Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.25K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.62K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#barhayot_siymolar_turkumidan

13- noyabr - otashnafas shoir, dramaturg va tarjimon, erksevar millat o'g'loni - Usmon Nosir tavallud topgan kun.

"Usmon Nosir deganda biz kimni tushunamiz. U shunday iste’dod egasiki, bamisoli tekkan joyini kuydirguvchi olovdir. Shoirning g‘oyat qisqa umriga nazar solgan kishi juda uzoq o‘ylarga tolishi shubhasizdir. Chunki bu chaqmoqdek umrda benihoya katta imkoniyatlar yonib ketganligini ko‘rib va his qilib turasiz. Usmon Nosir ulug‘ va abadiy she’riyatning diydasidan oqib ulgurmagan shabnamdir, u hali qahqahaga aylanmay lablarimizda manguga qotib qolgan nim tabassumdir. Uning she’rlari ko‘z kabi tirik, jonli, tutqich bermas hayot poralaridir"

Abdulla Oripov
O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
#kun_hikmati
#barhayot_siymolar_turkumidan

Abulqosim Firdavsiy

Abulqosim Firdavsiy (Tusiy) 934-yilda Tus shahri yaqinidagi Boj qishlog'ida tug‘ilgan. U Eron, Turon, Yunon va Hindiston olimlarining turli sohadagi asarlaridan yaxshi xabardor bo‘lgan. Firdavsiy bilimining qanchalik chuqurligi, dunyoqarashining qanchalik kengligi, she‘riy salohiyatining qanchalik yuksakligi muazzam "Shohnoma" da manaman deb turibdi - bunga ishonch hosil qilish uchun asarni o‘qib chiqishning o‘zi kifoya. Abdurahmon Jomiy ham: "Shohnoma"dek asari bor kishiga ta'rif va tavsif bekor", - deb yozadi.
Eron va Turon xalqlarining qariyb to‘rt ming yillik tarixi yuksak mahorat bilan badiiy talqin qilingan 60 ming baytdan iborat "Shohnoma" ustida Firdavsiy 30 yil ter to‘kadi. Lekin mutaassib ulamolar va hasadgo‘ylar qutqusi bilan asar taqdim etilgan o'sha davr hukmdori Mahmud G‘aznaviy "Shohnoma"ni munosib baholamaydi.

Shubha yo‘q, ilmdan tirikdir inson,
Mashaqqat mehnatni yengadi oson.