#Ijodiy_tògarak
QISH SEHRI
Dalalarda ajib sukunat,
Zamin esa dam olar sokin.
Mehribon koʻk ungachi yana,
Yopib qoʻyar oppoq koʻrpasin.
Shivirlaydi yomgʻir ham unga,
Aytib tinmas shirin allasin,
Shoʻx tomchilar erkalanib xoʻp,
Qitiqlaydi zaminning koʻksin.
Ichkarida jajji bolakay,
Derazasin qo‘yar lang ochib.
Zavq oladi bu tomoshadan,
Yuragiga qish sehrin sochib.
Sokinlikning kuyi taralar,
Adirlarga, dalayu dashtga.
Qattiq uyqu bosgan borliqni,
Uygʻotolmas bahordan boshqa.
Sadinova Guljahon
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi, Ijodiy to‘garak a'zosi
QISH SEHRI
Dalalarda ajib sukunat,
Zamin esa dam olar sokin.
Mehribon koʻk ungachi yana,
Yopib qoʻyar oppoq koʻrpasin.
Shivirlaydi yomgʻir ham unga,
Aytib tinmas shirin allasin,
Shoʻx tomchilar erkalanib xoʻp,
Qitiqlaydi zaminning koʻksin.
Ichkarida jajji bolakay,
Derazasin qo‘yar lang ochib.
Zavq oladi bu tomoshadan,
Yuragiga qish sehrin sochib.
Sokinlikning kuyi taralar,
Adirlarga, dalayu dashtga.
Qattiq uyqu bosgan borliqni,
Uygʻotolmas bahordan boshqa.
Sadinova Guljahon
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi, Ijodiy to‘garak a'zosi
#Ijodiy_tògarak
ONAMGA XAT
Onam, munisginam,
Yuribsanmi sog’?!
Yana xatlar yozib seni esladim.
Sen meni deb xayol surgan ayni chog’,
Borliqdan timsoling rosa izladim.
Otam tashvishlarda sog’ yuribdimi,
Shunchalar og’irmi yelkada yuki.
Oppoq qog’ozlarim, ayt, turibdimi,
Sochlaringga qorlar qo‘ngandir balki.
Qo‘shni qiz ketgandir boshqasi bilan,
Meni unutgandir u allaqachon.
G’urur, orim ila ichaman qasam,
Uzoqqa ketmayman endi, Onajon!
Seni ko‘p o‘yladim, mehring sog’indim,
Qalbimda noma’lum tuyg’ular yotar.
Seni o‘ylaganda juda og’rindim,
Bo‘g’zimga sog’inchning xanjari botar.
Ona, onajonim, yuribsanmi sog’.
Javohir Abdurasulov
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi,
Ijodiy to‘garak a'zosi
ONAMGA XAT
Onam, munisginam,
Yuribsanmi sog’?!
Yana xatlar yozib seni esladim.
Sen meni deb xayol surgan ayni chog’,
Borliqdan timsoling rosa izladim.
Otam tashvishlarda sog’ yuribdimi,
Shunchalar og’irmi yelkada yuki.
Oppoq qog’ozlarim, ayt, turibdimi,
Sochlaringga qorlar qo‘ngandir balki.
Qo‘shni qiz ketgandir boshqasi bilan,
Meni unutgandir u allaqachon.
G’urur, orim ila ichaman qasam,
Uzoqqa ketmayman endi, Onajon!
Seni ko‘p o‘yladim, mehring sog’indim,
Qalbimda noma’lum tuyg’ular yotar.
Seni o‘ylaganda juda og’rindim,
Bo‘g’zimga sog’inchning xanjari botar.
Ona, onajonim, yuribsanmi sog’.
Javohir Abdurasulov
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi,
Ijodiy to‘garak a'zosi
#Ijodiy_tògarak
Zulfiyaxonimga qilaman havas
Hayotimga qalam bo‘lib ovunchoq,
Men ham she'riyatga oshno qizaloq.
