Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
1.62K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.58K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Tanlovga
#Ijodiy_tògarak_faoliyati

El shonini kuylagan shoir
(Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag'ishlanadi)


O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf o’zining qisqa, ammo mazmundor umri va ijodiy faoliyati davomida boy adabiy meros qoldirdi.Vatan ozodligi, xalq baxti,yurtning nurafshon kelajagini yonib kuylagan iste’dodli shoirning asarlari millat e’tirofiga sazovor bo’ldi va qalblardan chuqur joy oldi.Uning har bir she’ridan shoirning chin inson va jo’shqin ijodkor sifatidagi yorqin siymosi, qalb kechinmalari, hayotga va odamlarga o’zgacha mehri haqida yaxlit tasavvur hosil bo’lishi aniq.Bilasizmi,so’z bilan ko’ngil tubiga kirish mumkin. So’z bilan toshbag’irlarni eritish mumkin. Ammo, bu oson bo’lmaydi. Muhammad Yusuf esa o’z so’zi bilan xalqimiz yuragidan joy olgan, so’zi bilan haq gapni aytolgan ijodkor edi. Uning barcha she’rlari allaqachon muxlislarga yod bo’lib ketgan, ohanglarga solib qo’shiq qilib aytilgan bo’lsa hamki o’z jozibasini yo’qotgani yo’q. Chunki  uning bitgan barcha  satrlari o’zining xalqona ruhi, sodda va samimiyligi, ohanglarining sermazmun va ravonligi bilan ajralib turadi. Bunday shaffoflik, samimiylik o’quvchini o’ziga rom qiladi, tafakkur va tasavvur, xayol va hayrat olamiga yetaklaydi.
                   Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
                   Ajin tushsin yuzlariga, dog’ tushsin.
                   Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qo’llariga aso-bir tayoq tushsin.
Iymoni sog’,yuzga kirib yorug’ yuz,
To’ylar ko’rib yelkasidan tog’ tushsin.
Va jismiga so’nggi safar oldidan
O’z o’g’lining qo’lidan tuproq tushsin.
Ushbu she’rda shoir yangi g’oya yaratdi desak noto’g’ri bo’lmaydi.Chunki, bu she’r yozilishidan avval samimiy kishilarning bari har bir insonga chin ko’ngildan “doimo yasharib yuring, sochingizga oq oralamasin asnosidagi iliq tilaklar bildirishgan. Biroq  Muhammad Yusuf bu sherida bu tilaklarning asl ma'nosini qoldirib, so'zlarning qarama-qarshisiga o'zgartirgan. Biz onajonimizga dil izhori sifatida aytadigan “sochingizga oq oralamasin” gapida bu so'zlar “doimo yasharib yuring”, “uzoq umr koring” ma'nolarini anglatadi. “Tilak” nomli she'ridagi “har kimning ham sochlariga oq tushsin” misrasida ham u “ har kim yoshini yashasin”, “uzoq umr korib, keksalik davronini sursin” ma'nosini ifodalaydi. Ushbu sh'er yarim tunda Yahyo Tog'aning uyqusirab aytgan “Har kimning ham sochlariga oq tushsin” misrasi sabab bolib dunyoga keladi.
  O'zbekiston Qahramoni Said Ahmad Muhammad Yusuf haqida shunday deydi: “Muhammad Yusuf pokiza inson edi. U odamlarni o'ylatgan, kuldirgan, yig'latgan, topgan-tutganini odamlar ustidan sochgan saxiylik timsoli edi. U hammani o'ziga do'st deb bilardi. Hech kimni begona qilmasdi. Qo'lida borini do'stlariga tarqatmagunicha, cho'ntagi bo'shab qolmagunicha ko'ngli to'lmasdi. Muhammad Yusuf tez og'izga tushdi. Birorta shoir uningdek tez nom chiqarmagan, nomdor bo'lmagan. Ochig'ini aytsam, Muhammadga ko'z tegdi Aslini olganda, asl shoirlar uzoq yashamaydilar. Ammo ortidan abadiy yashaydigan meros qoldirib ketadilar. U mana shunday o'lmas meros qoldirdi. Muhammad muxlislarining yuragini o'rtab ketdi. Endi shoirning o'zi yoq. Ammo Muhammad Yusuf deb atalmish she'riyat bor! Bu she'riyat aslo zavol bilmaydi”.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Omonova Madina
     Foydalanilgan adabiyotlar:
1.  “Bevafo ko'p ekan” Muhammad Yusuf ,“O'zbekiston” 2018-yil.
2.  “Muhammad Yusuf zamondoshlari xotirasida” Muhammad Yusuf, “DAVR PRESS” 2019-yil nashri.
#Yoz_ilhomlari
#Ijodiy_tògarak

* * *
Doʻstim,
Uzoq ketma mendan yiroqqa
Ogʻzimdagi ilon qilsa ham hamla.
Hujumin qaytarar posbon tishlarim,
(Ammo abad davom etmas bu qamal).

Oʻrgimchak toʻriday nafis qalbingga
Alining tigʻidek nayzam tegmasin.
Doʻstim,
Bir panjara bilan oʻrab qoʻy
Alpomish kelbatli yurak tegrasin.

Doʻstim,
Seni sevdim Qodiriy kabi,
Soʻngsiz dushmanlaring menga ham dushman.
Sen mangu yonimda boʻlsang agarda,
Osmonni hech kimga bermas bir qushman.

Oshnolarim ichra vafosiz hamda
Men uchun havodek kerakli doʻstim!
Isming Haqiqatdir, men seni koʻrmay,
Senga gʻoyibona ishq bilan oʻsdim.

Doʻstim, uzoq ketma mendan yiroqqa...

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Boyqobilov Hikmatbek.
#Ijodiy_tògarak

Diyora Keldiyorova ( Oltin medal sohibasiga bagʻishlanadi)

Ishonchning koʼksiga shijoat tuyib,
Moviy kenglikdagi uchqur ot boʼlib,
Bugun oʻzbek nomin  olamga yoyib,
Gʻalaba muborak,ey oʻzbek qizi.

Madhiya kuy sochar yoniq qalbingda,
Hilpiraydi bayroq aziz  boshingda,
Oʻzbekning gʻururi sening qoʻlingda,
Gʻalaba muborak,ey oʻzbek qizi.

Ustoz koʼzidagi quvonchdirsan sen,
Ota-onang faxri-yu, iftixorsan sen,
Elimiz suygan farzandi ham sen,
Gʻalaba muborak,ey oʻzbek qizi.

Toʼmaris yoʼliga qadam tashlagan,
Maqsadin qoʼlidan mahkam ushlagan,
Oʻzbek qizlariga namunadir u,
Oʻzbekning oʼz qizi Diyoradir u.

              Gulsevar Umirzoqova
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi
#Ijodiy_tògarak

UMMON ICHRA GAVHAR, DUR…
(Badia)

Dars boshlandi. O‘qituvchi o‘quvchilardan Alisher Navoiy haqida fikr bildirishlarini so‘radi. Temurjon Navoiyni buyuk so‘z sultoni dedi. Lola esa uni bitmas-tuganmas xazina deb atadi. Nodira osmondagi nur sochuvchi yulduzlarga mengzadi.  Buyuk shoirga ehtirom sifatida keltirilgan ta’riflar shu qadar ko‘payib ketdiki, o‘quvchilar parta boshidan javob keltirganlari uchunmi,  hamma gaplar aytib bo‘lingandek edi, nazarimda. Shunda birdan xayolimga tinch va osuda, salobatli, to‘lqinlari mayin jimirlab turgan Ummon gavdalandi. Navoiy – Ummon dedim, birdan hayajonlanib.  Ustozimga gapim yoqdi shekilli, fikrimda davom etishimni istagandek ma’noli qaradi. Shu damda o‘zimni go‘yoki ummon ichida his qildim.
       Navoiy Ummoni! U yerda ko‘zni quvnatguvchi cheksiz xazina yotibdi. Undagi qimmatbaho injular, duru gavharlar xayolimni tortdi. “Ustoz, undagi xazina tugab qolsa-chi”, - deyman, hayratimni yashirmasdan.  Sen aslo xavotirlanma, barchaga yetadi, - dedilar ustozim miyig‘ida kulib, bu  xazina olgan sari ko‘payadi. Ustozimning bu so‘zlaridan taskin topgan ko‘nglim o‘z jomini Ummonga tutadi. Qatragina olib sipqoraman. Haqiqatdan ham, tiriklik suvi! Shunday kezda shu suvdan bebahra qolayotganlarga achinaman.
      Chindan ham, Navoiy – butun olam shoiri, koinot osmonidagi porloq yulduz, buyuklik cho‘qqisidagi so‘nmas quyosh, olam ahlining ma’naviy chanqog‘ini qondirguvchi zilol suvli buloq. U she’riyat sohibqironi!
      Navoiyning g‘azalu dostonlari qalbimni butunlay rom etib, muhabbatimni oshirdi. Go‘zal va betakror misralari xorg‘inlik ingan tanamga jon bo‘lib inganday bo‘ldi.
Ummon tubiga so‘zsiz sho‘ng‘iyman. Mana, katta ganjina topdim – “XAMSA”! Ushbu nodir namunani o‘qir ekanman, do‘stlarimning barcha ta’riflari rost ekanligiga imon keltiraman. “Hayrat ul-abror”! men uni o‘qib chiqdim! Yaxshi kishilarni hayratlantirgan bu gavhar mening ham hayratimga hayrat qo‘shdi. Uning ichidan inson odob-axloqi, yurish-turishi, muomalasi, imon-e’tiqodi borasidagi ehtiyojlarning barchasi uchun asqotadigan marjonlarni teraman.      
    “Hayrat ul-abror”dagi har bir hikoyat aziz insoningizning sizga aytmoqchi bo‘lgan bir o‘giti kabi qadrli. Undagi hikmatlar sizga islomu imondan saboq beradi.  Ular sizni go‘yoki Ayubdek to‘g‘ri yo‘lga boshlaydiki, siz undagi o‘g‘ri misol qilmishlaringizdan hijolat tortasiz. Bu esa barcha xatolaringizni tuzatish imkonini hadya etadi. Ayniqsa, Xuroson ta’rifi keltirilgan saboqlar sizni Vatanni    arzirli muhabbat bilan sevishga chorlaydi. Yana kim uning yanglig‘: “…Sening tog‘laring oldida falak ham sodda dasht kabidir”, - deya oladi.
  Ota-onamizni birdek yaxshi ko‘rib, qadrlashga undashi-chi!
      Boshni fido ayla ato boshig‘a,
      Jismni qil sadqa ano qoshig‘a.
      Tun-kuningga aylagali nur posh,
      Birisin oy angla, birisin quyosh.

    Navoiy – eng buyuk buyuk qalb sohibi sifatida tanilganki, uning saxovati oldida Hotami Toyi ham lol.
  Navoiy ijodining ohangrabosi menda she’riy hayot uyg‘otdi. Uning barhayot gulshanidan butun umr gul termoq istagim bor!
Shu qadar jo‘shib so‘zlardimki, tengdoshlarim meni jon qulog‘i bilan tinglashardi. Hamma birdan qarsak chalib yubordi.
Menga olqish olib bergan Navoiy dahosiga ta’zim!

Malika O'roqova
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi
#Tanlovga
#Eng_uluĝ_eng_aziz
#Ijodiy_tògarak

Ijodiy tanlov ishtirokchisi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Gulhayo Narzullayeva

BAHORNI KUTIB…
      Bobomdan qolgan bog‘imiz bo‘lardi… Zerikkan paytlarim boqqa chiqib aylanardim. Mana, bugun ham darsdan toliqib keldim va charchog‘imni bosish uchun o‘zimni boqqa urdim. Sim to‘siqdan shundoqqina ko‘rinib turgan qo‘shni bog‘da qo‘shnimiz  gullarni parvarish qilayotgandi. U negadir ko‘zimga har doim maxzun ko‘rinardi. Qo‘shni ayol ishga shunchalik berilib ketgan ediki,  so‘rashib o‘tay “Meni ko‘rib sal kayfiyati ko‘tarilar” deya yonlariga bordim. So‘rashgandan so‘ng  u kishiga “hali bahor kelmadi, siz uni intizorlik bilan kutarkansiz-a?” deya kulimsirab gapirdim. Qo‘shnimiz biroz sukut saqlab, gapira ketdilar: “Ayol uchun farzand sog‘inchi og‘ir ekan. Agar u qiz bola bo‘lsa, judayam qiyin. O‘g‘lim o‘qishga ketib bir oyda bir kelsa-da, qizim o‘n kungina sayohatga ketganida uni sog‘inib qolardim. Yigit kishi har yerda ham o‘zini eplay oladi. Lekin qiz bola suv, suvga tegsang loyqalanadi, qoladi. Uni eplash ham qiyin. Qiz bolaning joni qirqta bo‘lsa ham, Alloh bir marotaba yashash imkonini berar ekan. 2000-yilning yoz oylari. O‘g‘limni tug‘ilgan kunini nishonladik. Ertasiga qizalog‘imni tobi qochdi. Ko‘p yo‘talib o‘pkasini uzolmay qoldi, shifokorga olib bordim. Avvaliga oddiy shamollash deyishdi. Keyinchalik  ahvoli og‘irlashdi, yurishga ham qiynalib qoldi. Ancha kunlik tekshiruvlardan so‘ng saratonligi aniqlandi. Qizimga aytmadik. O‘sha kundan boshlab ko‘nglimga g‘ulg‘ula tushdi. Atigi olti oy umri qolgan edi. Buni undan yashirdik, lekin bizning horg‘in yurganimizni ko‘rib o‘zi aytib qoldi: “Bilaman, men o‘laman. O‘lsam ham bahorni ko‘rib o‘lsam bo‘ldi”,- dedi va o‘g‘limni yoniga borib “aka, o‘qishdan qaytguningizcha bahorni olib keling, men uni kutib turaman”,- dedi ko‘z yoshlarini yashirolmay. Oradan olti oy o‘tdi. Bahorgacha bir oylar qolgandi. Taqdir o‘yinini qarangki, qizalog‘im bu yorug‘ dunyoni tark etdi. O‘zimga kelishim qiyin bo‘ldi. Shu bog‘ga chiqib o‘zimni chalg‘itadigan bo‘ldim. Gohida osmondan uchib o‘tgan qaldirg‘ochlardan bahorni so‘rayman, nega bahorni ertachiroq olib kelmaganini aytib armon qilaman. Agar bahor tezroq kelganida qizalog‘im uni ko‘rib, o‘n ikki bahorni nishonlab ketarmidi, deya o‘ylab qolaman. Bahorni nafaqat o‘limidan oldin, balki har yili ko‘zlari to  rt bo‘lib kutardi. Bog‘dagi  bu manzaralardan nima uchun qizim bahorni kutib yashaganini bildim. Bahor sizning qalbingizga ezgulik urug‘larini sepib sizga kayfiyat ulasharkan. To‘g‘ri men ham bahorni kutib yashayman. Lekin mening qizalog‘im uni chin qalbidan kutardi. Agar hozir hayot bo‘lganida, o‘n sakkiz bahorini nishonlardi”-deya ko‘zlaridagi yoshni artdilar. Yaralarini yangilaganim uchun uzr so‘radim va uyga kirdim. O‘ylab qarasam, men bahorni u kishichalik  kutmas ekanman. Men bahorni shunchaki daraxt shoxlarini sindirib dovchalarni terib yeyish, sho‘xliklar qilish uchun kutar ekanman…
#Ijodiy_tògarak

HOVLIMIZDAGI HAYVONOT OLAMI HAQIDA MASAL


Necha yil boʻlganin bilmaymiz, ammo
Shu hovlida yashab kelyapmiz sokin.
Bilmayman, bu gʻishtlar qachon qoʻyilgan?
Bilmayman uyni qay bobom qurganin.

Bagʻrin qumursqalar yemirgan chinor
Qay bobom qoʻlidan ekilgan ekan?
Omborda qarovsiz qolgan "qora uy"
Qaysi momom sabab tikilgan ekan?

Menga ayon faqat uning buguni,
Ertaga qay holda boʻlar, bilmadim.
Bir choʻpni sindirib koʻrdim ermak-chun,
Lek nihol qadashni xayol qilmadim.

Menga koʻproq qiziq hovlimizdagi
Hasharot, hayvonlar va qushlar holi.
Bir kun koʻzim tushdi, yigʻilgan xirmon
Donalarin tashir edi chumoli.

Necha bora yaqqol koʻrdim sichqonning
Mushuk dumin tinmay yalayotganin,
Qaldirgʻochni yoqib yubormoq uchun
Kaltakesak oʻtin qalayotganin.

Eslolmam, qaysidir tunda nogahon
Devordan bir tulki oshib tushgandi.
Oshqozonidagi tovuqxonaga
Yana ikki-uchta joʻja qoʻshgandi.

Akam bilan birga bu hodisani
Jim kuzatgan edik topolib bardosh.
Oʻylardik: "Sevimli mushugimizga
Tulkilar sanalgay yaqin qarindosh".

Bobom aytgan edi: "Gʻolib boʻlmoq-chun
Jangda qalqon emas, urtoʻqmoq zarur".
Gʻolib yashamoqni istadik, demak,
Kaltakesaklarga oʻt qoʻymoq zarur!

Boyqobilov Hikmatbek
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi.
#Ijodiy_tògarak

Sog'inch


Yurak qinim toʻldirar bu his,
Abadiyga oʻxshar sevinchi. 
Hatto hech kim qoʻyolmas tashxis,                             
Oʻzgachadir vatan sogʻinchi.

Vujudimni aylagan makon,
Qaylargadir berkinib olmas.
Odamni odamga qiyoslash mumkin,                             
Vatanni Vatanga oʻxshatib boʻlmas.
                         
Ehtimol, sen, tanigan daraxt,
Oʻxshash koʻplab uning soyasi.
Gʻalatidir lekin nimadir,
Begonadir mungli nolasi. 

Sogʻinch hissi qayda boʻlmasin,
Hamroh menga, eng yaqin doʻstim.
Xoh xonamda xoh uyda boʻlsin,
Sogʻinmoqlik yomon odatim.

  Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-"A"sinf o'quvchisi Ziyodullayeva Laziza
#Ijodiy_tògarak

TARAQQIYOT GULSHANI


Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti
Yuksak ma’naviyat aks etar unda.
Ulug‘ maqsad qo‘ygan xalqning hayoti
Maftunkor qirrasin ochdi bu kunda.

Har soha bir-birin qo‘lin tutmoqda,
Marrani do‘stona zabt etmoq uchun.
Ma’rifat gulshani – O‘zbekistonning
Nomin ellar ichra taratmoq uchun.

Bizlar kelajagi buyuk avlodmiz
Orzumiz maqsadlar bilan mushtarak.
Bir kelajak hamda yagona xalqmiz,
Eng ulug‘ Vatanmiz, agar birlashsak!

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi
Amirqulova Marjona
#Ijodiy_tògarak

Hashar


Tong saharda qozonda
Osh pishadi azonda.
Chunki bugundir hashar
Hashar –  elga yarashar.

Hovlida katta yumush
Qaynagan go‘yoki ish.
Hasharchilar xo‘p shunqor
Quyishadi poydevor.

Bobom esa ularni
Ruhlantirib turibdi.
-Balli bolalarim, - deb
Rosa maqtab qo’yibdi.

Qarab turmasdan men ham
Ularga berdim yordam.
Mehnatdan tanimni ham
Juda ham sezdim bardam.

Hovlimizga fayz kirdi
Qalbimiz nurga to‘ldi.
Chunki bizning hovlida
Kattakon hashar bo‘ldi.

              Mehr

Muruvvatli bo‘lish, mehrli bo ‘lish
Har bitta o‘zbekning qonida bordir.
Kimki saxovatli – ochiqqo‘l bo‘lsa,
Shu insonga doim saodat yordir.

Mehr xazinadir, tutmangiz darig‘.
Muhtojlarga doim beringiz yordam.
Abad bo‘lsin hayot yo‘lingiz yorug‘ 
Mehrdan yashnasin bu zamin, olam!

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Muhammad Odilov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ijodiy_tògarak

🇺🇿O'ZBEKISTON BAYROG'I

Olqishlab-olqishlab munavvar tongni,
U mayin hilpirab turibdi qarang.
Bu kez termultirgan jumla jahonni,
Yurtim bayrog'ida porlar to'rt xil rang.

Hurlikni ulug'lab hilpirar mag'rur,
O'zbek iftixori-Vatan bayrog'i.
Yashaydi millatlar do'st inoq bunda,
Sajdagoh makondir,oltin tuprog'i.

Kechdi bu zamindan Manguberdilar,
Kubrolar,Temurlar shavkat-u shoni.
Bir bayroq ostida birlashdi el-yurt,
Bir bayroq ostida yashnadi zamon.

Biz bugun kuylagan erk va baxt uchun,
Bir zamon to'kilgan qutlug' qondir bu.
Ko'ksimdagi iftixor ko'zgusi bo'lgan,
Vatanim g'ururi-bayrog'imiz bu!

✍️Abdulla Oripov nomidagi Ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Umrzoqova Gulsevar
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ijodiy_tògarak

***


Moviy osmonlardan miltirab shafaq,
Aziz tongni ko‘rmoq emasmi bu baxt?
Shivirlab tunlarga dardingni aytsang,
O‘kinma, yaxshilik istabdi hayot.

  Faqat jilmay, azizam, tabassum qilgin,
Toki bu dudoqlar ilhomim bo‘lsin.
Mayli, g‘amning bori bizga kelsa ham,
Yashagan umrimiz mehrga to‘lsin.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining
11-sinf o‘quvchisi Umrzoqova Gulsevar
#Ijodiy_tògarak

G'azal

Hamid Olimjon she'riga nazira
 
“Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham yanog‘ing uzra xol bo‘lsam”
Sening hajring bilan ohlar chekib axiyri “dol” bo‘lsam.

Yuzing oftob erur senga qaray olmoq mashaqqatdur,
Agar bir bora boqsam so‘ng tag‘in mayli ne hol bo‘lsam.

Jahon kezding g‘arib ko‘nglim etib bundan-da xorroq,
Agar dengizga otlansang, sening-chun ko‘hna sol bo‘lsam.

Demasman menga tinmasdan kalom aytgin, ayo dildor,
Bu ne baxtdur rizo bo’lgum nigohingda savol bo‘lsam.

Sening yo‘lingni poylarman tun-u kunlar chekib oh-zor,
Kelib bir bora amr etsang, egib boshim qarol bo‘lsam.

Vakilman ahli junun nomidan poyingda, ey yoro,
Etardim ming shukurlar gar ayoqingda zavol o‘lsam.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Boyqobilov Hikmatbek.
#Марокли_таътил
#Ijodiy_tògarak

Navoiyga bag’ishlov

Qalbda nurafshonlik eshigin ochgan,
Nazmda g’azalning durlarin sochgan.
Mehnatsiz yuksalish yo’lidan qochgan,
Navoiy bobomni yodga oldim men.

So’zlarni sadafdek bir qator tizgan,
Ma’nolar qasrini she’rida tuzgan,
Allohga sevgisin qalamda chizgan,
Ko’ngil me’morini yodga oldim men.

Yuragim titrar har baytini o’qib,
Bobomdek men ham zar misralar to’qib.
Dilda tug’yonlarim bugun jo’sh urib,
Adabiyot ko’rkini yodga oldim men.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi
Umrzoqova Gulsevar
#Мароқли_таътил
#Ijodiy_tògarak

BAHORNI SOG‘INIB…
Kichkina bolakay ketmoqda,
Ortiga ukasin opichib.
Sovqotgan qo‘llarin yengiga,
Qari qiz-buldurug‘in yopishib.

Ukasin qo‘lida do‘ppisi,
Ichida qip-qizil, ko‘k yalpiz.
Go‘yoki, navbahor kelmoqda,
O‘lkamga taratib shirin is,

Yo‘lovchi, shoshmagin, bir nafas,
O‘pib qo‘y, bolani to‘xtatib.
Axir u hammadan ilgari,
Topibdi bahorni axtarib.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Mamatov Dilshod
#Мароқли_таътил
#Ijodiy_tògarak

...Kimni etmas bu koʻngil shaydo,
Kim sheʼr yozmas mening yoshimda.  
(O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov sheʼrini o'qib...)

  Sheʼriyatga boʻlgandim shaydo,
  Bolaligim-kichik, yoshimda.
  Ajib tuygʻu boʻlgandi paydo,
  Murgʻak qalb-u, jajji boshimda.

  Sheʼriyatning sirli jilvasi
  Aks etgandi har qaroshimda.
  Tovlanardi kulgularim ham,
  Gʻamga choʼmsam tomchi yoshimda.
  
  
   Yozganlarim oʻqirdim burro,
   Munis onam turar qoshimda.
   Kimni etmas bu koʻngil shaydo,
   Kim sheʼr yozmas mening yoshimda.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi
Hamidova Munisa