Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.25K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Mitti_yulduz_jilolari
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

Kulsangiz, onam!

Ko‘zimga chiroyli ko‘rinar dunyo,
Yorishib ketadi yurak koshonam.
Eng shirin orzuyim bo‘lgaydir ro‘yo,
Bir bora jilmayib qo‘ysangiz onam!

Yam-yashil bahorga aylanar qishim,
Charx urib uchadi ko‘kda baxt qushim,
Yengillab ketardi og‘ir yumushim,
Agar siz jilmayib qo‘ysangiz, onam!

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ismatullayev Lochin

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram|web sayt|facebook|youtube
#Mitti_yulduz_jilolari
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

Meni ko‘p o‘qisangiz

Meni o‘qi erinmay,
O‘zinga yoqqan xilim.
Har o‘qigan satringda,
Olasan odob, ilm.

Turlarim ko‘p juda ham,
Roman, doston, hikoya.
Keling, ko‘raylik baham,
Ilmimda yo‘q nihoya.

Ibratli so‘zlarimdan,
Dur-u marjon olasiz.
Meni ko‘p o‘qisangiz,
Dono bo‘lib qolasiz.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-a sinf o‘quvchisi Abduqahhorov Dilxush.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram|web sayt|facebook|youtube
#Mitti_yulduz_jilolari
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

***
Barglarni to‘zg‘itib ketadi shamol,
Turnalar baxt sanab uchar izma-iz.
Quyoshda mavjlangan qaldirg‘och misol,
Nigohi ohuni yodga solgan qiz.

Nurafshon borliqning o‘n besh bahori,
Faqat oy husninga chiroy bitganmi.
Yo nurli zulfinga qodir tabiat,
Qavsning yaxobiga cho‘miltirganmi!

Karbalo qismati quyoshdandirmas,
U oshiq Majnunning yurak yonishi.
Balki sen tufayli (tasodif emas)
Qutb yulduzining yerga qo‘nishi.

Bilgayman, hislarga egmaysan bo‘yin,
Qalbingda muhabbat kurtaklasa ham,
"Ayt, seni, ishq turtib o‘tganmi" desa,
"Yo‘q" deb aytolmiysan, shudir g‘alabam!

Magarda izhorlar gunoh sanalsa,
Mayli, gunohlarga cho‘lg‘ansin yo‘lim
Xayollar tinchingni buzgan fursatda,
Mag‘rur sevgimizni unutma, gulim...

Odamlar o‘tadi,
Uchar yulduzlar,
Tuyg‘ular hislarga
Bo‘lmaydi guvoh,
Qalbimdan o‘chadi
Ishq bosgan izlar,
Faqat biz qolamiz,
Gunohkor, gumroh...

11-sinf o‘quvchisi Sa'dullayev Bobomurod
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Porla_millat_bayroģi
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

🇺🇿 Joriy yilning 18-noyabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Porla, millat bayrog‘i" mavzusida ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🥁 Ertalabdan bayramona shukuh barchaga xushkayfiyat baxsh etdi.

👨‍👩‍👧‍👦 Maktab sardorlari tomonidan barcha ustozlarga bayrog‘imiz tasviri aks etgan bayram tasmalari ulashildi.

✔️ Maktabimizda bugungi bayram dasturlari davom etadi. Bizni kuzatib boring!

👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi
#Qoraqalpoq_tili_bayrami
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining yoshlar yetakchisi O'ralova Dilraboning 1-dekabr--Qoraqalpoq tili bayrami munosabati bilan O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripovning "Qoraqalpog'im" she'ri asosida tayyorlagan videoroligi.
Qoraqalpoq xalqi uchun uluğ kun hisoblanmish bugungi bayram bilan Nukus shahridagi Prezident maktabi hamda Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining ahli jamoasini, bilimga, ijodga tashna barcha yoshlarini samimiy muborakbod etamiz!
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Tong_nafasi_ilhomlari
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

🌨 1-dekabr. Qishning ilk kuni bo‘lishiga qaramasdan tabiat bahoriy kayfiyat baxsh etmoqda.

🕌 Ko‘hna Marg‘ilon. Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida bugungi bayram tantanalari ko‘tarinki ruhda boshlandi.

Buyuk shoir, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan "Tong nafasi ilhomlari" ijodiy tanloviga tayyorgarlik jarayonlari jadal tus oldi.

🕝 Soat 15:30. Uzoq kutilgan onlar! Nihoyat "Tong nafasi ilhomlari" tanlovining barcha yo‘nalishlarining birinchi bosqichiga:

-Nazm yo‘nalishi,
-Nasr yo‘nalishi,
-Badiiy tarjima,
-Erkin Vohidov asarlari bilimdoni
start berildi.

❗️Har bir yo‘nalish bo‘yicha ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, belgilangan xonalarga kirishdi. Ustozlar esa maktabning faollar zalida tanlov jarayonlarini onlayn tarzda katta monitorda kuzatib turishibdi.

👏 Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

👉 Bizni kuzatishda davom eting.

@abdullaoripov_ijodmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov
#Tong_nafasi_ilhomlari
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

"Tong nafasi ilhomlari" tanlovining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha birinchi bosqichi yakunlandi.
Xozir davrada nazm yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etayotgan o‘quvchimiz Omonova Sevinch tanlov jarayonida yozgan she'rini o‘qimoqda.

@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Tong_nafasi_ilhomlari
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

Go‘zal Marg‘ilon shahridagi tashrifimizning uchinchi kuni.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan ijod bayramining ikkinchi kuni ham maroqli tashkil qilinmoqda.
Ertalabki nonushtadan keyin barcha mehmonlar buyuk shoir Erkin Vohidov xotirasiga tashkil etilgan muzeyda bo‘lishdi. Muzeydagi har bir eksponat barchada katta taassurot qoldirdi.

@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Tong_nafasi_ilhomlari
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

Marg‘ilondagi safarimiz ajoyib tarzda o‘tmoqda.
Erkin Vohidov muzeyidan keyingi manzilimiz mumtoz shoiramiz Jahon otin Uvaysiy uy muzeyida bo‘ldi. Uy muzeyi xodimi tomonidan berilgan ma'lumotlar bizni xonliklar tarixi davriga yetakladi. O‘ylaymanki, hamma mehmonlar shoira haqidagi yangi ma'lumotlarga ham ega bo‘lishdi.
Bizni kuzatishda davom eting. Sayohatimiz hali davom etmoqda.

@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Ziyoratgoh
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

Jonli tarix! VIII asr ijodiy muhiti. So‘ngi tashrifimiz bo‘lgan muqaddas qadamjo Burhoniddin Marg‘inoniy chillaxonasi bo‘ldi. Mazkur muqaddas dargoh xodimi xoji otaning bergan ma'lumotlariga ko‘ra, bu chillaxonada bobokalonimiz "Hidoya" nomli asarini yaratgan ekanlar.
Mazkur binodagi Xalifamiz Abu Bakr Siddiqning beshinchi avlod nabiralari yashagan "Pur Siddiq" majmuasi, kabutarlar haqidagi qiziqarli ma'lumotlar hammani hayratlantirdi.
Muqaddas binoda joylashgan yana bir qadamjo "Kaptarli mozor" qabristonida ham bo‘ldik.

@abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Tanlov
#Inson_õzing_adabiy_badiiy_tanlov
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan "Tong nafasi ilhomlari" tanlovining so‘ngi bosqichi ham yakunlandi. Taqdirlash marosimida g‘olib o‘quvchilar e'lon qilindi.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi Sherboyeva Shoxista "Erkin Vohidov ijodi bilimdoni" yo‘nalishida 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

👉Bizni kuzatishda davom eting.
@abdullaoripov_ijodmaktabi
#Tonggi_saflanish
#Taqdirlash
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida odatdagidek, boshlanayotgan haftaning birinchi o‘qish kunida "Tonggi saflanish" o‘tkazildi.

🔈 "Tonggi saflanish" da o‘quvchilarga odob-axloq qoidalari, o‘tkazilayotgan tanlovlarda faol ishtirok etishlari, ijodiy ishlar targ‘ibotida faol bo‘lishlari haqida gapirib o‘tildi.

🏆 Shuningdek, mazkur saflanishda "OITS-millat kushandasi","Konstitutsiya mening nigohimda","Mening obod va go‘zalim maskanim" mavzularida tashkil etilgan ijodiy ishlar tanlovining taqdirlash marosimi ham tashkil etildi va g‘oliblar munosib taqdirlandi.

🎞 "Tonggi saflanish" yakunida o‘quvchilarga O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov ijodiga bag‘ishlangan videorolik namoyish ettirildi. Barcha ishtirokchilar Davlat madhiyasini jonli ijro etib, bugungi "Tonggi saflanish"ga yakun yasashdi.



🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram | web sayt | facebook | youtube
#Sarhisob_2021
#Yangi_yil_ertagi
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi

❄️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida 2021- yil 26-dekabr kuni "Sarhisob-2021" loyihasi doirasidagi taqdirlash marosimi hamda "Yangi yil ertagi" deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🎇 Teatrlashtirilgan mazkur bayram tadbirida "O‘zga sayyoraliklar tashrifi", ertak qahramonlarining chiqishi, sinflar kesimida turli millatlar talqini, qiziqarli shartlar namoyish etildi.

☃️ Ayniqsa Qorbobo va Qorqizning chiqishi, o‘quvchilarga sovg‘alar ulashishi bayram shukuhini ko‘tarib, davradagilarga xushkayfiyat ulashdi.

🏆 Bayram yakunida "Sarhisob-2021" loyihasi doirasida yil davomida yutuqlarga erishgan, intellektual, salohiyatli, tashabbuskor ustozlar va o‘quvchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar.


🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram| web sayt| facebook| youtube