Bormikin dunyoda sizdek ko‘ngli oq,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Salqin saharlarda bodom gulida",
Tinglayman satringiz gullar avjida.
Yozgan she'rlaringiz xalqim dilida,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Yo‘l yurdim, sog‘indim, to‘kildi baytim",
Yozgan satrlarni o‘qib bo‘sh paytim.
Har bitta she'ringiz baralla aytgum,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Hayot kitobimni bexos varaqlab",
Ekansiz yulduzlar oldi charaqlab.
Har bahor eslaymiz biz sizni yo‘qlab,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Hayotdan shoira, hayhot yumdi ko‘z",
Xayolimdan ketmas siz aytgan bu so‘z.
Osmonda ham so‘ndi chaqnagan yulduz,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Yillar o‘tgan bo‘lsa undan nariga",
Deb chidab keldingiz hijron, bariga.
Sadoqatli bo‘lsin har kim yoriga,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim",
Aytgan satringizni chin dildan tuydim.
Men ham she'riyatni siz kabi suydim,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Bu nazm bog‘iga kirolmas xazon",
Deya aytgan so‘zingiz qalblarda har on.
Sizdan qolgan bog‘lar gullaydi hamon,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Men siz haqingizda tebratsam qalam",
Eng oldi qatorda tashlab siz qadam.
Qalblarda so‘nmagay ijodingiz ham,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"E'zozlar, ardoqlar uchun tashakkur",
Bu go‘zal satrdan dil topdi huzur.
Zulfiyasi bor xalq, bugun-ku mashhur,
Zulfiyaxonimga qilaman havas,
Xudo xohlasa, men bo‘laman izdosh!
Abdulla Oripov nomidagi Ijod maktabi11-sinf o‘quvchisi Yo‘ldosheva E'zoza
Zulfiyaxonimga qilaman havas
Hayotimga qalam bo‘lib ovunchoq,
Men ham she'riyatga oshno qizaloq.
Bormikin dunyoda sizdek ko‘ngli oq,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Salqin saharlarda bodom gulida",
Tinglayman satringiz gullar avjida.
Yozgan she'rlaringiz xalqim dilida,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Yo‘l yurdim, sog‘indim, to‘kildi baytim",
Yozgan satrlarni o‘qib bo‘sh paytim.
Har bitta she'ringiz baralla aytgum,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Hayot kitobimni bexos varaqlab",
Ekansiz yulduzlar oldi charaqlab.
Har bahor eslaymiz biz sizni yo‘qlab,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Hayotdan shoira, hayhot yumdi ko‘z",
Xayolimdan ketmas siz aytgan bu so‘z.
Osmonda ham so‘ndi chaqnagan yulduz,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Yillar o‘tgan bo‘lsa undan nariga",
Deb chidab keldingiz hijron, bariga.
Sadoqatli bo‘lsin har kim yoriga,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim",
Aytgan satringizni chin dildan tuydim.
Men ham she'riyatni siz kabi suydim,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Bu nazm bog‘iga kirolmas xazon",
Deya aytgan so‘zingiz qalblarda har on.
Sizdan qolgan bog‘lar gullaydi hamon,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"Men siz haqingizda tebratsam qalam",
Eng oldi qatorda tashlab siz qadam.
Qalblarda so‘nmagay ijodingiz ham,
Zulfiyaxonimga qilaman havas.
"E'zozlar, ardoqlar uchun tashakkur",
Bu go‘zal satrdan dil topdi huzur.
Zulfiyasi bor xalq, bugun-ku mashhur,
Zulfiyaxonimga qilaman havas,
Xudo xohlasa, men bo‘laman izdosh!
Abdulla Oripov nomidagi Ijod maktabi11-sinf o‘quvchisi Yo‘ldosheva E'zoza
#MITTI_YULDUZ_JILOLARI
#IJODIY_TÒGARAK
HOVLIMIZDA BAHOR
Sernoz daraxt taqadi,
Erinmayin chechaklar.
Quyosh zimdan boqadi,
Jilmaysa boychechaklar.
Tandirin yoqar onam,
Xamirini ko’pchitib.
Ukam varrak uchirar,
Kabutarni cho’chitib.
Onam yopgan nonlarni,
Akam ko’tarib chopar.
Qulog’ining chetiga
Buvim rayhonlar taqar.
Dadam ketar bog’ sari,
Ergashtirib singlimni.
Qaldirg’ochlar chug’urlar,
Xushlagancha ko’nglimni.
Ariq bo’yidagi tol,
Sochlarini taraydi.
So’raganday bo’lib hol,
Gullar kulib qaraydi.
Go’zallikka ko’z to’ymas,
Yetdik shunday imkonga.
Uch oyga ruxsat olib,
Bahor kelgan mehmonga.
Malikabonu Uroqova,
A.Oripov nomidagi ijod maktabi 7-B sinf o’quvchisi
#IJODIY_TÒGARAK
HOVLIMIZDA BAHOR
Sernoz daraxt taqadi,
Erinmayin chechaklar.
Quyosh zimdan boqadi,
Jilmaysa boychechaklar.
Tandirin yoqar onam,
Xamirini ko’pchitib.
Ukam varrak uchirar,
Kabutarni cho’chitib.
Onam yopgan nonlarni,
Akam ko’tarib chopar.
Qulog’ining chetiga
Buvim rayhonlar taqar.
Dadam ketar bog’ sari,
Ergashtirib singlimni.
Qaldirg’ochlar chug’urlar,
Xushlagancha ko’nglimni.
Ariq bo’yidagi tol,
Sochlarini taraydi.
So’raganday bo’lib hol,
Gullar kulib qaraydi.
Go’zallikka ko’z to’ymas,
Yetdik shunday imkonga.
Uch oyga ruxsat olib,
Bahor kelgan mehmonga.
Malikabonu Uroqova,
A.Oripov nomidagi ijod maktabi 7-B sinf o’quvchisi
#MITTI_YULDUZ_JILOLARI
#IJODIY_TÒGARAK
ONAM
Qo'lidan kelsa gar berar jonini
Farzandlar dardiga chidagan onam.
Biz uchun ayamas,har bir onini
Mehrla boshimni silagan onam
Oq tushgan sochlari tirnar bag'rimni,
Ko'ksimga o'qdayin qadalgan g'ashlik
Arzisa berayin so'rang jonimni,
Oila deb vos kechgan,essiz bu yoshlik
Bilaman,ko'nglingiz og'ritdim qancha
O'rnini bosolmas hech qanday ishim.
Oldizda gunohim,shubhasiz,ancha
G'uncham yashnasin deb,so'lgan,ey gulim
Oyog'ingiz tavof qilsam ham kamdir
Mehringiz ummoni keng erur bundan.
Dunyoda jannatiy farishtam bordir,
Ne uchun baxtlarni ayayin undan.
Ona deb dunyoga jar solgim kelar,
Ummoncha mehrini maqtansam deyman.
Nafasiz she'rimda ufurib turar,
Endi nomingizni doim oqlayman.
Begona insonlar aldashar balki,
Ammo qizingizning so'zlari chindir.
Sizga deb nimadir qilolsam koshki,
Ishoning, jonimni berishim rostdir.
Sabrina Umarova
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi
#IJODIY_TÒGARAK
ONAM
Qo'lidan kelsa gar berar jonini
Farzandlar dardiga chidagan onam.
Biz uchun ayamas,har bir onini
Mehrla boshimni silagan onam
Oq tushgan sochlari tirnar bag'rimni,
Ko'ksimga o'qdayin qadalgan g'ashlik
Arzisa berayin so'rang jonimni,
Oila deb vos kechgan,essiz bu yoshlik
Bilaman,ko'nglingiz og'ritdim qancha
O'rnini bosolmas hech qanday ishim.
Oldizda gunohim,shubhasiz,ancha
G'uncham yashnasin deb,so'lgan,ey gulim
Oyog'ingiz tavof qilsam ham kamdir
Mehringiz ummoni keng erur bundan.
Dunyoda jannatiy farishtam bordir,
Ne uchun baxtlarni ayayin undan.
Ona deb dunyoga jar solgim kelar,
Ummoncha mehrini maqtansam deyman.
Nafasiz she'rimda ufurib turar,
Endi nomingizni doim oqlayman.
Begona insonlar aldashar balki,
Ammo qizingizning so'zlari chindir.
Sizga deb nimadir qilolsam koshki,
Ishoning, jonimni berishim rostdir.
Sabrina Umarova
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi
#Ijodiy_tògarak
“Vatanni Najmiddin Kubrodek seving” mavzusidagi tanlovga
***
”Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo‘lib sahrolarga yetalasam,
Bu dunyoda birday g‘arib men ham, sen ham,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..”
Muhammad Yusuf
Ikkimizga birday makon shu Karbalo,
Bag‘rikeng dasht – ishq, ayriliq ungan sahro,
Asli cho‘lga aylanibdi bu keng dunyo,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..
Nayza kabi kipriklaring berar ozor,
Ezgulikka sen ham zorsan va men ham zor,
Bu dunyoning yolg‘onidan bo‘lib bezor,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..
Sayyod o‘qi qilar seni har dam ta'qib,
Dushmanlaring ketar dilga armon taqib,
Kelgin endi o‘shalarning ichin yoqib,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..
HIKMATBEK BOYQOBILOV,
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi
“Vatanni Najmiddin Kubrodek seving” mavzusidagi tanlovga
***
”Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo‘lib sahrolarga yetalasam,
Bu dunyoda birday g‘arib men ham, sen ham,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..”
Muhammad Yusuf
Ikkimizga birday makon shu Karbalo,
Bag‘rikeng dasht – ishq, ayriliq ungan sahro,
Asli cho‘lga aylanibdi bu keng dunyo,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..
Nayza kabi kipriklaring berar ozor,
Ezgulikka sen ham zorsan va men ham zor,
Bu dunyoning yolg‘onidan bo‘lib bezor,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..
Sayyod o‘qi qilar seni har dam ta'qib,
Dushmanlaring ketar dilga armon taqib,
Kelgin endi o‘shalarning ichin yoqib,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..
HIKMATBEK BOYQOBILOV,
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi
#Ijodiy_tògarak
"Vatanni Najmiddin Kubrodek seving” mavzusidagi tanlovga
Baxting bolish boshingda,
Oy uxlaydi qoshingda.
"Osmonlarda yurgan qiz,
O'n sakkizga kirgan qiz".
Muhammad Yusufdan
O'sma qo'ysang qoshingga,
Savdo tushar boshingga.
Muhammad ham sevgan qiz,
“O'n sakkizga kirgan qiz".
Sochlarin mayda o'rib,
O'ziga oro berib.
Buncha ham chiroylisiz,
“O'n sakkizga kirgan qiz".
Bahor og'zi ochilib,
Qo'lda guli sochilib.
Bahordan chiroylisiz,
“O'n sakkizga kirgan qiz".
MALIKABONU O‘ROQOVA
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi
"Vatanni Najmiddin Kubrodek seving” mavzusidagi tanlovga
Baxting bolish boshingda,
Oy uxlaydi qoshingda.
"Osmonlarda yurgan qiz,
O'n sakkizga kirgan qiz".
Muhammad Yusufdan
O'sma qo'ysang qoshingga,
Savdo tushar boshingga.
Muhammad ham sevgan qiz,
“O'n sakkizga kirgan qiz".
Sochlarin mayda o'rib,
O'ziga oro berib.
Buncha ham chiroylisiz,
“O'n sakkizga kirgan qiz".
Bahor og'zi ochilib,
Qo'lda guli sochilib.
Bahordan chiroylisiz,
“O'n sakkizga kirgan qiz".
MALIKABONU O‘ROQOVA
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi
#Tògaraklar_faoliyati
#Ijodiy_tògarak
ABDULLA ORIPOV XOTIRASIGA...
Samo ko‘zgusini yerga tutgan dam,
Nazmiy gulistonda barq urdi ijod.
Qo‘ng‘irtov bo‘yida surgancha xayol,
Uni shoir qilib yaratdi hayot.
So‘zni ko‘ngil bilan terdi qirlardan,
Ko‘zlarin qadagan tog‘lar purviqor.
Daryolar mavjiga mudom jo‘r bo‘ldi.
“Vatanim manim” deb kuyladi ilk bor.
So‘z ila qayradi nazmiy shamshirin,
Qalblarni zabt etdi she’rlarin kuchi.
Zarhal satrlarda dur kabi ma’no,
Yurt madhi yangradi ko‘klarni quchib.
She’riyat osmonin bezagi bo‘lgan,
Ul “Mitti yulduz”da baytlarin bitdi.
Ishq vasfin ta’riflab, ko‘klam chog‘ida
Muhabbat poyiga guldasta tutdi.
Shonli kunlarini yodimga olib,
Xotirlab yozganim shu bir parcha she’r.
Mangu tiriklikning bayoti bo‘lib,
Qutlug‘ bir saharda ko‘z ochdi shoir.
SHOIRAM
(Zulfiyaxonimga)
Saharlab ko‘z ochgan o‘rik shoxida,
Ilk bahor ifori xushbo‘y taralar.
Shamol belanchakka solib o‘ylarim,
Shu onda yurakdan bir she’r yaralar.
Kecha oqshom so‘lim qirg‘oq bo‘yida,
Sizni eslamoqqa ochgandim kitob.
Nazmiy osmonlardan salobat to‘kib,
Mayin boqardingiz go‘yoki mohtob.
Sizni eslasam gar mas’um chehrangiz,
Go‘yo qarog‘imda qalqiydi suzib.
Jismingiz yoritgan mehr libosi,
Dilimda muhabbat marjonin tizib.
Shon-shavkat tog'idan yiroqsiz butkul,
Axir go‘zal qalbga bezak ne darkor.
Ishq rangidan tomgan nafis she’rlarning,
Har birin satrida zarhal izi bor.
She’r zavqidan yonar o‘tli ilhomim,
Ayting, qanday yopay bu ishq kitobin.
Hatto bir she'rga ham sig‘dirolmadim
Qalbimda siz solgan so‘nmas oftobni.
TUN
Nega buncha uzunsan,
Yoki behis, beunsan,
Yechilmagan tugunsan,
TUN.
Xayollar uchar ko‘kka,
Narvonsiz ular tikka,
Davongmi buyuklikka,
TUN.
To‘lg‘onib u yon bu yon,
Hislarim qildi isyon,
Otsin tong. Bergin imkon,
TUN.
✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Umrzoqova Gulsevar
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ijodiy_tògarak
ABDULLA ORIPOV XOTIRASIGA...
Samo ko‘zgusini yerga tutgan dam,
Nazmiy gulistonda barq urdi ijod.
Qo‘ng‘irtov bo‘yida surgancha xayol,
Uni shoir qilib yaratdi hayot.
So‘zni ko‘ngil bilan terdi qirlardan,
Ko‘zlarin qadagan tog‘lar purviqor.
Daryolar mavjiga mudom jo‘r bo‘ldi.
“Vatanim manim” deb kuyladi ilk bor.
So‘z ila qayradi nazmiy shamshirin,
Qalblarni zabt etdi she’rlarin kuchi.
Zarhal satrlarda dur kabi ma’no,
Yurt madhi yangradi ko‘klarni quchib.
She’riyat osmonin bezagi bo‘lgan,
Ul “Mitti yulduz”da baytlarin bitdi.
