Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | 18-noyabr - O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilingan kun
#18nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Forwarded from Hilola Umarova
Ayni vaqtda Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanidamiz

Hududdagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishib, muammolarni o‘rganyapmiz. Sizlarga bugun ko‘rgan, yaqindan suhbatlashgan bir qancha insonlarimni tanishtirmoqchiman.

Birinchi suratdagi inson Shoira Jumaniyozova. Tuproqqal’a tumanidagi 11-sonli maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, bir yil ichida toifasini ikki marta ko‘tara olgan, birinchi toifali, 19 yillik tajribaga ega ustoz.

Ikkinchi suratdagi qahramonimiz Farida Sapayeva. Tumandagi 13-sonli maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi. Oliy toifali, 10 yillik tajribaga ega ushbu ustozimiz 8 yildan buyon mazkur maktabga Navoiy viloyatining Zarafshon shahridan kelib ishlaydi.

Uchunchi suratdagi inson Davronbek Boltayev, taniqli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorovning ustozlaridan biri. 39 yillik tajribaga ega matematika fani o‘qituvchisi bo‘lgan bu fidoyi inson Hazoraspdan Tuproqqal’aga qatnab ishlaydi.

To‘rtinchi rasmdagi yigitcha esa 8 yoshli Rishodbek. U Davronbek akaning umidli shogirdlaridan. Hali bor-yo‘g‘i 2-sinf o‘quvchi bo‘lishiga qaramasdan maktabdagi 1-11-sinflar o‘rtasidagi shaxmat bellashuvida hamda tuman musobaqasida 1-o‘rinni egallagan.

Bu insonlar birgina tumanning ikkita maktabida men uchratgan, suhbatlashgan insonlar. Qahramonlar oramizda!

Ishchi guruhning hududlar bo‘yicha o‘rganishlari esa davom etadi.

@hilola_umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️DIQQAT, TANLOV❗️

🇺🇿Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i q'abul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan joriy yilning 15-noyabridan 20-noyabrga qadar "Muqaddasdir Vatan bayrog'i" shiori ostida o'quvchi-yoshlar o'rtasida turli yo'nalishlarda tanlov e'lon qiladi.

🇺🇿1. "Bayrog'imiz - g'ururimiz" mavzusida tasviriy san'at namunasi. (7-8-sinflar)
🇺🇿 2. "Muqaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusida insholar tanlovi (9-11-sinflar)
🇺🇿 3. "Bir bayroq ostida birlashamiz" mavzusida videoroliklar tanlovi (9-11-sinflar)

❗️Tanlov ishtirokchilari o'z ijod namunalarini ijod maktabining
https://t.iss.one/abdullaoripovyoshijodkorlar
telegram sahifasiga yuborishlari lozim.


Muddat : 2024-yil, 22-noyabr.
#Òquvchi_yoshlar_halollik_tarafdori

🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2024-yil 11-noyabrdagi xati ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida joriy yilning 1-noyabridan 1-dekabrga qadar "Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi" e'lon qilinib, darsdan so'ng turli konkurs, ma'rifiy  tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ijod maktabining sinf rahbarlari va tarbiyachilari tomonidan "O'quvchi yoshlar halollik tarafdori "mavzusida 8- sinf o'quvchilari bilan davra suhbati o'tkazildi.

 Suhbat davomida o'quvchilar jamiyat illati  korrupsiya va korrupsion hatti-harakatlarni o'z vaqtida aniqlash, uning oqibatlari haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'ldilar.    

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#tayinlov

AGENTLIK DIREKTORIGA O‘RINBOSAR TAYINLANDI

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Sevara Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

S.Shakirova ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ingliz tili fani o‘qituvchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktor kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar S.Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Agentlik jamoasi S.Shakirovani tayinlov bilan qutlab, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, soha rivoji yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Audio
#100_ta_eng_sara_asarlar #Togaraklar_faoliyati

✔️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash "to'garagi hamda Adabiyot fani o'rtasida integratsiya samarali yo'lga qo'yilib, o'zbek va jahon adabiyoti durdona asarlaridan audionamunalar yaratilmoqda.

Yasunari Kavabata
"Anor".


Fan o'qituvchisi: M.Olimjonova  

To'garak rahbari: Sh.Rajabov       

Matnni 8- sinf o'quvchisi Xalimova Durdona o'qidi.


🔵Bizni ijtimoiy  tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Dastur_ijrosi_amalda

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga "O'quvchi almashlash "dasturi bo'yicha Andijondagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari va ustozlari tashrif buyurishgan.

Bir hafta davom etadigan ushbu dastur doirasida o'quvchilar ta'lim-tarbiya jarayonida bevosita ishtirok etadilar. O'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli  tadbirlar, musobaqalar, sayohatlar rejalashtirilgan.

🇺🇿Bugun barcha sinflar o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i q'abul qilinganligining 33 yilligiga bag'ishlab "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

❇️Yakuniy xulosalarga ko'ra, 1-o'rinni "Diktatorlar" (10-A sinf), 2-o'rinni "Pifagor"(8-A sinf), 3-o'rinni "Mo'jiza" (9-"B"-sinf) jamoalari qo'lga kiritdilar.