Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.3K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.61K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Xalqaro_festival
#Misr_taassurotlari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Hamrayeva Sevinch ayni kunlarda Misr davlatida o‘tkazilayotgan "Taghrid Fayad Lebanese cultural" forum yuzasidan tashkil etilgan II Misr-O‘zbek madaniy kechasida ishtirok etmoqda.

🎇 Mazkur forum 2005 yil Qohira shahrida tashkil etilgan bo‘lib Arab dunyosining san'ati, adabiyoti, madaniyati, urf-odatini asrash, targ‘ib qilishni maqsad qilib olgan.

❗️Forum yuzasidan tashkil etilgan tanlovda o‘quvchimiz o‘z she'ri bilan ishtirok etib, Misr davlatida o‘tkazilayotgan xalqaro forumga qatnashish uchun taklifnomani qo‘lga kiritgan edi.



🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram| web sayt| facebook| youtube
#Xalqaro_festival

⚡️Qarshi shahrida Turkiy xalqlar vakillari ishtirokida "Chanqovuz va sibizg'a"
xalqaro folklor festivali bo'lib o'tdi.

💥Unda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining musiqa to'garagi rahbari Zavqiddin Boboxo'jayev ham o'z dasturi bilan ishtirok etdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Xalqaro_festival

🇺🇿Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Shodimurodov Farid Xalqaro ijodiy ishlar ko'rgazmalari festivalida ishtirok etdi.

AQSH ning O'zbekistondagi elchixonasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim Innovatsiya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirliklari  hamkorligida joriy yilning 12-13 oktabr kunlari poytaxtimiz Toshkentda  "Maket F Tashkent" festivali bo‘lib o'tdi. "Maket F Tashkent" - innovatsiya va amaliy ta'limga bag'ishlangan tadbir bo‘lib,  ushbu platformada ta‘lim muassasalari  Steam fanlari, matematika, injenerlik, san‘at va fan bilan bog‘liq loyihalar, ixtirolarni  keng ommaga namoyish etish imkoniga ega bo‘ldilar. Festival davomida ishtirokchilar turli interfaol dastur va amaliy mashg'ulotlarda qatnashib, robototexnika,   3D nusxalar yaratish bo'yicha mahorat darslarini kuzatdilar.

O'quvchimiz F.Shodimurodov va robototexnika fani o'qituvchisi N.Begmamatov Sertifikat va estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.