Forwarded from Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби (Y.Kamalovna)
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining yoshlar yetakchisi Dilrabo Uralova hamda maktab sardorlari tomonidan yangicha yondashuv,kreativ loyiha asosida tayyorlangan "Qadring baland bo‘lsin ona tilim!" shioridagi ko‘rsatuv Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining "Fayzli kun" dasturida efirga uzatildi.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining yoshlar yetakchisi Dilrabo Uralova hamda maktab sardorlari tomonidan yangicha yondashuv,kreativ loyiha asosida tayyorlangan "Qadring baland bo‘lsin ona tilim!" shioridagi ko‘rsatuv Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining "Fayzli kun" dasturida efirga uzatildi.
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Mushoiraxonlik_davrasi
Joriy yilning 19-oktabr kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Adliya vazirligi huzuridagi Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumining talabalari hamda ijod maktabining 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov lirikasi bo‘yicha mushoiraxonlik davrasi tashkil etildi. Mazkur mushoyiraxonlik davrasini ijod maktabining yoshlar yetakchisi Dilrabo Uralova, tarbiyachi-pedagoglar Ma'mura Samadova hamda Shoxsanam Sharipovalar olib borishdi.

Forwarded from Qashqadaryo xabarlari ™ (Ahror Sodiqov)
27 ОКТЯБРЬ – ҚАРШИ ШАҲАР КУНИ
Ҳурматли воҳадошлар ва ҳамшаҳарлар!
Вилоятимиз маркази - Қарши шаҳри куни барчамизга муборак бўлсин!
Зойир Мирзаев, Қашқадарё вилояти ҳокими.
Каналга уланиш➡️@qashvilhokimligi
Ҳурматли воҳадошлар ва ҳамшаҳарлар!
Вилоятимиз маркази - Қарши шаҳри куни барчамизга муборак бўлсин!
Зойир Мирзаев, Қашқадарё вилояти ҳокими.
Каналга уланиш➡️@qashvilhokimligi
Forwarded from Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби (Y.Kamalovna)
#27_ОКТЯБРЬ_ҚАРШИ__ШАҲРИ_КУНИ
Маълумки, вилоятимиз маркази бир неча минг йиллик тарихга эга. Қарши шаҳри куни 11 йил муқаддам, 2006 йил 27 октябрь санасида Қарши шаҳрининг 2700 йиллиги халқаро миқёсда кенг нишонланганди. Шу кундан буён мазкур сана жаҳон цивилизациясига улкан ҳисса қўшган Қарши шаҳри куни сифатида нишонлаб келинмоқда.
Қарши шаҳри қадимдан кўплаб номлар билан аталиб келинган. Антик даврда Нахшаб, Наутака, ўрта асрларда Насаф, ҳатто Беҳбудий шаҳри деб ҳам аталган. 2700 йиллик тарихга эга бўлган Қарши шаҳрида илм-фан ўрта асрларда ўзининг юксак чўққисига чиққан. Бу заминда 300 дан ортиқ «Насафий» нисбаси билан ижод қилган машҳур алломалар турли-туман диний ва дунёвий билимлар соҳасида ижод қилганлар.
IX асрда Насафда ҳадисшунослик ва фиқҳшунослик мактаблари вужудга келган. X-XII асрларда Мовароуннаҳрдагина эмас, балки бутун Шарқда «Насафий» нисбаси анча машҳур бўлган. Бу даврда фиқҳ, ҳадис, тафсир ва ислом динининг асоси бўлган ақоид илми ривожланган. XV асрда Насафий алломалар ислом дини аҳкомлари ва бошқа ижтимоий соҳаларга оид асарлар ҳам ёза бошлаганлар.
Агар қадимда Кеш шаҳри «Илм вал адаб қуббаси» деб ном қозонган бўлса, Насаф шаҳри ҳадис ва фиқҳ соҳасида нафақат Мовароуннаҳрда, ҳатто олис юртлардан олимлар келиб баҳс-мунозара юритадиган «Мажлис-тадрис» (дарс йиғини), халқаро илмий тадбирлар ўтказиладиган шаҳар ҳисобланган. Бундай мажлиси тадрислар кўпинча дунёвий илмларга бағишлаб ташкил этилган. Бу ҳақда манбаларда маълумотлар бор.
Насафда хаттотлик мактаби ҳам равнақ топиб, бу соҳада Муҳаммад бин Саид ан-Насафий (XIII аср), Ражаб бин шоҳим Али Насафий (XVI аср), Муҳаммад Абдусалом ибн Муҳаммад ан-Насафий (XVI аср), Хўжамберди бин Мулла Қора Насафий (XVII аср), Неъматулло ал-муфти валади Қози Нахшабий (XVIII аср), Муҳаммад Шариф Насафий (XVIII аср), Муҳаммад Саид Насафий (XIX аср), Искандар Насафий (XIX аср), Мирзо Абдулқодир Насафий (XIX аср), Мирзо Исомиддин Насафийлар (ХХ аср боши) самарали фаолият юритган.
Рамзий ҳисоб-китобларга кўра, ҳозирда Қарши шаҳри 2714 ёшда.
@abdullaoripovmaktabi

#bizning_ijod
(Abdulla Oripovga)
Moziydan keladi hayotbaxsh navo,
Tinglagan ko‘ngilga beradi davo.
So‘zlari sehridan bo‘laman shaydo,
Bebaho merosdir shoir ijodi.
Hayotning shodligi yiroqlashsa gar,
Qalbimni chorlasa she’riyat agar.
Umrim yo‘llariga tashlasam nazar,
Qayta umid berar ajdodlar yodi,
Obihayot erur shoir ijodi.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi, "Ozod va obod Vatanda erkin va farovon yashaylik" ko'rik-tanlovi g‘olibi, Lochinbek Ismatullayev

YAXSHI NOM
Boylik deb yashamoq nodonning ishi,
Buni soz biladi har qanday kishi.
Borin olib ketmoq boʻlsaydi agar
Qoʻli boʻsh ketmasdi buyuk Iskandar.
Deydilar, yaxshi nom mangulik demak!
Yurt deb kulmoq kerak, xoh oʻlmoq kerak.
Shuning-chun eslanar buyuk Temur ham,
Zero, afsonamas, u ham bir odam!
Nega yod olinar Shiroq, Toʻmaris?
Nega Muqannalar tarixda aziz?
Nega ular kabi eslanmas yovuz?
Nega yomon debmas maqtov-u xush soʻz?
Chunki barcha narsa oʻz nomiga xos
Yomon kelar-ketar, yaxshiga ixlos…
Vaqtlar oʻtajakdir, ilgʻor, bardavom.
Biroq, aslo o‘chmas yaxshi degan nom!
BURCH
Goho yurdim quvonchga toʻlib,
Goh gʻam chekib, baʼzida kulib,
Shu paytgacha ne foydam tegdi
Onam uchun bir farzand boʻlib?
Baʼzan uning bagʻrini yuldim,
Dam koʻnglidan baxtni daf qildim,
Ishongani boʻla turib ham
Otam uchun nima naf qildim?
Deyman, hali bari oldinda,
Ular mushtoq mening ortimdan,
Qiyosi yoʻq ota-onam-chun
Albat,haykal qoʻyay oltindan!
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi
Sh. Tojiddinov

Ona zamin
Beshigimga baxtni belab
Tovonimdan o‘pgan zamin.
Tog‘lar kabi tole tilab,
Tandirda non yopgan zamin.
Meni deya istiqbolni,
istiqlolni tutgan zamin.
Boshim uzra nurlar elab
Poyimga dur sepgan zamin
Har zarrangni, har gardingni
Tomirimda qon bilaman.
Ellar ichra, yurtlar ichra
Nomingni doston qilaman.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi, "O'zbek ruhiyati me'mori" Respublika ko'rik-tanlovi g‘olibi
Azizbek Rajabov
@abdullaoripovmaktabi
Ona zamin
Beshigimga baxtni belab
Tovonimdan o‘pgan zamin.
Tog‘lar kabi tole tilab,
Tandirda non yopgan zamin.
Meni deya istiqbolni,
istiqlolni tutgan zamin.
Boshim uzra nurlar elab
Poyimga dur sepgan zamin
Har zarrangni, har gardingni
Tomirimda qon bilaman.
Ellar ichra, yurtlar ichra
Nomingni doston qilaman.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi, "O'zbek ruhiyati me'mori" Respublika ko'rik-tanlovi g‘olibi
Azizbek Rajabov
@abdullaoripovmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Zakovat
Joriy yilning 26-oktabr kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8a va 8b-sinflari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Ikki raund, 12 ta savoldan iborat bo‘lgan o‘yin qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Intellektual o‘yin nihoyasida 8b sinfning "Ideal" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi faoliyati, yutuqlari, maktabdagi bo’layotgan o’zgarishlar bo’sh ish va o’quv joylari haqidagi yangiliklardan habardor bo’lib boring. Ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo'ling.👇Telegram: 👉👉👉 https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
Web sayt: 👉👉👉 https://abdullaoripov-maktab.uz/
Facebook: 👉👉👉 https://facebook.com/abdullaoripov.ijodmaktabi.5
Youtube: 👉👉👉 https://www.youtube.com/channel/UCfvjWXesvZcNUgECU35lydA

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'quvchilardan barcha fanlardan o'tilgan mavzularni o'zlashtirish natijalarini aniqlash maqsadida monitoring testlari olinmoqda. Monitoring natijalariga qarab o'quvchilar bilan o'tilgan mavzular tahlil qilinadi. Monitoring maktabimiz o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari va maxsus fanlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari nazorati ostida o'tyapti.