toshbo'riyeva).

4)
Robindranant Tagorning “Nur va soyalar” hikoyasidagi haqiqatparast, isyonkor yigit obrazini ayting?

( To'g'ri javob: Shoshibushon - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "A"-sinf o'quvchisi Farid Shodimurodov).

⚡️Viktorina shartiga ko'ra, savollarga birinchi bo'lib berilgan har bir to'g'ri javob uchun 1 ball beriladi.

📌 Viktorina davom etadi.
#Zukko_kitobxon_viktorinasi

Viktorinaning 3-turida savollarga hammadan birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan ishtirokchilarni e'lon qilamiz:


1) “Ayoz zoʻraydi. Polvonlar ogʻzidan chiqmish bugʻ, quyuqdan-quyuq boʻldi. Olish qizigandan-qizidi. - Polvonlar, oʻynab-oʻynab olishinglar! - dedi davra”. Ushbu soʻz matni qaysi yozuvchining asardan olingan?

( To'g'ri javob: Tog'ay Murodning "Yulduzlar mangu yonadi" - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "A"-sinf o'quvchisi Farid Shodimurodov).

2)
Abdulla Oripovning “Jannatga yoʻl” dostonida yetti marotaba hajga borgan cholning savobi nima sababdan qabul qilinmaydi?

( To'g'ri javob: Ota-onasiga hurmatsizligi uchun - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Gulhayo Narzullayeva).

3)
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”sida Andijonning qaysi mevalari yaxshi boʻlishi aytiladi?

( To'g'ri javob: Uzum, qovun, noshvoti - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Madina Omonova).

4)
Oybekning “Navoiy” romanining ikkinchi bobida Navoiyga Darveshali bir bino tarxini chizib beradi. Bu qaysi bino edi?

( To'g'ri javob: Kutubxona - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Madina Omonova)

⚡️Viktorina shartiga ko'ra, savollarga birinchi bo'lib berilgan har bir to'g'ri javob uchun 1 ball beriladi.

📌 Viktorina davom etadi.
#Zukko_kitobxon_viktorinasi

Viktorinaning 4-turida savollarga hammadan birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan ishtirokchilarni e'lon qilamiz:


1) “Oʻttizga yetmayoq sochim qor yalab,
Koʻz yoshim soyiga toʻkildi gulim”. Bu satrlar Zulfiyaning qaysi she’ridan olingan?

( To'g'ri javob: "Xotira siniqlari" - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Behruz Hayitov).

2)
Daniyel Defoning “Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari” romanidagi qahramon necha yil orolda yashagan?

( To'g'ri javob: 28 yil - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "A"-sinf o'quvchisi Hikmatbek Boyqobilov).

3)
“Erali va Sherali” dostonidagi Erali va Sherali kimning farzandlari boʻlgan?

( To'g'ri javob: Qoraxon poshsho - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "A"-sinf o'quvchisi Farid Shodimurodov).

4)
Mirmuhsinning “Me’mor” romanida: Xalachda boʻron boʻlishidan oldin choʻlda qumlar suvga oʻxshab oqadi. Buni birinchi kim payqaydi?

( To'g'ri javob: Ma'suma beka - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Hulkar To'rayeva)

⚡️Viktorina shartiga ko'ra, savollarga birinchi bo'lib berilgan har bir to'g'ri javob uchun 1 ball beriladi.

📌 Viktorina davom etadi.
#Zukko_kitobxon_viktorinasi

Viktorinaning 5-turida savollarga hammadan birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan ishtirokchilarni e'lon qilamiz:


1) Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramatik dostonida Sulton Boyaziddan qaysi chopar maktub keltiradi?

( To'g'ri javob: sulton Shabli - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Behruz Hayitov).

2)
Hamid Olimjonning “Semurg‘, Bunyod va Parizod” ertagida Bunyod devni o‘ldirgani ketib qaytgunicha necha yil o‘tadi?

( To'g'ri javob: 3 yil - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Madina Omonova).

3)
G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasidagi Shum bola Sariboydan jami qancha haq olgan?

( To'g'ri javob: 22 tiyin choychaqa o'rniga 2 pud olma beradi - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Afro'za Hamidova).

4)
Abdulla Qahhorning qaysi qissasi tugallanmagan?

( To'g'ri javob: "Zilzila" - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Afro'za Hamidova)

⚡️Viktorina shartiga ko'ra, savollarga birinchi bo'lib berilgan har bir to'g'ri javob uchun 1 ball beriladi.

📌 Viktorina davom etadi.
#Zukko_kitobxon_viktorinasi

Viktorinaning 6-turida savollarga hammadan birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan ishtirokchilarni e'lon qilamiz:


1) Tohir Malikning “Alvido bolalik” qissasida qaysi qahramon
akasining jasadini Afgʻonistondan olib keladi?

