Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.61K subscribers
11.7K photos
1.21K videos
96 files
3.59K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi

Abdulla Oripov

ONA SAYYORA


Qarshimda yer sharin surati turar
Salmogʻi Quvaning anoricha bor.
Tim qora osmonda porlab koʻrinar,
Shu jajji sayyora koʻrkam, ulugʻvor.
Unga boqamanu ushlayman yoqa,
Nahot shu koʻrganim rost boʻlsa, nahot?
Nahotki yerimiz shu kichik soqqa ?
Nahotki biz shunga jo boʻlsak, hayhot!..
Ummonlar koʻrinar qatra yosh misol,
Chigit uvogʻicha kelmas togʻlar ham.
Qitʼalar, dengizlar aftoda bir hol,
Bari bir nuqtaga boʻlib olmish jam.
Nabilar, rasullar, dohiylar unda,
Qabrlar, qasrlar turgandir qator.
Balki xuv koʻringan moviy toʻlqinda
Suv ichgan goʻdakning naasi ham bor.
Quloqqa chalinar otlar dupuri,
Sor burgut oʻzini oʻljaga urar.
Sharqda choʻpon yoqqan gulxanning nuri
Shimol sayhiga koʻrinib turar.
Ana, Himoloyning bagʻrida bir qiz,
Yelkada koʻzasi - borar buloqqa.
Sohilda uchrashdi ikki qalb yolgʻiz,
Shivir-shivirlari kelar quloqqa.
O, ona sayyora, kurrai qutlugʻ,
Samodan suvrating ilk bora koʻrdim,
Havoyi bir xayol sehri emas, yoʻq,
Farzand mehri bilan men boqib turdim.
Kun kecha emasmi, xislating sanab,
Sheʼr yozib yurardim senga parvona.
Bu kun suvratingga soʻzsiz bosdim lab,
Shu senmi, yolgʻizim, shu senmi, ona...
Falakda bir oʻzing turibsan hayron,
Nahot sen boʻlmasang bunchalar tanho,
Sinnangga yopishgan farzanding - inson
Beva bagʻridagi yetimday goʻyo...
Qayga ketmoqdasan bunchalar shoshib?
Orom istaysanmi koʻkda ovora?
Balki farzandingni koʻksingga bosib
Yigʻlab ketmoqdasan, ona sayyora...
Farzandlaring bordir sonsiz-sanoqsiz.
Vo ajab, qadringni gohida bilmas.
Ular-ku qoshingda changday salmoqsiz,
Lekin bagʻringga ham siqqisi kelmas.
Osmon torlik qilgan gala chumchuqdek
Makon talashadi goho betartib.
Sen-chi, mehvaringda aylanasan tek,
Yaxshi-yu yomonni yelkangda ortib.
Sening yuragingda laxta-laxta qon,
Siynang nimalardan boʻlmagan pora.
Qaygʻu-hasratlaring barchasi ayon,
O, buncha dardkashsan, ona sayyora.
Sen hozir suratsan koʻzim oʻngida,
Eshita bilmassan soʻzimni balkim.
Bir zumlik bezovta oʻylar soʻngida
Yana ruxsoringga tikilaman jim.
Bir yonda lojuvard Bahri Muhit bor,
Bir yonda zaʼfaron Sahroi Kabir.
Bir yonda oq sochli togʻlar purviqor
Sening toleingga oʻqiydi takbir.
Ellar toʻzgʻib yotar gul yaprogʻidek,
Bir yon shoh-u gado, bir yon doʻst, gʻanim.
Bir yonda xayoliy Eram bogʻidek
Buyuk va betimsol mening Vatanim.
U mening koʻzimda hilolday mahvash,
Oftob kelar faqat uning qoshiga.
O, ona sayyora , bagʻringni poklash
Mening vatanimning tushgan boshiga.
Uning quchogʻida gʻamdan yoʻq nishon,
U yerda tentimas iblis xayoli.
U yerda doʻstlikni ulugʻlab inson,
Takallum qiladi qumri misoli.
Yillar oʻtar, balki oʻtar koʻp zamon,
Yer yuzi chulgʻanar baxtga, chamanga.
Agar dardlaringga boʻlolsa darmon,
Ruhim fido boʻlsin shunday vatanga.
Men ham bir oʻgʻlingman, ona sayyora,
Bagʻring men uchun ham xoki pok boʻlsin.
Toleing toabad boʻlmasin qora,
Manglaying oq boʻlsin, yarqiroq boʻlsin.

