Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.24K subscribers
11.9K photos
1.23K videos
96 files
3.62K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

JALOLIDDIN BOBOM
Hamon unutmagan Turkiston eli, U mash'um yillarning achchiq nafasin.
Dushman to'plab kelib jangovar
qo'shin,
Kulga aylantirgan shahar, qal'asin.
Shunda keng jangohga chiqdi bir óğlon,
Uning nomi erur mard Jaloliddin.
Vatanin tinchini o'ylab kunu tun,
Mahkam boğlab oldi baquvvat belin.
Jangga kirishdi u dushmanla birdan, Yurt ishqin ko'nglidan qo'ymadi bir dam Yovning lashkarini birma-bir yiqar
Ortiga chekindi dushman ham birdan.
Dushman qochib ketdi, kelmas endi hech,
Bu yurtning mard, jasur óğlonlari bor.
Ğam-tashvish, qayğular kelmas endi hech,
Gózal taronalar bólar barqaror.
Farzona Tilovmurodova
А.Oripov nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi. "Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!" tanlovi ishtirokchisi.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Posbonlar
Chegarada doim turgaysiz sergak,
Vatan xizmatida yurgan oʻgʻlonlar.
Biz uchun qadringiz choʻqqidek yuksak,
El-u yurtim deb, yurgan posbonlar.

Siz tufayli musaffodir osmonlarimiz,
Yuragida nomusi bor qalqonlar.
Yov kelganda himoyachi togʻimiz,
El-u yurtim deb, yurgan posbonlar.

Magʻrurlikda lochindek ulugʻvorlar,
Toki bordir jasur va mard oʻgʻlonlar.
Omon boʻlsin ey fidoyi bu jonlar,
El-u yurtim deb, yurgan posbonlar.


7-"A" sinf oʻquvchisi Qudratova Fayoza. "Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!" tanlovi ishtirokchisi.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Askarlar

Saflarda tizilib turadi askar
Ularni ko'rganda chekinar xatar
Joni-yu tanini qilgan safarbar
Doimo diyorin avaylab asrar


Ko'rganda ko'rguday buyuk bir lashkar
Butun xalq shularga ishonib turar
Har bir qadamidan olov o't chaqnar
O'zbekiston faxri-botir o'g'lonlar

7-B sinf o'quvchisi Normamatova E'zoza. "Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!" tanlovi ishtirokchisi.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Vatan posbonlari!

Men ko'rdim ularning yurishi bir xil
Faqat yurishimas turishi bir xil
O'ziga yarashgan kiyimi bir xil
Vatan posbonlari mening armiyam

Qo'llarida ko'rdim qurollari bor
Yerda haydab yurgan zambaraklar bor
Desantchi akalar chaqqonlari bor
Vatan posbonlari mening armiyam

Ularni men ko'rdim va yana ko'rdim
Odimlab, qadamlab yurishin ko'rdim
Saf tortsa jangovor turishin ko'rdim
Vatan posbonlari mening armiyam!

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o'quvchisi Ramazonova Dilnura. "Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!" tanlovi ishtirokchisi.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Yurt posponlari

Vatanim qo'riqlashar
Shunga osmon tinch,moviy.
Shu sabab har bir bashar
Bo'laman deydi:"Harbiy"

Ular deb yer chegara
Xavfsiz,yo'lamas g'anim.
Ajib go'zal manzara
Chiroy ochar Vatanim.

Yurtim,deb berarlar jon
Ular doimo ezgu.
Jasoratlari hamon
Qalblarimizda mangu.

Ular Manguberdi-yu
Amir Temur avlodi.
Bor Mahmud Tarobiy-u
Joni fido Shirog'i.

Ularning har ishlari
Vatan uchun bo'lgandi.
Muqannaning lashkari
Turon uchun o'lgandi.

Men ham yurtimni sevdim
Endi uni asrayman.
Ko'proq olaman bilim
Shunda yashnaydi Vatan.

Bayramingiz muborak
Jasur askar akalar.
Sizlar tinchlikdan darak
Omon bo'ling askarlar.

8-b sinf o'quvchisi Ahmedov Abror.
"Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!" tanlovi ishtirokchisi.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Posponlar

Osuda hayotim,go'zaldir o'lkam,
Musaffo osmonim,bizlarda ne kam.
Yurtim qo'riqchisi,buyuk armiyam,
Shular bor dunyoda ez'guliklar jam.

Tunu-kun Vatanin hizmatiga shay,
Mard-jasur o'g'lonlar g'animni sezgay.
Xalqim yashar doim tinch va osuda,
Bizlarga tirgakdir metin armiya.

Qalblardan doimo quvonch taralgan
Asl o'zbek o'g'loni shunday yaralgan
Hatto yurtim deya jonini tikkan Posponlar elimni kaftida tutgan

8-"A"sinf o'quvchisi Narsillayeva Maftuna. "Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!" tanlovi ishtirokchisi.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Yurtimning mard o‘g‘lonlari

Sharafli kasbingdan aylanay o‘zim,
Mard o‘g‘lon omon bo‘l, ey qaro ko‘zim,
Yurtingni asragin yegansan tuzin,
Sodiq bo‘l xalqingga jasur o‘g‘lonlar!

Amir Temur naslini davomchisizlar,
Harbiylik kasbingiz ardoqlangizlar,
Yelkangizda porlasin doim yulduzlar,
Sodiqlik timsoli jasur o‘g‘lonlar!

Osmonim musaffo, tinch va osuda,
Hamma shod, bolalar xursandlar juda,
To‘ylar ham, bayram ham doim avjida,
Chunki siz borsizlar posbon o‘g‘lonlar!

Sarhadni qo‘riqlar mardona askar,
Siz borsiz yurtimda uchramas xatar,
Kunimiz osuda,tun sokin o‘tar,
Chunki siz borsizlar posbon o‘g‘lonlar!

Hamisha sizlarga omad yor bo‘lsin,
Hayotingiz baxt ila nurlarga to‘lsin,
Tinchlik nashidasida iqboling kulsin,
Shiddating so‘nmasin qo‘rqmas o‘g‘lonlar!

7a-sinf ôquvchisi Yashinxo'ja Shahrizoda. "Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!" tanlovi ishtirokchisi.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

SHOIR VA ASKAR
(Chegarachi akalarga)

Shoir uchun dunyo - Vatan sanalar,
Lek u kuylar koʻzin ochgan maskanin.
Askar-chun millat, el yagona boʻlar,
Tinchligin asraydi oʻshal Vatanin.

Askar tong ottirar chegaralarda,
Quyoshni uygʻotar uning qadami.
Uning-chun avtomat hamroh boʻladi,
Shoirga hamnafas erur qalami.

Ayyomlarda sahro - unga dasturxon,
Vatanning tinchligi askar-chun bayram.
Unga kerak emas zarra shuhrat-shon,
Deydi:"Tinch boʻlsa bas, xalqim, oilam".

Dersiz:"Nega jonin xatarga tashlar,
Oʻtirsa boʻlar-ku oila bagʻrida?!"
Lek u sizni oʻylar - tinchligingizni
Kechib uyqusining shirin qaʼridan.

Yulduzlar bilan u suhbatlashadi,
Qalbida raqs tushar bedor tuygʻular.
Uning ham oʻzining dunyosi bordir,
Yurakda joʻsh urar toshqin orzular.

Shoir kuylar koʻnglin, otash yuragin,
Qalbida kezadi tugʻyonli shuur.
Shoir ham askarlar oldida turib,
Ulardan minnatdor, aytar tashakkur!

Hikmatbek Boyqobilov
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf oʻquvchisi. "Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!" tanlovi ishtirokchisi.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Tomirimda oqar ajdodlarim qoni

Men Oʻzbekman...
Vatanimga sodiq oʻgʻlon,
Qadrlayman yurtimning har qarich yerin.
Yovlar kelsa hamki boʻlib misli toʻfon,
Kurashgayman...
Menga madad boʻlgay elim.

O'zbekdurman...
Amir Temurning avlodi,
Manguberdilar izidan magʻrur borgum.
Xotiramdan oʻchmas ajdodlar yodi,
Endi meni harbiy deya atar ochun.