Ishq vasfin ta’riflab, ko‘klam chog‘ida
Muhabbat poyiga guldasta tutdi.
Shonli kunlarini yodimga olib,
Xotirlab yozganim shu bir parcha she’r.
Mangu tiriklikning bayoti bo‘lib,
Qutlug‘ bir saharda ko‘z ochdi shoir.
SHOIRAM
(Zulfiyaxonimga)
Saharlab ko‘z ochgan o‘rik shoxida,
Ilk bahor ifori xushbo‘y taralar.
Shamol belanchakka solib o‘ylarim,
Shu onda yurakdan bir she’r yaralar.
Kecha oqshom so‘lim qirg‘oq bo‘yida,
Sizni eslamoqqa ochgandim kitob.
Nazmiy osmonlardan salobat to‘kib,
Mayin boqardingiz go‘yoki mohtob.
Sizni eslasam gar mas’um chehrangiz,
Go‘yo qarog‘imda qalqiydi suzib.
Jismingiz yoritgan mehr libosi,
Dilimda muhabbat marjonin tizib.
Shon-shavkat tog'idan yiroqsiz butkul,
Axir go‘zal qalbga bezak ne darkor.
Ishq rangidan tomgan nafis she’rlarning,
Har birin satrida zarhal izi bor.
She’r zavqidan yonar o‘tli ilhomim,
Ayting, qanday yopay bu ishq kitobin.
Hatto bir she'rga ham sig‘dirolmadim
Qalbimda siz solgan so‘nmas oftobni.
TUN
Nega buncha uzunsan,
Yoki behis, beunsan,
Yechilmagan tugunsan,
TUN.
Xayollar uchar ko‘kka,
Narvonsiz ular tikka,
Davongmi buyuklikka,
TUN.
To‘lg‘onib u yon bu yon,
Hislarim qildi isyon,
Otsin tong. Bergin imkon,
TUN.
✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Umrzoqova Gulsevar
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Hamid_Olimjon_tavalludining_114_yilligi
#Ijodiy_tògarak
G'azal
“Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham yanog‘ing uzra xol bo‘lsam”
Sening hajring bilan ohlar chekib axiyri “dol” bo‘lsam.
Yuzing oftob erur senga qaray olmoq mashaqqatdur,
Agar bir bora boqsam so‘ng tag‘in mayli ne hol bo‘lsam.
Jahon kezding g‘arib ko‘nglim etib bundan-da xorroq,
Agar dengizga otlansang, sening-chun ko‘hna sol bo‘lsam.
Demasman menga tinmasdan kalom aytgin, ayo dildor,
Bu ne baxtdur rizo bo’lgum nigohingda savol bo‘lsam.
Sening yo‘lingni poylarman tun-u kunlar chekib oh-zor,
Kelib bir bora amr etsang, egib boshim qarol bo‘lsam.
Vakilman ahli junun nomidan poyingda, ey yoro,
Etardim ming shukurlar gar ayoqingda zavol o‘lsam.
✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Boyqobilov Hikmatbek.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ijodiy_tògarak
G'azal
“Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham yanog‘ing uzra xol bo‘lsam”
Sening hajring bilan ohlar chekib axiyri “dol” bo‘lsam.
Yuzing oftob erur senga qaray olmoq mashaqqatdur,
Agar bir bora boqsam so‘ng tag‘in mayli ne hol bo‘lsam.
Jahon kezding g‘arib ko‘nglim etib bundan-da xorroq,
Agar dengizga otlansang, sening-chun ko‘hna sol bo‘lsam.
Demasman menga tinmasdan kalom aytgin, ayo dildor,
Bu ne baxtdur rizo bo’lgum nigohingda savol bo‘lsam.
Sening yo‘lingni poylarman tun-u kunlar chekib oh-zor,
Kelib bir bora amr etsang, egib boshim qarol bo‘lsam.
Vakilman ahli junun nomidan poyingda, ey yoro,
Etardim ming shukurlar gar ayoqingda zavol o‘lsam.
✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Boyqobilov Hikmatbek.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Qish_ilhomlari
#Ijodiy_tògarak
Tong otmoqda, Vatanimda
Kezar ulug’ uyg’onish,
Porloq quyosh sochadi nur
Yashnatib har tomonni.
Kongillar shod, boglar obod,
Bulbullar etar xonish,
Yurt sevgisi tolgan dillar
Yurt uchun berar jonni.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.
Asrlarni marjon kabi
Tergan boy tarixing bor:
Har lahzasi ibratnamo,
Har lahzasi - yuz doston.
Bir tomoning kokka tutash,
Bir tomoning - paxtazor,
Bir tomoning - mard-u maydon,
Bir tomon - ilm-u urfon.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim
Toglaringning orqasidan
Poylab necha Chingizlar,
Yerlaringga koz tikkanda
Har tomondan yovlaring,
Temur kabi “urho-ur”-la
Tarixga bitib izlar
Yurt haqqini talab qildi
Necha-necha dovlaring.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.
Kongillarning qafasida
Yashar “zanjirband bir sher”,
Xayollarni etadi band
Qalamdan oqqan mano.
“Kim u?” - deya sorasangiz
Deyman: “Ulug Alisher:
Soz qasrining sultonidir,
Gazal mulkida podsho”.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.
Har tomonda aysh-u ishrat,
Tomir otganda isyon,
Johillik avj olgan paytda
Tarqab zulm urugi,
Xalq ichidan porlab ziyo
Jadidlar chiqdi shu on:
Bir qolida bilim duri,
Bir qolda hurlik tugi.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.
Vanihoyat, boshing uzra
Parvoz etdi istiqlol,
Gulga tolding, bilim nuri
Yoritdi har tomonni.
Jahon uzra farzandlaring
Noming taratar yaqqol,
Yurt sevgisi tolgan dillar
Yurt uchun berar jonni.
Taraqqiyot muborakdir ,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Boyqobilov Hikmatbek.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ijodiy_tògarak
Tong otmoqda, Vatanimda
Kezar ulug’ uyg’onish,
Porloq quyosh sochadi nur
Yashnatib har tomonni.
Kongillar shod, boglar obod,
Bulbullar etar xonish,
Yurt sevgisi tolgan dillar
Yurt uchun berar jonni.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.
Asrlarni marjon kabi
Tergan boy tarixing bor:
Har lahzasi ibratnamo,
Har lahzasi - yuz doston.
Bir tomoning kokka tutash,
Bir tomoning - paxtazor,
Bir tomoning - mard-u maydon,
Bir tomon - ilm-u urfon.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim
Toglaringning orqasidan
Poylab necha Chingizlar,
Yerlaringga koz tikkanda
Har tomondan yovlaring,
Temur kabi “urho-ur”-la
Tarixga bitib izlar
Yurt haqqini talab qildi
Necha-necha dovlaring.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.
Kongillarning qafasida
Yashar “zanjirband bir sher”,
Xayollarni etadi band
Qalamdan oqqan mano.
“Kim u?” - deya sorasangiz
Deyman: “Ulug Alisher:
Soz qasrining sultonidir,
Gazal mulkida podsho”.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.
Har tomonda aysh-u ishrat,
Tomir otganda isyon,
Johillik avj olgan paytda
Tarqab zulm urugi,
Xalq ichidan porlab ziyo
Jadidlar chiqdi shu on:
Bir qolida bilim duri,
Bir qolda hurlik tugi.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.
Vanihoyat, boshing uzra
Parvoz etdi istiqlol,
Gulga tolding, bilim nuri
Yoritdi har tomonni.
Jahon uzra farzandlaring
Noming taratar yaqqol,
Yurt sevgisi tolgan dillar
Yurt uchun berar jonni.
Taraqqiyot muborakdir ,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Boyqobilov Hikmatbek.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Telegram
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali