Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.32K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Kun_tarixi

19-may, Juma.

🎉 BAYRAMLAR: 🎉

🌏 Butunjahon gepatit C ga qarshi kurash kuni
🌏 Shri-Lankada xotira kuni
🌏 Xitoyda turizm kuni
🌏 Turkiyada yoshlar va sport kuni

🌎VOQEALAR:

🔹 1649-yil — Angliya respublika deb e'lon qilindi.
🔹 1907-yil — Finlyandiya futbol assotsiatsiyasi tashkil etildi.
🔹 1926-yil — Tomas Edison birinchi marta radio chiqish qildi.
🔹 1961-yil — “Venera 1” uchuvchisiz kosmik kemasi birinchi marta Venera yaqinida parvoz qildi.
🔹 1995-yi — Toshkentda Xalqaro Islom tadqiqoti markazi ochildi.

TAVALLUDLAR:

1857-yil — Jon Jeykob Abel — amerikalik biokimyogar va farmakolog, adrenalin kashfiyotchisi, birinchi gemodializ apparati yaratuvchisi.
1937-yil — Ali Hamroyev — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi.
1942-yil — Geri Kildall — amerikalik dasturchi va tadbirkor, “Digital Research. Inc” kompaniyasi asoschisi.
1979-yil — Diyego Forlan — Urugvay terma jamoasi a'zosi, 2010 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi.
1992-yil — Sem Smit — ingliz qo‘shiqchisi, “Gremmi” mukofoti sovrindori.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_tarixi

📆 31-may, ya'ni bugun - Butunjahon chekishga qarshi kurashish kuni.

📚1987-yili Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti 31-mayni Butunjahon chekishga qarshi kurashish kuni, deya e'lon qildi. Shu kundan e'tiboran ushbu sana Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan xalqaro va butunjahon kun sifatida nishonlanib kelinadi.

🚭Xalqaro chekishga qarshi kurashish kunining global maqsadi hozirgi va kelgusi avlodni tamakining nafaqat sogʻliq uchun salbiy jihatlaridan, balki ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy talofatlarning vayronkor oqibatlaridan himoya qilishga qaratilgan.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_tarixi
#6_iyun_rus_tili_kuni

🇷🇺 Rus tili kuni har yili 6-iyun sanasida nishonlanadi. U 2010-yilda BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) tomonidan ko‘p tillilik va madaniy xilma-xillikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

🌐 Rus tili - BMTining oltita rasmiy tillaridan biri bo'lib, bu tilda dunyo bo'ylab 258 milliondan ortiq kishi so'zlashadi. Bu eng keng tarqalgan slavyan tilidir.

Ushbu kun buyuk rus shoiri va dramaturgi, rus adabiyoti asoschisi - Aleksandr Sergeevich Pushkin tavallud topgan kun sharafiga qo'yilgan.

🔰Bugungi kunda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida rus tili fanini o'qitish yaxshi yo'lga qo'yilgan, ta'til bo'lishiga qaramasdan, har bir sinfda rus tili to'garaklari o'z faoliyatini olib bormoqda.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_tarixi

Bugun, ya'ni 9-avgust — Xalqaro kitobsevarlar kuni

📚 Mazkur bayram dastlab AQSHda kitobxonlar tomonidan norasmiy tarzda nishonlanib kelingan. Keyinchalik bu an'ana dunyoning turli nuqtalaridagi kitobxonlar orasida keng ommalashdi.

📗Har yili ushbu sanada turli davlatlarda kitob do'konlari tomonidan ko'rgazmalar, yarmarkalar tashkil etilishi odat tusiga kirgan. Shoir-yozuvchilar o'zlarining yangi asarlari taqdimoti bilan kitobsevarlarni xushnud etadi.

Zero, kitobxonlikni shu tarzda ommalashtirish mazkur bayram sanasining asosiy vazifalaridan biridir.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

27-oktyabr - Qarshi shahri kuni

🕌 Qarshi shahri tarixda bosqinchilarga qarshi qalqon boʻlgan botir oʻgʻlonlar, buyuk siymolarga beshik boʻlgan tabarruk zamindir. Shahrimiz oʻzining boy
tarixi, tarix silsilalaridan bosib oʻtgan shonli yoʻli, olimu fuzalolari, madaniyat va sanʼat namoyondalariyu, mehnatkash va oriyatli xalqi bilan respublikamizda alohida oʻrin va mavqega ega.

2700-yillik tarixga ega bu koʻhna va hamisha navqiron shaharda yashash, uning bugungi qiyofasidan zavqlanish,  faxrlanish kishiga gʻurur bagʻishlaydi. Kundan kunga chiroy ochib borayotgan koʻrkam binolari, tekis va ravon yoʻllari, elimiz turmush farovonligi uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar bugungi zamonaviy Qarshining koʻrki hamdir.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_tarixi

1959-yilning 20-noyabrida BMT Bosh Assambleyasi "Bolalar huquqlari" nomli deklaratsiyani qabul qiladi. 1989-yilning 20-noyabrida BMT Bosh Assambleyasi yana bir muhim hujjat - "Bolalar huquqi bo‘yicha Konvensiya"ni imzolagan.

Bu kun dunyoning turli mamlakatlarida yordam va e'tiborga muhtoj bolalarga xususiy, jamoat yoki tashkilotlarning homiylik yordamlari ko‘rsatilishi bilan o‘tkaziladi.

Butundunyo bolalar kunini nishonlash hamisha davlatlar o‘rtasida tinchlikni ta'minlashga xizmat ko‘rsatib kelgan.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_tarixi

1-DEKABR – QORAQALPOQ TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN
KUN

🔰Qoraqalpoq tili – oltoy tillar oilasi turkiy tillar guruhining qipchoq shoxobchasiga mansub. Fonetikasi qozoq va noʻgʻay tillariga, lugʻat tarkibi esa oʻzbek tiliga yaqin turadi.

📅 1989-yili 1-dekabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Juqorgʻi Kengashi sessiyasida qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi rahbariyati va jamoasi qardosh qoraqalpoq xalqini ushbu qutlugʻ sana bilan chin yurakdan samimiy tabriklaydi.

⚡️...Bir yonda turkmanim, qirgʻiz, qozogʻim,
Orolga termulgan qoraqalpogʻim,
Oʻzbegim, tojigim – koʻzim-qarogʻim
Jam boʻlganda qatoridan ayrilmas.
Ayrilsa ayrilgay togʻlar qoridan,
Ayrilgay behimmat boy ham boridan.
Vafosiz ayrilgay doʻstu yoridan,
Shoir xalqi ashʼoridan ayrilmas.

✍️(Abdulla Oripov. “Ayrilmas” sheʼridan)

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi
#Jadidlar

Taniqli dramaturg, publitsist, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati asoschilaridan biri Mahmudxoʻja Behbudiy 1875-yil 19-yanvar kuni Samarqandda tugʻilgan.

Behbudiy yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi. “Risolai asbobi savod” (“Savod chiqarish kitobi”, 1904), “Risolai jugʻrofiyai umroniy” (“Aholi geografiyasiga kirish”, 1905), “Muntahabi jugʻrofiyai umumiy” (“Qisqacha umumiy geografiya”, 1906), “Kitobat ul-atfol” (“Bolalar xati”, 1908), “Amaliyoti islom” (1908), “Tarixi islom” (1909) kabi kitoblar chop ettiradi.

Behbudiy “Samarqand” gazetasini chiqaradi. Shu yil 20-avgustdan u “Oyna” jurnalini chiqara boshladi. Jurnal Kavkaz, Tatariston, Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Turkiyagacha tarqaldi.

Behbudiy kitob nashrini ham yoʻlga qoʻyadi. Fitratning “Bayonoti sayyohi hindi”sini ruschaga tarjima qildirib, chop ettirdi (1913).

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_tarixi

1959-yilning 20-noyabrida BMT Bosh Assambleyasi "Bolalar huquqlari" nomli deklaratsiyani qabul qiladi. 1989-yilning 20-noyabrida BMT Bosh Assambleyasi yana bir muhim hujjat - "Bolalar huquqi bo‘yicha Konvensiya"ni imzolagan.

Bu kun dunyoning turli mamlakatlarida yordam va e'tiborga muhtoj bolalarga xususiy, jamoat yoki tashkilotlarning homiylik yordamlari ko‘rsatilishi bilan o‘tkaziladi.

Butundunyo bolalar kunini nishonlash hamisha davlatlar o‘rtasida tinchlikni ta'minlashga xizmat ko‘rsatib kelgan.

🔵Bizni ijtimoiy  tarmoqlarda kuzatib boring👇