Vatan uchun jonim fido, qilay xizmat,
Kuch bag'ishlar ona xalqim sharaf-shoni.
Askar akam endi bizga bering navbat,
Tomirimda oqar axir ajdodlar qoni.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf oʻquvchisi Abdurasulov Javohir. "Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!" tanlovi ishtirokchisi.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

7-a sinf o‘quvchisi Qudratova Fayozaning "Kim yurtiga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!" tanlovi uchun chizgan rasmi.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-b sinf o‘quvchisi Omonova Madinaning "Kim yurtiga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!" tanlovi uchun chizgan rasmi.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9- sinf o‘quvchisi Botirova Lobarning "Kim yurtiga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!" tanlovi uchun chizgan rasmi.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8- sinf o‘quvchisi Narsillayeva Maftunaning "Kim yurtiga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!" tanlovi uchun chizgan rasmi.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-b sinf o‘quvchisi Bo‘riyeva Munisaning "Kim yurtiga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!" tanlovi uchun chizgan rasmi.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-a sinf o‘quvchisi Umarboyeva Charosning "Kim yurtiga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!" tanlovi uchun chizgan rasmi.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov_natijalari
#Vatan_himoyachilari_kuni

Habaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi hamda 14-yanvar--"Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining o‘quvchilari o‘rtasida "Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!" shiori ostida ijodiy ishlar tanlovi e'lon qilingan edi.

💥Tanlov Vatanimizning zalvorli tarixi, uni ulug'lash, ulug' ajdodlarimiz, buyuk bobolarimizdan faxrlanish va ularga munosib bo'lish, Vatan himoyasi-muqaddas burch ekanligi, Vatanga sadoqat va fidokorlik, tug'ilib o'sgan ona zaminga mehr-muhabbat tuyg'ulari talqin etilishi, yoritilishi nazarda tutilgan holda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etildi.

1. Nazm, nasr, publisistika;
2. Eng yaxshi rasm;
3. Eng yaxshi videorolik (videorolik tayyorlash jarayonida o‘quvchining o‘zi tomonidan o‘qilgan matni, she'ri yoki qo‘shig‘i hisobga olinadi)

🎇 Tanlovda ishtirok etgan o‘quvchilarning ijodiy ishlari "Ijodkor yoshlar" telegram guruhida yoritib borildi.

🏆 Tanlov natijalariga ko‘ra, "Nazm, nasr, publisistika" yo‘nalishi bo‘yicha

1-o‘rinni 8-B sinf o‘quvchisi Xaitova Farangiz,
2-o‘rinni 7-B sinf o‘quvchisi Omonova Madina,
3-o‘rinni 7-B sinf o‘quvchisi Tilavmurodova Farzona,

"Eng yaxshi rasm" yo‘nalishida

1-o‘rinni 9-sinf o‘quvchisi Botirova Lobar,
2-o‘rinni 8-A sinf o‘quvchisi Narsillayeva Maftuna,
3-o‘rinni 7-A sinf o‘quvchisi Umarboyeva Charos,

"Eng yaxshi videorolik" yo‘nalishida

1-o‘rinni 8-A sinf o‘quvchisi Badalova Shahnoza,
2-o‘rinni 7-A sinf o‘quvchisi Hamidov Abdulhakim,
3-o‘rinni 7-A sinf o‘quvchisi Qudratova Fayoza qo‘lga kiritishdi.

❗️"Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!" tanlovida 36 nafar o‘quvchilar o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi. Barcha ishtirokchilarga tanlovga ma'suliyat bilan yondoshganligi, faolligi uchun minnatdorchilik bildiramiz!

👏Tanlov g‘oliblari Diplom bilan taqdirlandilar.G‘oliblarni tabriklaymiz!

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-A sinf o‘quvchisi Badalova Shaxnoza.
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-A sinf o‘quvchisi Hamidov Abdulhakim.
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-A sinf o‘quvchisi Qudratova Fayoza.
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Botirova Lobar.
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Vatan_himoyachilari_kuni

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-A sinf o‘quvchisi Narsillayeva Maftuna.