#buyuk_siymolar
Abu Abdullo Rudakiy
✅Dunyo ilm-u adab ahlini asrlar davomida hayratga solib kelayotgan muazzam forsiy adabiyotning tamal toshini qo‘ygan Abu Abdullo Ja‘far binni Muhammad Rudakiy 858-yilda Samarqand yaqinidagi Panjro‘dak qishlog'ida tug‘ilgan. Uning taxallusi o‘zi tug‘ilgan qishloq nomidan olingan bo‘lib, rud degan cholg'u asbobi bilan bog'liqligi to‘g‘risidagi fikrlar haqiqatdan yiroq.
Rudakiyning basirligi to‘g‘risida manbalarda turli fikrlar yuradi. 1956-yilda antropolog Gerasimov Rudakiyning ko‘zi kuydirilib ko‘r qilinganligini aniqlagan.
Adabiy-tarixiy manbalar Rudakiy merosining 1 million 300 ming misraga yaqin ekanligini ko‘rsatadi. Sadriddin Ayniyning guvohlik berishicha, u o‘z she'rlaridan devon tuzgan ilk shoir hisoblanadi. Mashhur hind eposi "Kalila va Dimna" ni she‘riy tarjima qilgan.
📜Jahonning shodligi yig‘ilsa butun,
Do'stlar diydoridan bo‘lolmas ustun
🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂
📜Har kishi hayotdan olmasa ta‘lim,
Unga o‘rgatolmas hech bir muallim.