1969


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Adabiyot_haftaligi
#Toʻgarak_faoliyati

Извини, мой стих


Прости меня, прости, стих мой
Я устал, вянул пройдя годы.
Бывают моменты, когда я не твой
Не мог защитить тебя, увы!

Когда воды мало -- выкопал колодец,
Успеха добился -- стал молодец.
Люди утопили меня и там
В тот колодец, который копал сам.

Kechir, she'rim

Kechir she'rim, kechirgin meni
Yillar o‘tib, charchadim, toldim.
Shundau paytlar bo‘ladiki, seni
Muhofaza qilolmay qoldim.

Quduq qazdim, suv tanqis damlar,
Erishdim ham balki yutuqqa
Cho‘ktirdilar lekin odamlar
O‘zim qazgan o‘sha quduqqa.

✍️Ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Jahongirova Gulsanam tarjimasi


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi

IJOD MAKTABI O'QUVCHILARI ABDULLA ORIPOV TUG'ILIB O'SGAN YURT BO'YLAB SAYOHAT QILISHDI


🔰 Neko'z - Koson tumanidagi shoir tugʻilib o'sgan qishloq, kindik qoni toʻkilgan makon. “Nekoʻz” moʻjazgina qishloq boʻlib, shoirning bolalik damlari kechgan, unga ilhom baxsh etgan soʻlim maʼvo bagʻridagi joy.

📚Bugun "Adabiyot haftaligi" doirasida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning Qarshi shahrida istiqomat qilgan uy va tahsil olgan Koson tumanidagi Neko'z qishlog'iga sayohat uyushtirishdi.

✔️Ularga ijod maktabining muzey xodimi Feruza O'roqova, tarbiyachilar - Ma'mura Samadova, Bahodir Berdiyev, Tursunova Lobarlar hamrohlik qilishdi.

❇️ Dastavval o'quvchilar Qarshi shahridagi Abdulla Oripov yashagan uyda bo'lishdi, so'ng tahsil olgan 44-maktab va u yerda Abdulla Oripov hayoti hamda ijodidan so'zlovchi muzeyda bo'lishdi.

O'quvchilar ushbu sayohatdan olam-olam taassurot olishdi. Bu sayohat shoir ijodini yanada o'rganishga chorlaydigan jarayon bo'ldi.

Bir haqiqat mavjud - isteʼdod sohibini dastavval, qishlogʻi mashhur qilsa, u xalqqa manzur boʻlgandan keyin, qishlogʻining dovrug'ini yoyadi. Biz Nekoʻz, Abdulla Oripov o'qigan maktabni izlab borganimizda Abdulla Oripovni qishlogʻi qayerda deb soʻrasak, yetti yoshdan yetmish yoshgacha darhol koʻrsatishdi. Bu chinakam baxt emasmi? Nekoʻz hayratimiz sababigina emas, balki u yerda Abdulla Oripovning ruhi kezib yurgandek, bir-biridan ajib she'rlarini so'zlab yurgandek tuyuladi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram|web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi

Abdulla ORIPOV


Koʻpdan kutgan edim orziqib, mana,
Bulutlar tarqaldi toʻkishib koʻz yosh.
Xayolim osmonday yorishdi yana,
Yorugʻ kunlarimday porladi quyosh.
Shoshqin daryolarning zangordir labi,
Shamollar oʻynaydi yiroq-yiroqda.
Yurgil, sayr etaylik, yurgil, malagim,
Dunyo tashvishlari qolsin uzoqda.
Koʻryapsanmi, qanday yasharmish olam,
Beparvo goʻdakday jilmayadi jim.
Goʻdagim, bu chiroy qaytmaydi hecham,
Qaytmagani kabi mening yoshligim.
Bugun bosh ustingda yashnagan yaproq
Shovullab toʻkilar erta poyingga.
Bu uchqur yoʻlovchi solmaydi quloq
Sening iltimosing, sening raʼyingga.
Xazonli avgustning biror oqshomi
Uni koʻrarsanmi tushingda takror?!
Mayliga, oʻzgadir kuzning ilhomi,
Bugun-chi koʻz tashla: atrofda bahor!
Qani, qoʻlginangni bergil jimgina,
Shu maʼsum yoʻlchiga qoʻyaylik ixlos.
Shoirlar aldaydi bizni, jonginam,
Bahor doim emas, uch oydir, xolos...

1965

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram|web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi

“HURRIYAT” gazetasining 2021-yil 4-avgust 32-sonidan:

AKMAL SAIDOV.
AKADEMIK.

“QIZGʻALDOQ BARGIDEK UCHAR DILDAN GʻAM...”
yoki Abdulla Oripov ijodining falsafiy talqini


1321-yil, 1441-yil, 1941-yil va 2021-yil. Bu sanalar nimani anglatadi? Ularning bir-biriga qanday bogʻliqligi bor?

1321-yilda – jahon adabiyoti namoyandasi, buyuk shoir va olim, siyo­satchi hamda faylasuf, Italiya adabiy tilining asoschisi Dante Aligyeri “Ilohiy komediya” dostonini yozib tugatgan.
1441-yilda – ulugʻ shoir va mutafakkir ajdodimiz, oʻzbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy hazratlari tavallud topgan.

1941-yilda – Oʻzbekiston Qahramoni, Xalq shoiri, Oʻzbekiston Res­publikasi Davlat madhiyasining muallifi Abdulla Oripov tugʻilgan.

2021-yilda – “Ilohiy komediya” dostonining 700-yilligi, Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi va Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi keng nishonlanmoqda...

Modomiki, Abdulla aka, bir tomondan, Navoiy hazratlaridan soʻng oʻzbek sheʼriyatidagi eng mashhur va margʻub shoir sifatida eʼtirof etilgani, ikkinchi tomondan, sevimli shoirimiz “Ilohiy komediya” dostonining tarjimoni ekani nazarda tutilar ekan, ushbu sanalar oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik yanada oydinlashadi.

Sodda qilib aytganda, joriy yilda Alisher Navoiy bobomizning 580-yilligi bilan “Ilohiy komediya” dos­tonining 700-yilligi bayramlari chorrahasida Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi keng nishonlanayotgani shunchaki tasodifdan koʻra, ilohiy qonuniyatga koʻproq oʻxshaydi, nazarimizda.

Taniqli adabiyotshunos olimlar Ilhom Gʻaniyev va Nodira Afoqovaning 2021-yilda “Muharrir” nashriyoti tomonidan chop etilgan “Abdulla Orif falsafasi” kitobini mutolaa qilish asnosida, bu fikr bejiz emasligiga yana bir bor amin boʻldik. Binobarin, Ustoz shoirimiz ruhi poklariga bagʻishlangan ushbu adabiy-ilmiy asarda mualliflar oʻzlarining qariyb oʻttiz yillik tadqiqotlari natijalarini jamlabdilar.

Bu yil Abdulla Oripovning qutlugʻ toʻyi bahona boʻlib, turli nashriyotlar tomonidan shoir asarlaridan namunalar, uning hayoti va ijodiga doir bir qancha yangi kitoblar chop etildi. Oʻz navbatida, I.Gʻaniyev va N.Afoqovaning ushbu kitobi shoir ijodini ichdan nurlantirib, elga manzur qilib turgan qirralar, badiiy soʻz qudrati, milliy his-tuygʻular va umumbashariy gʻoyalar, jaydari falsafalar, serqatlam maʼnolar, metaforik obrazlar inson taqdiri, davr, ilohiy taʼlimotlar bilan uygʻunlikda tahlil va talqin etilgani bilan alohida ajralib turadi.

Avvalo, mualliflarning oʻzlari tahlil va talqin etgan har bitta muhim voqea-hodisaga bergan taʼriflari qisqaligi, aniqligi va nihoyatda taʼsirchan mazmunga egaligi bilan eʼtiborimizni tortdi. Mualliflar qayd etish­laricha, “ijod – bu kashfiyot, yaratish zavqi, oʻz-oʻzini anglash, namoyish qila bilish, oʻz haqiqatiga oʻzgalarni ishontirish va ergashtirish, butun bir muhitni oʻzgartirishga intilish qudrati, ilohiy ilm va zehn, olam va odamni ichdan chuqur bilish sanʼati hamda masʼuliyati. Abdulla Oripovning oʻz taʼbiri bilan aytganda, ehtiyoj farzandi”.
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan haftalik doirasida “Yuniy lingvist” rus tili fan to'garagining navbatdagi mashg'uloti Abdulla Oripovning jahon adabiyotiga qoʻshgan hissasi, uning ijod namunalarini rus tilidagi tarjimalari mavzusiga bag'ishlandi.

📚To'garak rahbari Gulandom Xonkeldiyeva tomonidan o'quvchilar tarjimon-shoirlar - A.Naumov va A.Faynberg tomonidan rus tiliga tarjima qilingan Abdulla Oripov she'rlari bilan tanishtirildi.

Oʻquvchilarning ham tarjima yo'nalishidagi ishlari tahlil etildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram|web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi

“HURRIYAT” gazetasining 2021-yil 4-avgust 32-sonidan:

AKMAL SAIDOV.
AKADEMIK.

