Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ChSB_imtihonlari
#Ayni_vaqtda 🔴
🔰Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi Ijod maktabida 1-chorak yakuni bo'yicha ona tili, adabiyot, ingliz tili, tarix, matematika fanlaridan ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari oʻtkazilmoqda.
📚Choraklik summativ baholash savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Agentlik oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
✅ Ayni vaqtda ijod maktabida barcha 7-11-sinflarda matematika fanidan imtihonlar bo'lib o'tmoqda.

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Sherzod Karimov Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi
Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida tashkiliy masalaga doir yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova hamda vazirlik mutasaddilari ishtirok etdi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori oʻqib eshittirildi. Unga koʻra hozirga qadar Vazirlar Mahkamasi “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti Yoshlar siyosati, maktabgacha va maktab taʼlimi, sogʻliqni saqlash va maʼnaviyat masalalari boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan Karimov Sherzod Abdurasulovich Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlanganligi maʼlum qilindi.
Sherzod Karimov uzoq yillar davomida taʼlim tizimida, xususan, 2018-2024-yillarda Vazirlar Mahkamasining taʼlim va ijtimoiy yoʻnalishlariga doir qator masʼul lavozimlarda ishlagan.
Yigʻilish soʻnggida vazirlik jamoasi Sherzod Karimovga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#Kun_hikmati
🗓 Ko‘ngillarning sururi - ilmdandur!
Ko‘rar ko‘zlarning nuri - ilmdandur!
Kerak har ilmdan bo‘lmak xabardor,
Bo‘lur har qaysi o‘z vaqtida darkor!
Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat
🗓 Ko‘ngillarning sururi - ilmdandur!
Ko‘rar ko‘zlarning nuri - ilmdandur!
Kerak har ilmdan bo‘lmak xabardor,
Bo‘lur har qaysi o‘z vaqtida darkor!
Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat
#Ijodiy_tògarak
TARAQQIYOT GULSHANI
Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti
Yuksak ma’naviyat aks etar unda.
Ulug‘ maqsad qo‘ygan xalqning hayoti
Maftunkor qirrasin ochdi bu kunda.
Har soha bir-birin qo‘lin tutmoqda,
Marrani do‘stona zabt etmoq uchun.
Ma’rifat gulshani – O‘zbekistonning
Nomin ellar ichra taratmoq uchun.
Bizlar kelajagi buyuk avlodmiz
Orzumiz maqsadlar bilan mushtarak.
Bir kelajak hamda yagona xalqmiz,
Eng ulug‘ Vatanmiz, agar birlashsak!
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi
Amirqulova Marjona

Hashar
Tong saharda qozonda
Osh pishadi azonda.
Chunki bugundir hashar
Hashar – elga yarashar.
Hovlida katta yumush
Qaynagan go‘yoki ish.
Hasharchilar xo‘p shunqor
Quyishadi poydevor.
Bobom esa ularni
Ruhlantirib turibdi.
-Balli bolalarim, - deb
Rosa maqtab qo’yibdi.
Qarab turmasdan men ham
Ularga berdim yordam.
Mehnatdan tanimni ham
Juda ham sezdim bardam.
Hovlimizga fayz kirdi
Qalbimiz nurga to‘ldi.
Chunki bizning hovlida
Kattakon hashar bo‘ldi.
Mehr
Muruvvatli bo‘lish, mehrli bo ‘lish
Har bitta o‘zbekning qonida bordir.
Kimki saxovatli – ochiqqo‘l bo‘lsa,
Shu insonga doim saodat yordir.
Mehr xazinadir, tutmangiz darig‘.
Muhtojlarga doim beringiz yordam.
Abad bo‘lsin hayot yo‘lingiz yorug‘
Mehrdan yashnasin bu zamin, olam!
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Muhammad Odilov

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев Навоий шаҳридаги 22-сон умумтаълим мактабида бўлди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил общеобразовательную школу №22 в городе Навои.
#Mirziyoyev #safar #Navoiy #maktab
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил общеобразовательную школу №22 в городе Навои.
#Mirziyoyev #safar #Navoiy #maktab
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X