Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#oʻquv_trening

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-treningga start berildi.

🗺Toshkent shahar Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining direktor va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etmoqda.

Tadbir avvalida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev so‘zga chiqib, Davlatimiz Rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlar, oldimizda turgan muhim maqsad va vazifalar haqida so‘z yuritdi.

Kunning ikkinchi yarmi va ertaga ishtirokchilar uchun sho‘balarga bo‘lingan holda o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tadi.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquv_trening

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Kunning ikkinchi yarmidan boshlab trening ishtirokchilari shoʻbalarga boʻlingan holda oʻquv-treninglarda qatnashmoqda.

📝Mazkur shoʻbalarda mutaxassislar tomonidan:
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarda joriy etilgan baholash tizimi, BSB hamda ChSB tahlillari;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar faoliyatini samarali tashkil etish;
Oʻquv rejalari va tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish;
Elektron jurnal yuritilish;
Byudjet intizomi;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda xoʻjalik faoliyati;
Fuqaro murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi va pochtadan samarali foydalanish kabi mavzularda oʻquv-treninglari olib borilmoqda.

📆Ma'lumot uchun, mazkur oʻquv-trening ikki kun davom etadi.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquv_trening

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-treningning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻquv_trening

⚡️Avval xabar berganimizdek, Agentlik tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-
trening bo'lib o'tmoqda.

🔰Seminarni Agentlik direktori A.Ubbiyev kirish so'zi bilan ochib berib, "Ta’lim muassasalari faoliyat samaradorligi tahlili" mavzusida ma'zura qildi.

✔️ O'z navbatida, "Ijod maktablari kecha va bugun" mavzusida ma'ruzalar tinglandi. Xususan, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi direktori Yoqutoy Djamalova "2017-2023-yillar: ijod maktabi rivojlanishidagi muammo va kamchiliklar, erishilgan yutuqlar" mavzusida ma'ruza qildi.

Y.Djamalova o'z nutqida ijod maktabi binosi, dars jarayonlari, to'garaklar faoliyati, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligi, hamkor tashkilotlar, bitiruvchilarning OTMlarga qamrab olinish darajasi, o'qituvchilarning malaka toifalari, erishilgan yutuqlar va uning asoslari haqida batafsil so'z yuritdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquv_trening

⚡️Shu yilning 6-7-noyabr kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning yopilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etdi.

📝Vazir mamlakatimizda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida amalga oshirilishi dolzarb bo‘lgan ustuvor vazifalar, oldimizda turgan muhim masalalar haqida to‘xtalib, Prezidentimiz bu borada barcha shart-sharoitlarni yaratib berayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

🗣Tadbir so‘ngida vazir bilan “Ochiq muloqot” tashkil etildi. Unda rahbar kadrlar vazirga o‘zlarini qiziqtirgan savollar, sohaga oid fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari bilan murojaat etishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#oʻquv_trening

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida 3 kunlik Respublika o‘quv-treningi boshlandi.

Unda Agentlik tizimidagi ijod maktablarining o‘quv ishlari va ixtisoslik fanlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika, informatika va biologiya fanlari o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#oʻquv_trening
#ikkinchi_kun

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida 3 kunlik Respublika o‘quv-treningi oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, oʻquv-treningning ikkinchi kunida ishtirokchilar malakali trenerlar koʻmagida ijod maktablari faoliyati natijadorligini baholash va ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, fan to‘garaklarini maqsadli tashkil etish, o‘quv dasturi bilan ishlash, texnologiyalar integratsiyasi, raqamli sinfxona kabi mavzularda bilimlarini oshirdi.

Shuningdek, ishtirokchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan "Zakovat" intellektual o‘yinlari o‘tkazildi. Sog’lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollikni oshirish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.

Agentlik tizimidagi ijod maktablarining o‘quv ishlari va ixtisoslik fanlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika, informatika va biologiya fanlari o‘qituvchilari ishtirokida boʻlib oʻtayotgan Respublika oʻquv-treningi ertaga, 23-avgust kuni yakunlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM