Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
1.62K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.58K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Qaror_ijrosi
#Kamondan_otish
#Bayram_turniri

☑️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining o‘quvchilari Kamondan o‘q otish sport turi bo‘yicha "Dinamo" sport maydonida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bayram turniriga qatnashishdi.

🏹 Turnirda ijod maktabi o‘quvchilari Qarshi shahridagi 45-harbiylashtirilgan maktab o‘quvchilari hamda Milliy gvardiya to‘garak a'zolari bilan bellashdilar.

🏆 Musobaqaning qizg‘in o‘tgan jarayonlari yakunida o‘g‘il bolalar o‘rtasida tashkil etilgan musobaqada maktabimizning o‘g‘il bolalar jamoasi faxrli 1-o‘rinni, qizlar o‘rtasida tashkil etilgan musobaqada maktabimizning qizlar jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritishib esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

👉Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#Qaror_ijrosi
#Vatanparvarlik_oyligi
#Davra_suhbati

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Vatanparvarlik oyligi" munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

❗️Davra suhbatida 10329-sonli harbiy qismdan kapitan Azamat Sayfiddinov, katta leytenant Nabi Sayfullayev, serjant Murodjon Boboyevlar ishtirokida yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, buyuk ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma'ruzalar o‘qildi hamda gazetalar tarqatildi.

🎤 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Ona Vatan madhi tarannum etilgan she'riy kompozitsiya taqdim etildi.


🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram| web sayt| facebook| youtube
#Qaror_ijrosi
#Baxshichilik_maktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida òquvchi-yoshlarga "Baxshichilik maktabi" mavzusida "Mahorat darsi" òtkazildi

❇️Darsni Òzbekiston Xalq baxshisi Boyqòchqor Axmedov olib bordi.

✳️Òquvchilar mavzu doirasida òzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ijod maktabida tahsil olayotgan yoshlar orasidan baxshilik san'atiga qiziqadigan òquvchilar ijodidan ham tinglandi.

🔰Ushbu san'at mohiyatini òquvchilarga teran anglatish maqsadida chora-tadbirlar rejasi belgilandi

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#Qaror_ijrosi
#Mahorat_darsi
#Baxshichilik_san"ati

Prezident ta'lim muassasalari agentligi va Òzbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021-yil 31-avgustdagi 95- va 01-03/1043-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Agentlik tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Mahorat darsi" òtkazildi.

✳️Darsni Qoraqalpoģiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi, Òzbekiston xalq shoiri Kengasboy Karimov "Baxshilik maktablari va baxshilar"mavzusida masofaviy tarzda òtdi.

❇️Dars davomida òquvchilar Òzbekiston va Qoraqalpoģistondagi baxshichilik maktabi haqida òzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

✳️Shuningdek , darsda iste'dodli òquvchilarning ijodiy ishlari, badiiy chiqishlari tinglandi

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Qaror_ijrosi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabiga Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy vakilligi boshlig‘i Davron Tojiyev tashrif buyurdi.

❗️Ijod maktabining 9-11-sinf o‘quvchilari hamda ustozlari bilan bo‘lib o‘tgan davra suhbatida chet tili fanini rivojlantirish, takomillashtirish, bugungi kunda o‘quvchi-yoshlarning ingliz tiliga qiziqishlarini kuchaytirish, chet tillarini ommalashtirish bo‘yicha samarali metodlardan foydalanish haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

💥 Suhbat davomida Davron Tojiyev mavzu yuzasidan o‘z taqdimotini namoyish etib, o‘quvchilar tomonidan berilgan savollariga to‘liq javob berdi.

📚 Suhbat yakunida Davron Tojiyev IELTS imtihonini topshiradigan o‘quvchilarimizga imtiyoz vaucherlarini topshirildi.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
#Harbiy_qismda_bir_kunim
#Qaror_ijrosi

Joriy yilning 15-fevral kuni Prezident ta'lim muassasalari tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining o'quvchilari O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Havo Hujumidan Mudofaa va Harbiy Havo Kuchlari qo'mondonligiga qarashli 63226-harbiy qismda òtkazilgan mashģulotlar , "Mahorat darsi"da ishtirok etdilar.

