Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.28K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
95 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#ona_tiliim

Abdulla Oripov o‘z qarashlarida har doim
ona tilini himoya qilib keldi.

“Men italiyaliklarga shunday savol berdim:
- Aytinglar-chi, sizlarda shamolning necha xil nomi bor? Ular ikki-uch so‘zni aytishdi. Shunda men ularga shamol, bo‘ron, dovul, yel, nasim, shabboda, sabo... deb sanab berdim. Va, nihoyat, bobomiz Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asariga tayanib so‘radim: “Sizlar necha xil yig‘laysizlar? Biz, misol uchun 19 xil yig‘laymiz. Yig‘lamoq, bo‘kirmoq, siqtamoq, bo‘zlamoq, ingramoq, o‘kramoq, faryod chekmoq..”

Bu so‘zlarning har biri har xil holatni berishini tushuntirib berdim. Shunda ular tilimizning quvvati, ifoda-qudrati, imkoniyatiga tan berishdi. “Bizning tilimiz ana shunday pahlavon, go‘zal va so‘lim til dedim”.


Bu so‘zlar millatning yig‘loqiligini emas, tafakkur darajasini ko‘rsatadi, albatta.

SO‘Z XIYOBONI (Adiblar so‘z tarifida) kitobidan.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook