#Ogahiy_tavalludining_215_yilligi
🗓17-dekabr - Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy tavallud topgan kun
🔰Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy 1809 yilning 17-dekabrida Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻida maʼrifatli va badavlat mirob oilasida dunyoga keladi. Otadan erta yetim qolib, amakisi, zamonaning yetuk shoiri, xonning bosh mirobi Munis Avazbiy oʻgʻli Xorazmiy qoʻlida tarbiya topadi.
📚 Ogahiy xalq orasida koʻproq lirik shoir sifatida mashhur. Umrining oxirgi yillarida tuzgan lirik kulliyoti — «Taʼviz ul-oshiqin» («Oshiqlar tumori», 1872) bizgacha toʻla yetib kelgan. Devon anʼanaviy tartibda tuzilgan, 470 gʻazal, 3 mustazod, 89 muxammas, 5 musaddas, 2 murabba, 4 musamman, 4 tarjeʼband, 7 qitʼa, 80 ruboiy, 10 tuyuq, 1 mulamma, 4 chiston, 2 muammo, 4 masnaviy, 1 bahri tavil, 1 munojot, 1 oshiq va maʼshuq savol-javobi, 20 taʼrix, 19 qasida — jami 18000 misradan iborat. Devonga «Ashʼori forsiy» nomi bilan Ogahiyning fors tilidagi 1300 misra sheʼri ham kiritilgan. Devondagi asarlar mazmun-mundarijasi markazida ishq mavzusi turadi. Allomaning koʻplab gʻazallari oʻz vaqtida ham bugun ham sevib kuylanib kelinadi.
✔️ Abdulla Oripov va Ogahiy nomidagi ijod maktablari o'rtasida mustahkam hamkorlik an'analari o'rnatilgan.