Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Ehtirom
#She’riy_to’plam_turkman_tilida
#Hamkorlikdagi_tadbir
2021-yil 15-may kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O’zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning “Men nechun sevaman O’zbekistonni?” she’riy to’plamining turkman tilidagi tarjimasi kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi.
Tadbirda Respublika madaniyat markazi raisi o’rinbosari Guldana Abezdurdiyeva, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi yetakchi mutaxassisi Iroda Negmatullayeva, QarDU professori, senator A.Erkayev, professor Boynazar Yo'ldoshev, Abdulla Oripovning umr yo’ldoshi Xanifa Mustafayeva, shoirning qizi Shoira Oripova, viloyat Yozuvchilar uyushmasi raisi O’.Haydar, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi mutaxasisilari, professor, “Abdulla Oripov falsafasi” kitobi muallifi Ilhom G’aniyev, Respublika turkman milliy madaniyat markazi Qashqadaryo viloyat bo’limi rahbari Umrzoq Quvvatov hamda respublika ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va muxbirlar ishtirok etdilar. Tadbirni Qashqadaryo viloyati hokimi o’rinbosari Rustam Yo’ldoshev ochib berdi. Tadbirda tarjima kitob muallifi Jumadurdu Akiyev so’zga chiqib, ijod maktabi o'quvchilariga o'z tarjima kitobini taqdim etdi. Tadbirda QarDU da tahsil olayotgan turkman talabalari, ijod maktabi o’quvchilarining badiiy chiqishlari, kuy- qo’shiqlar barchaga xushkayfiyat baxsh etdi. Tadbir respublika, viloyat OAV lari tomonidan tasvirga olindi va keng yoritildi.
#Kitob_taqdimoti
#Hamkorlikdagi_tadbir

2021-yil, 24-may kuni Abdulla Oripov nomidagi Ijod maktabida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi, viloyat Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Xalqaro Pedagogika Akademiyasining muxbir a'zosi, filologiya fanlari doktori Boynazar Yo'ldoshevning "Qashqadaryo adiblari" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda QarDU professor-o'qituvchilari B. Yo'ldoshev, N. Shodmonov, X. Jabborov, Sh. Karomova, N.Umarova, voha ijodkorlari, faxriy Ustozlar ishtirok etdilar. Ijod maktabi o'quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur barchaga ko'tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir tafsilotlari OAV, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi.
#Mahorat_darsi
#Hamkorlikdagi_tadbir
#Ona_tilim_faxrim

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi hamda Qarshi yuridik texnikumi talabalari hamda ijod maktabi o'quvchilari ishtirokida O'zbek tilida Davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Filologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar Vazira Nafasova, Nilufar Yo'ldosheva, Zoira Rahmatova tomonidan "O'zbek tilshunosligining dolzarb vazifalari", " O'zbek adiblari ona tilimiz haqida"mavzularida o'tilgan dars barchani bahs-munozaraga chorladi. Tadbir doirasida talabalar va ijod maktabi o‘quvchilari o'zbek tilini sharaflovchi badiiy kompozitsiya ijro etdilar. Notiqlik, so'z mas'uliyatiga oid intellektual o'yin tarzida o'tkazilgan mashg'ulot ishtirokchilarga katta taassurot qoldirdi.

@abdullaoripovmaktabi
#Hamkorlikdagi_tadbir

O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa va harbiy havo kuchlari tasarrufidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabi bilan hamkorlikda tadbir òtkazildi.


❇️ "Abdulla Oripov merosi - bebaho xazina" mavzusidagi ma'rifiy tadbirda ijod maktabining o'quvchilari, harbiy xodimlar, ota-onalar ishtirok etdilar.

✳️Tadbir ishtirokchilari Abdulla Oripov muzeyiga tashrif buyurib, shoir hayoti va faolyatiga doir qimmatli ma'lumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

🔰Ijod maktabi òquvchilari tomonidan Abdulla Oripovning vatan, ona, tabiat, umuminsoniy ģoyalar uluģlangan she'rlaridan namunalar òqildi.

👉t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
#Harbiy_qismda_bir_kun
#Hamkorlikdagi_tadbir
#Dastur_ijrosi

🔰Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan taqdim etilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda tizimli ma'naviy tarbiyani yo‘lga qo‘yishga qaratilgan "Ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturi" ijrosini ta’minlash, shuningdek, o‘quvchilarida Vatanga sadoqat, mardlik va jasurlik xislatlarini tarbiyalash maqsadida harbiy qismlar va harbiy ta’lim muassasalari bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

🏫Shu maqsadda, maktabning harbiy chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash rahbari Otabek Ahmedov rahbarligida o‘quvchilarning “Harbiy qismda bir kun” tadbiri davomida DXX chegara qo‘shinlariga qarashli 9205-sonli harbiy qismga tashrifi uyushtirildi. Tashrif davomida o‘quvchilar harbiy qismda askar va zobitlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

🟣Xususan, harbiy xizmatchilar tomonidan o‘quvchilarga harbiy qurol-yarog‘lar namoyish etildi, chegara postlaridan o‘tish tartiblari, bunda talab etiladigan hujjatlar bo‘yicha tushuncha berildi. O‘quvchilarga “Qurolini qo‘lidan bermagan o‘g‘lon” nomli kinofilm namoyish etildi.

🎤 - “Harbiy qismda bir kun” tadbiri doirasida bugun o‘quvchilarimizning harbiy qismga safarini uyurtirdik, - deydi Otabek Ahmedov. - Bu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad shundaki, o‘quvchilarni harbiy xizmatning sharafli va mas’uliyatli jihatlari, harbiy qismda askar va zobitlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish va shu orqali ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdir.

* * *
🏫 Qarshi shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy aviatsiya bilim yurti mamlakatimizda harbiy uchuvchilarni tayyorlaydigan yagona ta’lim muassasasidir. Bu yerda kursantlar harbiy transport vositalarini boshqarish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishadi.

🟣 Shu ma’noda, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari maktabning harbiy chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash rahbari Otabek Ahmedov rahbarligida mazkur bilim yurtiga sayohat uyushtirishdi.

✈️ Sayohat davomida o‘quvchi-yoshlarga harbiy transport vositalari, ularning havodagi maqsad va vazifalari, texnik xususiyatlari, uchuvchilar faoliyati haqida boshlang‘ich tushuncha berildi.

🟣 Shuningdek, maktab o‘quvchilari bilim yurtining faollar zalida o‘tkazilgan “Jadidlar kundaligi” to‘plami taqdimotida ishtirok etishdi. O‘quvchilarimiz tomonidan she’riy kompozitsiya va sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

🟣 Muhimi, harbiy qism va harbiy ta’lim muassasalariga qilingan ushbu safarlar o‘quvchilar ongida shukronalik hissi, hayotga muhabbat, o‘ziga ishonch, Vatanga sadoqat, yurt himoyasi sharafli va muqaddas burch tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.

📸 Sayohat bo'yicha fotoreportajni pastda ko'rishingiz mumkin. ⤵️⤵️⤵️

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Hamkorlikdagi_tadbir
#Harbiy_qismda_bir_kun

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarda Vatanga sadoqat, mardlik va jasurlik xislatlarini tarbiyalash maqsadida harbiy qismlar va harbiy ta’lim muassasalari bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

🏫Shu maqsadda, maktabning harbiy chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash rahbari Otabek Ahmedov, tarbiyachilar - B.Berdiyev, M.Samadovalar rahbarligida o‘quvchilarning Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug boshqaruv apparatiga tashrifi uyushtirildi.

Tashrif davomida o‘quvchilar qurol-aslahalar va okrug kutubxonasi bilan tanishishdi. Shuningdek, "Okrug shonli tarixi muzeyi" bo'ylab sayohat o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Hamkorlikdagi_tadbir

📌Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 9-fevral - Alisher Navoiy va 14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlari munosabati bilan bir qator ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, ijodiy tanlovlar muntazam ravishda o'tkazilib kelinmoqda.

🔰O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi tomonidan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-8-9-10-sinflar o'quvchilari o'rtasida "Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur ijodini o'rganishning ahamiyati" mavzusida insholar va rasmlar tanlovi o'tkazildi.

📚O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya viloyat boshqarmasining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo'yicha o'rinbosari, mayor Muzaffar Mirzaahmedov, serjant Sitora Hamrayeva va qo'riqlash bo'limi leytenanti Samoyiddin Xayrullayevlar o'quvchilarning ijodiy ishlarini baholab borishdi.

⚡️Ushbu tanlov o'quvchilarning ijodiy va ilmiy salohiyatini oshirish, ularning iqtidorini yanada namoyon etishga xizmat qilgani bilan ahamiyatli bo'ldi.

✍️Hakamlar bahosiga ko'ra, insholar tanlovi go'lib va sovrindorlari quyidagicha ko'rinish oldi:

🥇1-o'rin - Gulsevar Umurzoqova (9-sinf o'quvchisi).
🥈2-o'rin - Durdona Muzaffarova (7-sinf o'quvchisi).
🥉3-o'rin - Gulhayo Narzullayeva (7-sinf o'quvchisi).

🎨
Alisher Navoiyning siymosi yaratilgan rasmlar tanlovida 1-o'rinni 8-sinf o'quvchisi Hulkar To'rayeva egalladi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni mos ravishda 10-sinf o'quvchisi Humora Jo'raboyeva hamda 7-sinf o'quvchisi Ra'no Holiqnazarovalar band etishdi.

🏆Tanlov g'oliblari O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya viloyat boshqarmasining diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
#Hamkorlikdagi_tadbir

🚒 Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari uchun o'quv mashg'uloti bo'lib o'tdi.

❗️Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining o'quv ishlari markazi boshlig'i Boburjon Hamidov, inspektor, katta leytenant Rahim Eshonqulov favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganda birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, yong'in yuzaga kelganda qanday yo'l tutish, binodan xavfsiz chiqib ketish bo'yicha tushuncha va ma'lumotlar berishdi.

🧯Shuningdek, tadbir davomida ko'rgazmali qurollar namoyishi bo'ib o'tdi. O'quvchilarning o'to'chirgich moslamasidan samarali foydalanishi bo'yicha amaliy mashg'ulot o'tkazildi.

🏆Tadbir so'nggida ushbu tadbirda faol ishtirok o'quvchilar viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tashakkurnoma va kitoblar to'plami bilan taqdirlanishdi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
#Hamkorlikdagi_tadbir

🚒 Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari uchun o'quv mashg'uloti bo'lib o'tdi.

❗️Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining bo'lim boshlig'i Boburjon Hamidov, matbuot xizmati rahbari, mayor Sohib Vayitov, ijod maktabining harbiy chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash rahbari Otabek Ahmedovlar favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganda birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, yong'in yuzaga kelganda qanday yo'l tutish, binodan xavfsiz chiqib ketish bo'yicha tushuncha va ma'lumotlar berishdi.

🧯Shuningdek, tadbir davomida ko'rgazmali qurollar namoyishi bo'ib o'tdi. O'quvchilarning o'to'chirgich moslamasidan samarali foydalanishi bo'yicha amaliy mashg'ulot o'tkazildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
#Hamkorlikdagi_tadbir

🚒 Respublikamizda joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabrigacha " Yong'in xavfsizligi oyligi " deb e'lon qilingan. Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari uchun o'quv mashg'uloti bo'lib o'tdi.

❗️Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining mutaxassislari tomonidan favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganda, yong'in yuzaga kelganda qanday yo'l tutish, binodan xavfsiz chiqib ketish bo'yicha tushuncha va ma'lumotlar berishdi.

🧯Shuningdek, tadbir davomida ko'rgazmali qurollar namoyishi bo'ib o'tdi. O'quvchilarning o'to'chirgich moslamasidan samarali foydalanishi bo'yicha amaliy mashg'ulot o'tkazildi.