Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Soʻnggi_qoʻngʻiroq

⚡️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” va ijod maktabi tashkil etilganining 7 yilligi tantanalari o‘tkazild.

Tadbirda bitiruvchi o‘quvchilarning ota-onalari, faxriy ustozlar, oʻqituvchilar ham ishtirok etishdi.

✔️Tadbirni Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʼi Ubaydulla Oripov kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maktablarni bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining davlat Madhiyasi yangradi.

❇️ Tadbir oʻziga xos badiiy kompozitsion tarzda taqdim etilib,6 sahna koʻrinishlari milliy qadriyat va anʼanalarimiz asosida namoyish etildi.

✳️Alohida yutuqlarga erishgan o'qituvchilar va o'quvchilar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyevning Tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar

🔴 Tadbir tafsilotlari yoritilib boriladi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Soʻnggi_qoʻngʻiroq
#Davomi

🔰Avval xabar berganimizdek, bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Ilm - saodat kaliti” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq”hamda ijod maktabi tashkil etilganligining 7 yillik tantanalari o‘tkazildi.

Tadbirda bitiruvchi o‘quvchilarning ota-onalari, faxriy ustozlar, Qarshi shahridagi Prezident maktabi direktori Dilshod Farmonov, "Yurt tarovati" gazetasi bosh muharriri Nasiba Ibragimova, "Tabassum" MFY faollari, DXX mutaxassislari ham ishtirok etishdi.

✔️Bayramona dasturi 9-11-sinf oʻquvchilari tomonidan tayyorlandi. Dasturda milliy qadriyatlarimiz, xalqimizga xos boʻlgan badiiy kompozitsion sahna koʻrinishlari bugungi kun bilan hamohang holda namoyish etildi.

⚡️Quvonarlisi, "Ijodiy" toʻgarak rahbari Temirpoʻlat Tillayev tashabbusi bilan nashr etilgan, ijodkor oʻquvchilarning ijodiy mashqlari jamlangan bayoz taqdim etildi. Shu bilan birga, T.Tillayev oʻz hisobidan 3 nafar ijodkor-oʻquvchining ijodiy mashqlarini alohida toʻplam holida va maktabning ijodkor oʻquvchilari jamlangan 2 ta bayozni 100 dan ortiq nusxada chop ettirib, ijod maktabiga taqdim etdi!

📚2023/2024-oʻquv yilida maktabimizni 18 nafar oʻquvchi bitirmoqda, ulardan 2 nafari muddatidan oldin talaba boʻlish baxtiga muyassar boʻldi. Oʻquvchilarimizning barchasi ham xorijiy, ham milliy sertifikatlarga ega.


🎊 Farzandi ta'lim-tarbiyasiga befarq bo'lmagan, maktab bilan o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yib, doimiy aloqada bo'lgan ota-onalar "Eng faol ota", "Bilimli qiz onasi", "A'lochi o'quvchi otasi", "Eng mas'uliyatli ota-ona", "Jonkuyar ona" nominatsiyalarida taqdirlandilar.

🔥 Bitiruvchi o'quvchilar tomonidan 10-sinf o'quvchilariga ramziy estafeta statuetkasi topshirildi

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#soʻnggi_qoʻngʻiroq
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda boʻlib oʻtgan "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbirlaridan fotoreportaj.

Agentlikning masʼul xodimlari tomonidan joylarga chiqilgan holda joriy oʻquv yilida samarali faoliyat olib borgan, yuqori natijalar koʻrsatgan maktab jamoalari hamda yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishda faol hissa qoʻshgan ustoz-murabbiylar Agentlikning tashakkurnomalari bilan eʼtirof etildi.

Mazkur tadbirlarda viloyat, shahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlari, olim va professorlar, deputatlar, Yozuvchilar uyushmasining hududiy rahbarlari, shoir va yozuvchilar, nuroniy va faxriy ustozlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, bu o’quv yilida ijod maktablarini 263 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni esa 5868 nafar oʻquvchilar bitirishmoqda.

📝 IJOD MAKTABLARI
🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM