Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.64K subscribers
11.7K photos
1.21K videos
96 files
3.59K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

⚡️"YANGI O‘ZBEKISTON" UNIVERSITETI DUNYONING BOSHQA HUDUDLARI UCHUN HAM O‘ZIGA XOS MODELGA AYLANA OLADI

Vijay MS Kumar,
Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) J-WEL direktori

- O'zbekistonga kelganimga atigi bir kun bo‘ldi, ammo allaqachon bir olam taassurotga egaman;.

- Bizning tashkilotimiz butun dunyoda ta'limni ijobiy tomonga o‘zgartirish va shakllantirishda ishtirok etadi. Bunda xalqaro hamkorlar bilan ishlaymiz, shulardan biri "Yangi O‘zbekiston" universitetidir.

- "Yangi O‘zbekiston" universiteti nafaqat O'zbekistonda, balki dunyoning boshqa hududlari uchun ham o‘ziga xos modelga aylana oladi. Tabiiyki, bu vaqt talab etadigan jarayondir.

- Biz mazkur universitet bilan o'quv dasturlarini ishlab chiqishda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bunda o'zimizning eng yaxshi tajribalarimizni 'Yangi O‘zbekiston" bilan bo'lishamiz.

Forum yangiliklari: https://eduforum.uz/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

Julia Reynolds-Cuellar,
Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) J-WEL Oliy ta'lim bo'yicha direktor yordamchisi

-Yurtingizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich ishlar, mazkur maktablar va ayniqsa o'quvchilar menda chuqur taassurot qoldi. J-WEL va "Yangi O'zbekiston" o'rtasida hamkorlik aloqalarining yo'lga qo'yilayotganimizdan xursandmiz.

- Hozirda "Yangi O'zbekiston" universiteti va J-WEL o'rtasida hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. Biz kelajakdagi ishlar hamda hamkorlikdagi loyihalar ustida ishlayapmiz.

- Tashkilotimizda boshlang'ich va o'rta maktab ta'limi bilan shug'ullanuvchi bo'lim mavjud. Bu borada ko'plab yangi loyihalar ustida ishlashimiz mumkin.Umid qilamanki, ta'lim sohasida olib boriladigan hamkorligimiz har ikki tomon uchun ham manfaatli bo'ladi

👉https://eduforum.uz/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

Lachin Italmazova,
Times Higher Education tashkiloti mintaqaviy direktori

- Biz Times Higher Education tashkiloti sifatida jahon universitetlari xalqaro reytingini baholashda 13 turdagi me'zonlarga tayanamiz. Xususan, OTMlarning ilmiy tadqiqotlar olib borishi, mazkur ilmiy izlanishlarning sifatiga alohida e'tibor qaratiladi.

- Aytish mumkinki,"Yangi O'zbekiston" dunyoning yetakchi universitetlaridan biri bo'lish uchun ulkan salohiyatga ega. Tabiiy, bu vaqt talab etadigan jarayondir. Bunda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish muhim ahamiyat kasb etadi.

-Top universitetlar reytingiga kirish nafaqat jahon miqyosida tan olinish, balki eng yaxshi iqtidor egalarini jalb etish va jahon OTMlari hamda tashkilotlar bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish demakdir
.

👉Forum yangiliklari: https://eduforum.uz/