“QIZGʻALDOQ BARGIDEK UCHAR DILDAN GʻAM...”
yoki Abdulla Oripov ijodining falsafiy talqini


DAVOMI
...

Shu maʼnoda, mualliflar Abdulla Oripov ijodining turfa yoʻnalishlari — sheʼriyat, tarjima, adabiy tanqid, publitsistika, jamoatchilik faoliyatiga teran nazar solgan holda, shoirning dunyoviy va ilohiy fanlardan ham, insoniyat tarixidan ham, jahonning koʻplab xalqlari adabiyotidan ham chuqur boxabarligini koʻra bilganlari har tomonlama asoslidir. I.Gʻaniyev va N.Afoqovaning Abdulla Oripov ijodiga bagʻishlangan yangi kitobiga xos bir qator juda muhim va betakror xususiyatlar bu fikrimizni tasdiqlaydi.

Birinchidan – kitobda Abdulla Orif falsafasi, mualliflar iborasi bilan aytganda, “Orifona falsafa” ishonchli negizlarda yorqin ochib berilgan. Zero, “shoirning har bir sheʼrida poetik umumlashma — sharqona donishmandlik, hikmatnavislik, pandnoma, jaydari falsafa mavjud”.

Alisher Navoiy hazratlari Insonga taʼrif berar ekan, “Haq sirri zotida pinhon” deb qayd etgani bejiz emas. Oʻz navbatida, Abdulla Oripov Insonning mohiyatini muxtasar shunday ifodalagan:

Koinot gultoji insondir azal,
Undadir eng oliy tafakkur, amal.
Hatto u tubanlik ichra ham tanho,
Yo falak, ijoding buncha mukammal.


Mualliflar taʼbiri bilan aytganda, Abdulla Oripov ijodida inson obrazining tadrijini tekshirish shoirning nafaqat badiiy-falsafiy qarashlari, balki qalbida kechgan ijodiy evrilishlar kardiogrammasini aniqlashtirish imkonini beradi. Eng muhimi, Abdulla Oripov sheʼrlarining maxzanida soʻz sehri va qudratiga cheksiz ishonch oʻz mujassamini topgan.

Shoir nazdida samimiy, chin va adolatli soʻz dunyoni oʻzgartirishga, kulfatlarga qalqon boʻlish va madaniy olamni birlashtirishga qodir. Abdulla akaning sheʼriy misralarida bezovta qalb iztirobi, isyon va oʻtli nafasi, toʻlib turgan millat dardi, kelajakning goh achchiq sogʻinchi zuhur etib turganini koʻramiz. Binobarin, mavlono Jaloliddin Rumiy lutf etganlaridek, “soʻzda ruh bor”.

Ikkinchidan — kitobda Abdulla Oripov ijodida ustuvor ahamiyat kasb etgan borliq va uning Yaratuvchisi, tabiat va inson munosabatlari, umrning mazmuni, olamning siri, zamon va makon, Vaqt, aql va idrokning dunyo va odamning mohiyatini anglash jarayonidagi oʻrni, har bir voqelikning sabab va oqibati kabi muammolar qiziqarli, mantiqiy tugal va ilmiy asoslangan tarzda tahlil etilgan. Tahlil xulosasi shuki, shoir sheʼrlarida tafakkur va hukm-mulohaza oʻrtasida oʻzaro munosabat, uzviy bogʻlanish bor.

Uchinchidan — kitob mualliflari daho ijodkorning xalqqa boʻlgan munosabati, yaʼni xalqparvarligi va millatsevarligini oʻziga xos sohir bir mahorat bilan talqin etgan. Ularning fikricha, Abdulla Oripovning bitganlari shunchaki baytlar yoki baytlar majmui emas. U oʻz asarlarida izchil ravishda xalqning qudratli timsolini yarata oldi. Bu timsolda Fitrat iztiroblarining zardobi, Choʻlpon ishonchining tadriji, Oybekning jimjit oʻkinchlari, Gʻafur Gʻulom iftixorining gulduroslari, Mirtemirning mayin lirizmi, Shayxzoda tafakkurining dahosi mubolagʻasiz mujassamlashgandir”.

Abdulla Oripovning muhabbat, hijron, ona, bahor haqidagi sheʼrlaridan tortib, oʻz davrida ruhiy tutqunlik — erksizlikka qarshi milliy birlik, kurashga chorlagan isyonkorlik ruhidagi sheʼrlarigacha, yaʼni xalqimiz koʻpini yod biladigan ana shu nodir nazm javohirlarini I.Gʻaniyev va N.Afoqova “xalqnoma” degan ibora bilan ifodalar ekan, ushbu sheʼrlarda juda muhim, takror-tak­ror tilga olingan alohida bir mavzu ham borligiga eʼtibor qaratgan.
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi

ABDULLA ORIPOV


MEN SHOIRMAN, ISTASANGIZ SHU…

Men shoirman, istasangiz shu,
Oʻzimniki erur shu sozim.
Birovlardan olmadim tuygʻu,
Oʻzgaga ham bermam ovozim.
Men kuylayman goh dilda kadar,
Goh sevinib sheʼr toʻqiyman men.
Tinglamasa oʻzgalar agar,
Oʻz-oʻzimga sheʼr oʻqiyman men.
Men kuylayman ushbu olamda
Inson boʻlib tugʻilganimni.
Men kuylayman baʼzan alamda
Yigʻlab-yigʻlab boʻgʻilganimni.
Men kuylayman bu olam aro
Magʻrur turgan xalqimni faqat.
Men kuylayman oʻtmishning qaro
Zulmatida yoʻqligin shafqat.
Kerak boʻlsa, amr etsa yurak,
Keltirurman umrimga imon.
Mening uchun na taʼzim kerak,
Na holvaytar kabi shuhrat-shon.
Shaydo boʻlib yurganda birdan
Xayolimga tashlamang kamand.
Mijgʻov va past, gʻiybat gaplardan
Jajji sheʼrim qoʻyurman baland.
Xayol kabi keng erur olam,
Mayda gapni koʻtarmagay sheʼr.
Kerak boʻlsa mening uchun ham
Javob berar bobom Alisher.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi

📚 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Adabiyot haftaligi" doirasida sinflar va to'garaklarda ham o'qituvchilar tashabbusi bilan O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov ijodi yuzasidan bir qator tanlovlar o'tkazilmoqda.

Xususan, rus tili fani o'qituvchisi Gulandom Xonkeldiyeva tomonidan 8-sinflar o'quvchilari o'rtasida "Лучший чтец" tanlovi o'tkazildi. Unga ko'ra, o'quvchilar Abdulla Oripovning rus tiliga tarjima qilingan asarlarini ifodali o'qish, tarjima qilish mahorati bo'yicha o'zaro bellashishdi.

🏆 Tanlov g'oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi
#Ijodiy_tògarak_faoliyati

ABDULLA ORIPOVNING "AYOL" SHE'RIGA NAZIRA

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan chekkanda yohu.
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
O'n to'qqiz yoshida beva qoldi u.

Baxtning bir tomchisin etolmasdan his
Ma'sum,qaro ko'zlari yo'lga ravona
Yolg'iz bu boshiga tushgan dardlarni
So'yladi beshikka tunlar pinhona

Mehrsiz yo'llarda kezib u sarson
Endi,tushlarida yorin ko'radi
Sabru matonatga o'rab bu boshni
Jimgina taqdirga ko'nib qo'yadi.

Ey,fitnasi bitmas yolg'onchi hayot
Oxiri bormi ayt qaro yo'llaring
Shuncha qiynaganing yetmasmi axir
U ham mushfiq bir zot,sog'ingay mehr

Yillar ham o'tmoqda kutmay bir fursat
Maxzun bu kunlarin o'tkazdi ayol
Agar bo'lsa senda jindekkina his
Farzandin baxtiga aylagil omon.

Nahotki ishq bo'lsa buncha berahm
Nahot ayol vafosi shunchalar go'zal
Sengadir qalbdagi cheksiz hurmatim
Qahramon yorining sodiq bevasi

Sizchi,ey sadoqat shevasi unut
Nolishlar bag'rida qolganlar ayting
Barmoqlarin tillo zarga to'ldirib
Chiroyning ortidan quvganlar ayting

Shum taqdir to'zg'itgan qaro sochlarin
Shu o'tli nigohin rost so'zi deya
Aytingchi ne bilan o'lchangay vafo
Agar siz bo'lganda,kutarmidingiz?

Yuzlari shafaqdan husn olganlar
Ko'rkiga jayron ham hayrona ayol
Gar yoningda suyanch tog'ing bo'lmasa
Nega ham yarardi o'tkinchi chiroy

Sen Alloh yaratgan ijodsan ayol,
Go'zallikning tamal toshi ham senda
Sen kimgadir yor, kimgadir ona
Asli, boring uchun azizsan ayol.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Umrzoqova Gulsevar