❇️Mashģulotlar davomida harbiy xizmatchilarning jangovor mashģulotlari bòyicha nazariy va amaliy saboqlar oldilar.

✳️Shuningdek, o'quvch-yoshlar harbiy xizmarchilarning bir kunlik hayoti bilan tanishib, Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanligini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyģusini yana bir bor his etdilar.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
#Qaror_ijrosi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasida belgilanganidek, mart - "Huquqbuzarlik va korrupsiyaga qarshi kurash oyligi" tadbirlari doirasida suhbat òtkazildi.

🔰Qarshi shahar IIB katta inspektor-psixologi, podpolkovnik Alisher Xudoyqulov bilan "Mas'uliyat nima?" mavzusida òtkazilgan suhbatda òquvchi-yoshlar burch va vazifalari haqida , shu bilan birga òz qiziqish va maqsadlarini ham bayon etdilar

❇️Shuningdek, A.Xudoyqulov har bir insonning fuqarolik pozitsiyasi, oilaga, vatanga, jamiyatga mas'ullik hissi bilan yashash, òqish, ishlash haqida o'z fikrlarini bayon etdi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktab
#Qaror_ijrosi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining o‘quvchilari kamondan o‘q otish sport turi bo‘yicha Qarshi shahrida joylashgan "Vatanparvarlar" boģida òtkazilgan musobaqada ishtirok etdilar.

❇️O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqa Òzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 81 yilligiga baģishlandi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktab
#Qaror_ijrosi
#Yashil_makon
#Mahallamga_nihol_ekaman

Òzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi "2022-yilgi Navròz umumxalq bayramiga tayyorgarlik kòrish va uni òtkazish tòģrisida"gi PQ-134-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan yòl xaritasida belgilanganidek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham keng qamrovli obodonlashtirish va kòkalamzorlashtirish tadbirlari òtkazilmoqda.

❇️"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida maktab hududi joylаshgan "Tabassum" mahallasidagi kòp qavatli uylar atrofi hamda maktabning orqa binosi hududi atrofiga manzarali daraxt va gul kòchatlari òtqazildi.

❗️"Yashil makon" loyihasi ostida òtkazilayotgan aksiya davom etadi

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktab
#Qaror_ijrosi
#Yashil_makon
#Ekologik_tadbir

Òzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PQ-134-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan yòl xaritasida belgilanganidek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida obodonlashtirish va kòkalamzorlashtirish tadbirlari òtkazilmoqda.

❇️"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida maktabning orqa binosi hududi atrofiga biologiya o'qituvchilari M.Shoimova,
I .Eshniyozovar hamda 7-sinf o'quvchilari tomonidan turli gul kòchatlari òtqazildi.

❗️"Yashil makon" loyihasi ostida òtkazilayotgan aksiya davom etadi

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook|
#Qaror_ijrosi

🔰O'zbekiston Respublikasi Prezidentinin 2021-yil 17-iyundagi “Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining mazkur sport turiga qiziquvchan o'quvchi-yoshlari bilan hamkorlikda ijod maktabida mutaxassislar tomonidan mashg'ulot o'tkazildi.

📌Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Amaliy_mashgʻulot
#Qaror_ijrosi_amalda

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi va viloyat teleradiokompaniyasi bilan tuzilgan hamkorlik dasturi bo'yicha ijod maktabining 10-11-sinf o'quvchilari haftada 6 soat ham hazariy, ham amaliy mashg'ulotlarda qatnashmoqda.

🎙Teleradiokanalda rejissyor yordamchisi, ovoz yozish rejissyori assissenti, muharrir yordamchisi va reportyor kasblariga oʻrgatish boʻyicha amaliy darslar telejurnalist Ozoda Yaxshiboyeva tomonidan olib borilmoqda.

🎥 Bu galgi dars mavzusi - radiomateriallarning montaj jarayoni bilan tanishish. Shu maqsadda oʻquvchilar “Oltin voha” radiosida informatsion dastur hamda “Reportaj” deb nomlangan eshittirishning montaj jarayoni bilan tanishishdi. Koʻplab maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Shundan soʻng oʻquvchilar bilan radioda suhbat ham yozib olindi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram