Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.3K subscribers
11.8K photos
1.22K videos
96 files
3.61K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Ota_onalar_kuni

Abdulla Oripov nomli ijod maktabida o'quvchilar hayoti, ularning III-chorakda qo'lga kiritgan yutuqlari, barcha fanlardan o'tkazilgan monitoring natijalari bo'yicha ota-onalar yig'ilishi o'tkazildi.
❇️7-11-sinflarda mavjud muammolarni aniqlash va o'zaro hal qilishga erishish, ota-onalar va sinf rahbarlari, tarbiyachi-pedagoglar o'rtasida doimiy hamkorlikni ta'minlash maqsadida o'tkazilgan majlisda ota-onalar o'z takliflarini bildirdilar.
❇️Ijod maktabida so'nggi oylarda o'quvchilar tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar haqida tayyorlangan videolavha namoyish etildi. Maktab direktori U.Oripov Iste'dodli va iqtidorli o'quvchilarning ota-onalariga tashakkurnoma bildirdi.
❇️Shu kuni ota-onalar maktabdagi fan va ixtisoslashtirilgan to'garaklar faoliyati bilan tanishdilar. Ota-onalar uchun yangi sahnalashtirilayotgan spektakl lavhalari, musiqali chiqishlar taqdim etildi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
http
#Ota_onalar_kuni
#Maʼrifat_ulashib

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ota-onalar yig'ilishi hamda "Farzandimga kitob sovg'a qilaman!" aksiyasi o'tkazildi.

🔰Yig'ilishda maktab rahbariyati tomonidan o'quvchilarning 3-chorak natijalari aytib o'tilib, asosiy vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, har bir sinf rahbarlari tomonidan o'quvchilarning fanlardan o'zlashtirishi tanqidiy tahlil etildi, yutuqlar e'tirof etildi. Fan o'qituvchilarining fikrlari tinglandi.

Tadbir davomida ota-onalar Xonatlas festivali, Musiqa to'garagining iste'dodli a'zolari tomonidan ijro etilgan badiiy-musiqiy kompozitsiyalardan ham bahramand bo'ldilar.
#Ota_onalar_kuni
#7_ustuvor_yònalish

Joriy yilning 30-sentyabrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi institutning yangi binosida o'qituvchi va murabbiylar bilan muloqot o'tkazdilar.Ta'limdagi 7 ustuvor yo'nalishni belgilab berdilar.

Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida davlatimiz rahbari tomonidan  belgilab berilgan vazifalar yuzasidan "Ezgulik, bilim va ma'rifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yo'lini to'saylik!" shiori ostida Ota-onalar bilan muloqot o'tkazildi.

Ijod maktabi direktori Y.Djamalova ota-onalarga murojaatnoma o'qib eshittirdi.

Shu kuni ota-onalardan so'rovnoma olindi va har bir sinf rahbari hamda tarbiyachilar tomonidan o'quvchilarning fanlarni  o'zlashtirishi, odob-axloq qoidalari, maktabning ichki tartib qoidalari bo'yicha kerakli ma'lumotlar berildi.