( To'g'ri javob: Turobjon - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Madina Omonova).

2)
Robert Stivensonning “Xazinalar oroli” romanida qaroqchilar yigʻiladigan qovoqxonaning nomi nima?

( To'g'ri javob: Admiral Benbou - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Sevinch Nuriddinova).

3)
Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Qiz bolaga tosh otmang” romanining bosh qahramoni qaysi kasb bilan shugʻullanadi?

( To'g'ri javob: tadbirkorlik - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Dilnoza Itolmasova).

4)
"Noutilus" suv osti kemasi qaysi mashhur romanda uchraydi?

( To'g'ri javob: Jyul Vernning "Suv ostida 80 ming kilometr" romanida - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Gulhayo Narzullayeva)

⚡️Viktorina shartiga ko'ra, savollarga birinchi bo'lib berilgan har bir to'g'ri javob uchun 1 ball beriladi.

📌 Viktorina davom etadi.
#Zukko_kitobxon_viktorinasi

Viktorinaning 7-turida savollarga hammadan birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan ishtirokchilarni e'lon qilamiz:


1) Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” ertagida Kichkina shahzoda yer sayyorasida gul, ilon, tulki va yana 2 nafar kishiga duch keladi. Ularning nomlarini to'liq toping.

( To'g'ri javob: bekat nazoratchisi va savdogar - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Sevinch Nuriddinova).

2)
Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" asarida dunyodagi birdan-bir harbiy boʻlmagan aviakema qaysi edi?

( To'g'ri javob: "Paretit" - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9 "B"-sinf o'quvchisi Sabrina Toshbo'riyeva).

3)
Nodar Dumbadzening "Men, buvim, Iliko va Illarion" asarida Serapiona nimaning nomi?

( To'g'ri javob: Ilikoning cho'chqasi - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "A"-sinf o'quvchisi Dilshod Mamatov).

4)
Xudoyberdi To'xtaboyevning qaysi asari boylikka mukkasidan ketgan ota-ona haqida hikoya qiladi?

( To'g'ri javob: "Mungli ko'zlar" - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Madina Omonova)

⚡️Viktorina shartiga ko'ra, savollarga birinchi bo'lib berilgan har bir to'g'ri javob uchun 1 ball beriladi.

📌 Viktorina davom etadi.
#Zukko_kitobxon_viktorinasi

Viktorinaning 8-turida savollarga hammadan birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan ishtirokchilarni e'lon qilamiz:


1) Rauf Parfining bir sheʼriga koʻra, nimaning nonushtasi va tushligi yoʻq?

( To'g'ri javob: vaqt - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Sevinch Nuriddinova).

2)
Rosinant oti qaysi mashhur asardagi bosh qahramonning oti?

( To'g'ri javob: Don Kixot - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Afro'za Hamidova).

3)
Jek Londonning “Hayotga muhabbat” asarida Odamda nechchi dona gugurt cho‘pi bor edi?

( To'g'ri javob: 67 dona - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9 "B"-sinf o'quvchisi Sabrina Toshbo'riyeva).

4)
Erkin Vohidovning fikricha, qaysi bobomizning kitobini yostigʻimiz ostiga qoʻyishimiz zarur?

( To'g'ri javob: Mahmud Qoshg'ariy - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Madina Omonova)

⚡️Viktorina shartiga ko'ra, savollarga birinchi bo'lib berilgan har bir to'g'ri javob uchun 1 ball beriladi.

📌 Viktorina davom etadi.
#Zukko_kitobxon_viktorinasi

Viktorinaning 9-turida savollarga hammadan birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan ishtirokchilarni e'lon qilamiz:


1) Turkiyaning Osiyoga kiradigan hududi Rashod Nuri Guntekinning “Yashil kecha” asarida qaysi nom ostida beriladi?

( To'g'ri javob: ona to'li - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Madina Omonova).

2)
Shavkat Rahmonning mashhur jahoniy shoir Pablo Nerudaga bagʻishlangan sheʼri qaysi soha vakili haqida?

( To'g'ri javob: shoirlar - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "A"-sinf o'quvchisi Dilshod Mamatov).

3)
Tomas Mayn Ridning “Boshsiz chavandoz” romanida boshsiz chavandoz oyogʻiga qaysi hayvonning terisidan tikilgan etik kiygandi?

( To'g'ri javob: yaguar - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Madina Omonova).

4)
Nazar Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam” hikoyasida cholning nechta farzandi bor edi?

( To'g'ri javob: 1 nafar - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9 "B"-sinf o'quvchisi Gulruh Panjiyeva hamda 7 "B"-sinf o'quvchisi Dilnoza Itolmasova)

⚡️Viktorina shartiga ko'ra, savollarga birinchi bo'lib berilgan har bir to'g'ri javob uchun 1 ball beriladi.

📌 Viktorina davom etadi.