Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.62K subscribers
11.7K photos
1.21K videos
96 files
3.59K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Forwarded from Azizbek Norov
#Halima_Xudoyberdiyeva_tavalludining_75_yilligi
#Mushoira_kechasi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlab, Qarshi shahar axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari - D.Shodmonova va M.Olimjonovalar tomonidan tadbir o‘tkazildi.
🎞 Dastavval H.Xudoyberdiyeva hayoti va faoliyati haqida yaratilgan hujjatli film namoyishi o'tkazildi.
📝 O‘quvchilar shoiraning hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar berishdi.
✏️ H.Xudoyberdiyeva hayoti va faoliyati yuzasidan mushoira va viktorina o‘tkazildi.
📚 Shuningdek, ijodkor-o‘quvchilar shoira ijodiga bag‘ishlangan o‘z ijodlaridan namunalar keltirishdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati
#Ijodiy_uchrashuv
#Mushoira_kechasi

Qarshi shahridagi Sayido Nasafiy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo'limi hamkorligida "Nasaf oqshomlari"mushoira kechasi tashkil etildi.
🔰 Unda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o'rinbosari G'ayrat Majid ,taniqli yozuvchi Nurali Qobul, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bo'lim boshlig'i Farog'at Xudoyqulova va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining bir guruh ijodkor o'quvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirni Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari G'ulom Abdiyev olib bordi.
  ⚡️ Mushoira kechasida ijodkorlar kitobxonlarni qiziqtirgan ko'plab savollarga javob berdilar va o'z ijodlaridan namunalar o’qidilar. 📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram