Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.29K subscribers
11.8K photos
1.22K videos
96 files
3.61K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Ijodiy_ishlar_tanlovi

🔰
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi O'zbekiston Qahramoni, xalq shori va davlatimiz madhiyasi muallifi Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Ona xalqim,  jon tanim manim, Oʻzbekiston - Vatanim manim!” mavzusida o'quvchilar o'rtasida respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

1️⃣-yo‘nalish: Badia (Abdulla Oripov ijodiga mansub she'rni tahlil qilish, badiiy uslubda yoritish, fikrni asoslash);

2️⃣-yo‘nalish: videorolik (Abdulla Oripov qalamiga mansub she’rlaridan birini ifodali o'qigan holda obrazli tarzda videoga olish. Video davomiyligi ikki daqiqadan, hajmi 200 mbdan oshmasligi kerak).

📅 Ijodiy ishlar telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali 20-mart sanasiga qadar (@abdullaoripovyoshijodkorlar)ga taqdim etiladi.

🏆 G‘oliblar diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Adabiyot_haftaligi
#Ijodiy_tògarak_faoliyati

ABDULLA ORIPOVNING "AYOL" SHE'RIGA NAZIRA

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan chekkanda yohu.
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
O'n to'qqiz yoshida beva qoldi u.

Baxtning bir tomchisin etolmasdan his
Ma'sum,qaro ko'zlari yo'lga ravona
Yolg'iz bu boshiga tushgan dardlarni
So'yladi beshikka tunlar pinhona

Mehrsiz yo'llarda kezib u sarson
Endi,tushlarida yorin ko'radi
Sabru matonatga o'rab bu boshni
Jimgina taqdirga ko'nib qo'yadi.

Ey,fitnasi bitmas yolg'onchi hayot
Oxiri bormi ayt qaro yo'llaring
Shuncha qiynaganing yetmasmi axir
U ham mushfiq bir zot,sog'ingay mehr

Yillar ham o'tmoqda kutmay bir fursat
Maxzun bu kunlarin o'tkazdi ayol
Agar bo'lsa senda jindekkina his
Farzandin baxtiga aylagil omon.

Nahotki ishq bo'lsa buncha berahm
Nahot ayol vafosi shunchalar go'zal
Sengadir qalbdagi cheksiz hurmatim
Qahramon yorining sodiq bevasi

Sizchi,ey sadoqat shevasi unut
Nolishlar bag'rida qolganlar ayting
Barmoqlarin tillo zarga to'ldirib
Chiroyning ortidan quvganlar ayting

Shum taqdir to'zg'itgan qaro sochlarin
Shu o'tli nigohin rost so'zi deya
Aytingchi ne bilan o'lchangay vafo
Agar siz bo'lganda,kutarmidingiz?

Yuzlari shafaqdan husn olganlar
Ko'rkiga jayron ham hayrona ayol
Gar yoningda suyanch tog'ing bo'lmasa
Nega ham yarardi o'tkinchi chiroy

Sen Alloh yaratgan ijodsan ayol,
Go'zallikning tamal toshi ham senda
Sen kimgadir yor, kimgadir ona
Asli, boring uchun azizsan ayol.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Umrzoqova Gulsevar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi

21-mart - O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri
Abdulla Oripov tavallud topgan kun.

Tug'ilsang baxt bilan kamol o'shadir,
Tark etsang olamni zavol o'shadir.
Oxir chog' tuprog'ing ustiga kelib,
Kimdir yod aylasa iqbol o'shadir.

✍️Abdulla Oripov.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi

🔰 Xabaringiz bor, O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligiga bag'ishlab Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi tomonidan respublika ijodiy ishlar tanlovi e"lon qilingan edi.

📚Abdulla Oripov she'ri. "Ona"

✍️Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9-A  sinf o'quvchisi Alijonova Rayyona tomonidan ifodali o'qildi.
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Ijodiy_ishlar_tanlovi

⚡️ENG YAXSHILAR SARALANDI!

🔰Avval xabar berganimzidek,
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi tomonidan O'zbekiston Qahramoni, xalq shori va davlatimiz madhiyasi muallifi Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Ona xalqim,  jon tanim manim, Oʻzbekiston - Vatanim manim!” mavzusida o'quvchilar o'rtasida respublika ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilingandi.

❇️ Ta'kidlash joiz, ushbu tanlov nafaqat Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari, balki umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarida ham katta qiziqish uyg'otdi. Buni tanlovga yuborilgan ko'plab ijodiy ishlar salmog'idan ham bilish mumkin. Bu esa g'oliblarni aniqlashda hakamlar oldiga bir qadar mas'uliyat yuklagan bo'lsa, boshqa tomondan faol ishtirokchilar orasidan ham eng yaxshilarini aniqlash imkonini berdi. Ko'plab ijodiy ishlarga professional darajada yondashilgani esa bizni yanada quvontirdi.

Tanlov 2 ta yo‘nalish bo'yicha o'tkazildi.

1️⃣-yo‘nalish: Badia, ya'ni Abdulla Oripov ijodiga mansub she'rni tahlil qilish, badiiy uslubda yoritish, fikrni asoslash yo'nalishi g'oliblari bilan tanishing:

🥇1-o'rin - Abduazimova Shohsanam (Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi);
🥈2-o'rin - Ziyadullayeva Lazizabonu (Abdulla Oripov ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi).
🥉3-o'rin - Ibragimova Mashhura (Ogahiy ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi).

2️⃣-yo‘nalish: videorolik, ya'ni Abdulla Oripov qalamiga mansub she’rlaridan birini ifodali o'qigan holda obrazli tarzda videoga olish yo'nalishi g'oliblari bilan tanishing:

🥇1-o'rin - Ulug'bekov Axrorbek (Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 8-А sinf o'quvchisi);
🥈2-o'rin - Alijonova Rayyona (Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 9-A sinf o'quvchisi);
🥉3-o'rin - Qudratova Sabrina (Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 25-maktabning 5-V sinf o'quvchisi).

⚡️Tanlovga o'z ijod namunalarini yuborgan va faol ishtirok etgan barcha qatnashchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!


🏆 G‘oliblarga diplom va estalik sovg'alari tez kunlarda o'z manzillariga yetkaziladi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Ijodiy_ishlar_tanlovi

🔰
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi tomonidan O'zbekiston Qahramoni, xalq shori va davlatimiz madhiyasi muallifi Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Ona xalqim,  jon tanim manim, Oʻzbekiston - Vatanim manim!” mavzusida o'quvchilar o'rtasida respublika ijodiy ishlar tanlovi o'tkazildi.

🎥 Quyida ushbu tanlovning videorolik yo'nalishi 1-o'rin sohibi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 8-А sinf o'quvchisi Ulug'bekov Axrorbekning tayyorlagan videoroligini ko'rishingiz mumkin.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Ijodiy_ishlar_tanlovi

🔰
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi tomonidan O'zbekiston Qahramoni, xalq shori va davlatimiz madhiyasi muallifi Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Ona xalqim,  jon tanim manim, Oʻzbekiston - Vatanim manim!” mavzusida o'quvchilar o'rtasida respublika ijodiy ishlar tanlovi o'tkazildi.

🎥 Quyida ushbu tanlovning videorolik yo'nalishi 2-o'rin sohibi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 9-A sinf o'quvchisi - Alijonova Rayyonaning tayyorlagan videoroligini ko'rishingiz mumkin.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Ijodiy_ishlar_tanlovi

🔰
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi tomonidan O'zbekiston Qahramoni, xalq shori va davlatimiz madhiyasi muallifi Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Ona xalqim,  jon tanim manim, Oʻzbekiston - Vatanim manim!” mavzusida o'quvchilar o'rtasida respublika ijodiy ishlar tanlovi o'tkazildi.

🎥 Quyida ushbu tanlovning videorolik yo'nalishi 3-o'rin sohibi Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 25-maktabning 5-V sinf o'quvchisi - Qudratova Sabrinaning tayyorlagan videoroligini ko'rishingiz mumkin.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi

21-mart  -  O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavallud topgan kun.

Bugun O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri, davlatimiz madhiyasi muallifi Abdulla Oripov tavallud kuni munosabati bilan Qarshi shahrida qad ko'targan shoir haykali poyiga gulchambar qo'yilib, ehtirom ko'rsatildi.

Tug'ilsang baxt bilan kamol o'shadir,
Tark etsang olamni zavol o'shadir.
Oxir chog' tuprog'ing ustiga kelib,
Kimdir yod aylasa iqbol o'shadir.